Astronomiya
Geomagnit bo’ronlar va qutb yog’dudar
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
yerdagi iqlimga va biosistemaga quyosh tasirini organish
Geomagnit bo’ronlar va qutb yog’dudar. Quyoshdan otilib chiqayotgan plazma buluti (u toj massasining otilishi deb ataladi) Yer magnitosferasiga yaqinlashganda (60 ming km balandlikda) uning bosim qarshiligiga uchraydi va to’siqni aylanib o’tadi. Otilma plazma bulut magnit maydonga ega va bu maydon yerning magnit maydoniga ta’sir ko’rsatadi, magnit strelkasi beqarorlik ko’rsata boshlaydi. Bu magnit bo’rondir va ular magnitometrik stansiyalarda qayd qilinadi. Bunday bo’ron payti magnit maydon kuchlanganligini fluktuasiyalari o’rta kengliklarda kuchlanganlikning 16% ni tashkil etadi. Plazma bulut moddasi magnitosferani aylanib o’tadi va magnit dum ichdagi tok qatlam orqali magnitosfera ichiga kirib keladi va yerning magnit qutblari tomon harakat qiladi. Magnit qutblar atrofida bu zarralar oqimi yer atmosferasining pastki zich qatlamlarda kirib keladi va bu qatlamlarda qutb yog’dulari kuzatiladi.
Qutb yog’dulari hosil qiladigan zarralar oqimining yuqori kuchlanishli elektr uzatish tizimlariga va elektron asboblar ta’siri.Kuchli qutb yog’dulari beradigan oqimlar kishilar yashaydigan 50-60 gradus geografik kengliklarda ham kuzatiladi. Bu oqimlar qosil qilgan kuchli magnit maydonning elekr uzatish tizimlariga va elektron qurilmalariga ta’siri qayd qilingan. Masalan, 1989 –yil martida Quvibek (Kanada) shahri 9 soat davomida elektrsiz qolgan.
Quyoshdan otilib chiqqan plazma bulutlarning Yer yo’ldoshlariga ta’sir xavfi.Biz internetda to’la bog’liq jamiyatmiz. Internet Yer aloqa yo’ldoshlari bilan bog’liq va bu kosmik radiatsion sharoitni muntazam kuzatib va tekshirib borishni taqozo etadi. Quyoshdan otilib chiqayotgan kuchli zaryadlangan zarralar yo’ldoshlar uchun katta xavf tug’dirishi mumkin. Chaqnash paytida hosil bo’lgan 10 MeV energiyali proton yo’ldoshni teshib o’tishi uning elektron priborlarini ishdan chiqishi mumkin. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling