Astronomiya
Fraungofer chiziqlari tahlili bo’yicha asosiy kimyoviy tashkil
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
yerdagi iqlimga va biosistemaga quyosh tasirini organish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadval - 5. Fotosfera tarkibi (massaga ko’ra)
Fraungofer chiziqlari tahlili bo’yicha asosiy kimyoviy tashkil
etuvchilari
Massasi miqdoriga ko’ra H 92.1 %
70.68 % He 7.8 %
27.43 % Boshqa 0.1 %
1.89 % Kimyoviy jihatdan Quyosh massasining 4 dan 3 qismi vodoroddan hamda qolgan qismining ko’pi geliydan tashkil topgan. Qolgan qismi (1.69%, shunga qaramasdan bu massa 5.628xYer massasiga teng) tashkil topgan og’ir elementlardan, ya’ni kislorod, uglerod, neon, temir va boshqalarni o’z ichiga oladi. Jadval - 5. Fotosfera tarkibi (massaga ko’ra) Vodorod
73.46% Geliy
24.85% Kislorod 0.77% Uglerod
0.29% Temir
0.16% Neon
0.12% Azot
0.09% Kremniy
0.07% Magniy
0.05% Oltingugurt 0.04%
1.2-§. Quyosh tuzilishi, yadro qatlami, nurlanish va konvektiv soha Quyosh va uning atmosferasi bir necha qatlamlardan tashkil topgan. Quyoshning ichki qatlamlari Yadro, Nurlanish zonasi va Konvektiv zonadan iborat. Quyosh atmosferasini esa Fotosfera, Xromosfera va Toj qatlamlari tashkil qiladi (1- Rasm).
11
Quyosh yadro qismi uning markazidan boshlab quyosh radiusining 20- 25% iga teng masofagacha bo’lgan qismini qamrab oladi. Bu yerda zichlik 150 g/sm3 gacha (suv zichligidan 150 marta katta) va temperaturasi 13,6 million kelvin (K) atrofida bo’ladi. Bundan qiyoslasak, Quyosh sirtining temperaturasi taxminan 5800 K ga teng bo’ladi. SOHO missiyasining yaqindagi tahlillari Quyosh aylanish tezligi nurlanish zonasiga qaraganda yadro qismida tezroq kechayotganligini ko’rsatdi. Quyosh yashash davrining eng ko’p qismida, yadro reaksiyasi ketma-ketligining pp (proton-proton) zanjiri orqali energiya ishlab chiqaradi va bu jarayonda vodorod geliyga aylanadi. Geliyning 2% dan kamroq qismi Quyosh CNO siklga kelganida hosil bo’ladi.
Quyoshning faqat yadro sohasida termoyadro reaksiyasi orqali asosiy miqdordagi issiqlik enegriyasi ishlab chiqariladi, Quyosh radiusining 24% iga teng qismi ichida 99% quvvati hosil bo’ladi va radiusning 30% iga teng masofada reaksiya butunlay to’xtaydi. Quyoshning qolgan qismi, ya’ni tashqari qatlamlar yadrodan tashqariga yuborilgan energiya orqali qizdiriladi.
Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling