Astronomiya
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
yerdagi iqlimga va biosistemaga quyosh tasirini organish
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA.
42
1. Yerdagi iqlimga Quyoshda bo’ladigan fizikaviy, kimyoviy jarayonlar faol ta’sir qiladi.Bu ta’sir Quyosh aktivligi variatsiyasining 11 yillik siklida uncha sezilarli bo’lmaydi, ikki asrlik siklida esa iqlim o’zgarishiga ta’siri sezilarli kuzatiladi. 2. Iqlim o’zgarishi iqlim sharoitlarining o’zgarish jarayonlari bo’lib,u atmosferadagi parnik gazlarning haddan ziyod to’planib qolishi sababli ro’y beradi. Atmosferaning parnik gazlar bilan notabiiy tarzda to’yinishi energiya ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida va boshqa sanoat korxonalarida neft,gaz va ko’mirdan foydalanish oqibatida yuzaga keladi.Atmosfera tarkibida yildan – yilga oshib borayotgan asosiy parnik gazlarga tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismlari bo’lgan karbonat angidrid gazi va metanni ko’rsatish mumkin. Bularning orasida okean suvlarining ta'siri ko'proq, chunki suvning issiqlik sig'imi yuqori bo'ganligi tufayli asosan issiqlikni qabul qiluvchi bo'lib, Quyosh energiyasi akumulyatori hisoblanadi. 3. Oxirgi yuz yil davomida Quyoshning faollik darajasi eng quyi nuqtasiga yetgan. Hozir biz yashayotgan ikki muzlik davri orasidagi muddatning eng yuqori haroratli payti 5-6 ming yil avval o’tib ketgan.Shundan so’ng Yerdagi harorat asta –sakin pasayib sovuqlashib bormoqda.Bu sovuqlashish juda sekin, yuz va ming yillar davom etishi mumkin. Ko’zga ko’ringan yapon okeanologi Mototaka Nakamuraning fikricha,sovub ketish Yer tarixida kuzatilgan hodisalardir.Sayyoramizda har biri 10 ming yil davom etgan jami 15 da muzlik davri bo’lganligi aniqlangan.Hozir biz navbatdagi issiq ikki muzlik davrining orasida yashayapmiz va keying muzlik davriga o’tishga tayyorlanishimiz kerak.
Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling