Astronomiya


O’quvchilar quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim


Download 84.87 Kb.
bet39/40
Sana08.01.2022
Hajmi84.87 Kb.
#239775
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
ZILOLA KARIMOVA

O’quvchilar quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:
- osmondan qutb yulduzini (temir qoziq) topish va uning balandligiga ko’ra joyning geografik kenglamasini aniqlash;

- Katta Ayiq, Kichik Ayiq, Kassiopeya va bu joydan yaxshi ko’rinadigan yana 3-4 yulduz turkumini osmondan topa olish;

- yulduzlar xaritasidan foydalangan holda:

1) Yulduzlarning ekvatorial koordinatalarini aniqlay olishi;

2) Yilning ixtiyoriy kuni uchun Quyoshning o’rnini xaritadan aniqlash;

3) Berilgan koordinatalarga ko’ra harakatdagi osmon obhektining (Oy, planetalar va boshqalar) o’rnini belgilay olishi;

-yulduzlar surilma xaritasini berilgan kun va soat uchun qo’yib, yoritgichlarning ko’rinish shartlarini aniqlash;

-yoritgichlarning kulminatsiya holatlaridagi balandliklarini ularning og’ishlari () va joyning kenglamasiga () ko’ra hisoblash masalalarni yecha olish.

-osmon jismining ko’rinma diametri va ungacha masofaga ko’ra, uning chiziqli o’lchamini (radiusini) hisoblash;

-Keplerning III qonuniga (jumladan, uning Nyuton tomonidan aniqlashtirilgan qonuni ko’rinishiga) oid masalalar yechish.

-osmon jismining berilgan massasi va radiusiga ko’ra birinchi va ikkinchi kosmik tezliklarini hisoblashga doir masalalar yechish;

-Sun’iy Yo’ldosh orbitasi elementlariga (peregeliy va apogeyining balandliklariga) ko’ra uning davrini hisoblashga (yoki aksincha) doir masalalar yechish.

-teleskopni parallaktik qurilma bo’yicha(o’zaro prependikulyar o’qlaridan birini Olam o’qi bo’ylab yo’lantirilgan holda) o’rnatish;

-teleskopni o’rganuvchi obhektga yo’naltirish;

-maktab teleskopi va dala durbinining kattalashtirishini hisoblash.

-Quyosh sistemasi haqidagi ma’lumotlar aks etgan jadvaldan foydalana olish;

-astronomik lug’at va taqvimlardan foydalan olish;

-yangi astronomik ma’lumotlar va kosmosni o’zlashtirish bo’yicha davriy matbuot materiallaridan foydalanib, qisqacha obzor yoki referat tayyorlay olish;

-Quyosh va planetalarning fizik tabiatlariga oid sodda masalalarni yecha olish.

- yulduzlarning ma’lum parallakslariga ko’ra masofalarni hisoblash;

-spektr-yorqinlik diagrammasidan foydalanib, yulduzlarga tegishli xarakteristik kattaliklarni taxminiy aniqlash;

-yulduzlarning o’lchamlari, yorqinliklari (yoki absolyut yulduz kattaliklari) va temperaturalari orasidagi munosabatlardan foydalanib masalalar yechish.

-Хabbl qonuni asosida Galaktikalargacha masofalarni hisoblash;

- Quyosh sistemasining Galaktika markazidan uzoqligi va tezligiga ko’ra uning aylanish davrini (yoki aksincha davriga va uzoqligiga ko’ra tezligini) hisoblash.





Download 84.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling