Astronomiya
Shifokorlar shokda! Bo'g'imlardagi og'riq uchun oddiy maslahat!
Download 84.87 Kb.
|
ZILOLA KARIMOVA
Shifokorlar shokda! Bo'g'imlardagi og'riq uchun oddiy maslahat!
Суставитин Шок! Ўзбек вундеркинд қиз диетасиз озишнинг энг тез ёлини топди Dream Tonus Bog'inlar og'riyaptimi? Og'riq 7 kunda ketadi. Uyda davolaning Суставитин Горькая весть о Лещенко сотрясла всю Россию News Fancy Kirish Kirish darsida o’qituvchi, o’quvchilarga astronomiya predmeti, uning maktabda o’qitilayotgan barcha boshqa fanlar, jumladan fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va adabiyot darslari bilan aloqasi haqida to’xtatiladi. Astronomiyaning uzoq o’tmish xalqlari tarixiy madaniyatida tutgan o’rni haqida gapirib, o’qituvchi misol tariqasida, ajdodlarimiz merosining Sharq xalqlari fani va madaniyati tarixida egallagan mavqiy bilan o’quvchilarni tanishtiradi. Astronomiyaning kosmonavtika fani bilan aloqasi masalasi, jumladan, kosmonavtikaning keng to’lqinli zamonaviy astronomiyani hamda Yer atmosferasidan tashqi astronomiyani shakllanishidagi roli haqidagi masalalar ham bu ma’ruza mazmunidan keng o’rin olmog’i lozim. Shuningdek, o’qituvchi o’zining kirish darsi bo’yicha ma’ruzasida, astronomiyani o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni (ayniqsa uning ekologik aspektida) shakllantirishdagi roliga alohida o’rin bermog’i lozim. Amaliy astronomiya masalalari qaralayotganda, o’qituvchi o’quvchilarning “Тabiiyot” (5-sinf) va geografiya (6-8 sinflar) darslarida ufqning tomonlarini topish, geografik koordinatalar va ularni aniqlash, vaqtni o’lchash kabi mavzularda erishgan bilimlariga tayanadi. Bu bo’limni o’qitishda taqvimlar bo’yicha tarixiy bilimlardan foydalanish ham muhim o’rin egallaydi. Quyosh taqvimlari ichida eng anig’i-Umar Хayyom taqvimiga alohida to’xtaladi. ”Osmon jismlarining harakati” bobiga oid temalar o’qitilayotganda, o’qituvchi, o’quvchilarning ”Тabiyot”(5-sinf), geografiya (6-8 sinflar) va fizika kurslaridan(8-9 sinflar) erishgan bilimlariga, jumladan fizikadan - jismlarning gravitatsion maydondagi harakati va ularning o’zaro ta’sirlashuviga; osmon jismlarining masofalarini va ularning o’lchamlarini hisoblashda esa, o’quvchilarning matematika bo’yicha erishgan bilimlariga tayanmog’i lozim. “Astrofizik metodlar va instrumentlar” bobi o’qitilayotganda, o’qituvchi o’quvchilarning fizikadan umumiy o’rta ta’lim (IX yillik) hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining quyi kurslarida erishgan yorug’lik hodisalari, nurlanish qonunlari, kvant va molekulyar fizikadan erishgan bilimlaridan keng foydalaniladi. Bu o’rinda gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasi, modda agregat holatining o’zgarishi, issiqlik uzatish usullari, moddaning plazma holati bilan bog’liq jarayonlarga oid erishilgan bilimlar osmon jismlari atmosferalarida kechayotgan jarayonlarning fizik tabiatini va umuman astronomiya kursi mazmunini tushuntirishni asonlashtiradi. Amaliy astronomiya bo’yicha masalalar yechishda o’quvchilarning 5-9 sinflarda matematikadan trigonometrik funksiyalar, burchaklarning radian va gradiusli o’lchovlari va ularning biridan ikkinchisiga o’tish, proporsiyalar, logarifmlar va ularning xossalari, uchburchak tomonlari va burchaklarda orasidagi munosabatlar borasida erishgan bilimlari juda zarur bo’ladi. Osmon jismlarining fizik tabiati (Quyosh va yulduzlar) haqidagi bilimlarning shakllantirilishida o’quvchilarning kimyodan (8-9 sinflar) erishgan bilimlaridan keng foydalanish ham samarali natijalar beradi. Astronomiya bilan parallel holda o’qiladigan fizika kursining bo’limlarida o’rganiladigan nurlanish qonuniyatlari, yorug’liknig tezligi, uning bosimi, atom va yadro tuzilishi, elektromagnit nurlanish to’lqinlarining shkalasi, elementar zarrachalar va ko’zga ko’rinmas nurlanishlar va ularning qayd qilish metodlari, spektral analiz kabi masalalar astrofizika bo’limini o’rganish uchun asos bo’ladi. Bugungi kunda astronomiyani zamonaviy axborot texnologiyalarini keng qo’llab o’qitish uchun to’la imkoniyat mavjud. Astronomiyani o’qitishga doir o’quv materiallari, maxsus o’quv dasturlarini internet tarmog’idan olish mumkin. Хususan «Хabbl» kosmik observatoriyasi yordamida olingan turli osmon jismlari-ning yuqori sifatli rasmlari, Rossiya va chet elning yirik astronomik observatoriyalari va universitetlarining Internet tarmog’ida ochgan saytlari bunday materiallarga boy. Nazariy va amaliy mashg’ulotlarda ulardan foydalanish o’qitishda katta samara berishiga shubha yo’q. Dunyo qarash aspektida, erishilgan astronomik bilimlarni umumlashtirish va o’zlashtirishda materiya, uning asosiy ko’rinishlari va yashash formalari, dialektika qonunlari va ularning universal xarakteri, olamni bilish mumkinligi kabi metodologik bilimlarga tayaniladi. Ayniqsa, astronomiya kursining gumanitar aspektidagi kuchli potensialidan o’qituvchi keng foydalanmog’i lozim. Astronomiya kursining bu aspektdagi mazmuni o’quvchilarning dunyoqarashlarini, ularda gumanitar g’oyalarni shakllantirishda kuchli vosita ekanligini o’qituvchi unutmasligi lozim. Cheksiz Koinotda inson zoti, tirik mavjudot uchun yashash sharoitlari tabiiy vujudga kelgan mitti planetamiz-Yerning, butun borliq masshtabida, eng noyob va nodir hodisaligini va binobarin unda yashash va faoliyat ko’rsatish uchun dunyoga kelgan insonning missiyasi, millati va irqidan kathiy nazar faqat ezgulikka, yaxshilikka, odamiylikka qaratilgan bo’lishini o’quvchilarga sezdirmoq lozim. Chunki astronomiya shunday insoniylik hislarini tug’dirish va takomillashtirish imkonini bera oladigan kuchli motivlarga boy mazmunga ega bo’lgan fandir. Download 84.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling