Astronomiya fanining mazmuni
Astronomiya osmon jisimlarining xarakati, fizik tabiati, ularning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, Koinotning tuzilishi va unda planetamiz-Yerning o’rni xaqidagi ma’lumotlar beradigan fandir. Astronomiya so’zi yunoncha «astron»- yulduz, «nomos»-qonun so’zlaridan olingan bo’lib, uning qonunlari barcha tabiatshunoslik bilimlarining asosida yotadi. Shuning uchun xam uni uzoq vaqt tabiat falsafasi deb ataganlar. Тajriba materiallarining kupayishi, ularning ilmiy umumlashtirilishi va tekshirish usullarining takomillashtirilishi natijasida tabiat falsafasidan-fizika, kimyo, biologiya, geologiya va boshqa tabiiy fanlar, jumladan astronomiya xam ajralib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |