Yulduzlargacha bo’lgan masofalarni o’lchash birligi bo’lib, 3,26 yorug’lik yiliga teng.
155. Yer qanday shaklda?
Qutblarda siqilgan shar shaklida.
156. Planetalar harakatidagi chekinishlar deb nimaga aytiladi?
Kepler qonunlariga qat’iy bo’ysunib yuz beradigan harakatlardan chetga chiqishlar chekinishlar
deyiladi.
157. Oyning diametri va massasi mos holda Yernikidan necha marta kichik?
Diametri 4 marta, massasi 81 marta kichik.
158. Merkuriyning Quyoshga qaragan tomonidagi temperatura qancha?
+400 gradus
159. Venerada atmosfera bormi?
Bor, Yer atmosferasidan zichroq bo’lib, 97% i karbonad angidriddan iborat.
160. Oyda atmosfera bormi?
Yo’q.
161. Tarqoq va sharsimon yulduz to’dalarining o’lchamlari qanday?
Mos holda – bir necha parsek va bir necha o’n parsek?
162. O – assotsiyalar deb nimaga aytiladi?
Qaynoq o’ta gigant yulduzlarning tarqoq guruhlariga
163. Yulduzning hususiy harakati deb nimaga aytiladi?
Uning olisdagi hira yulduzlarga nisbatan bir ichida osmondagi burchak siljishi kattaligiga.
164. Quyosh sistemasi qaysi yo’nalishda va qanday tezlikda harakat qiladi?
Lira va Gerkules yulduz turkumlari tomon qo’shni yulduzlarga nisbatan 20 km/s tezlik bilan
165. Quyosh sistemasining harakat apeksi deb nimaga aytiladi?
Quyosh sistemasining qo’shni yulduzlarga nisbatan harakatlanish yo’nalishiga
166. Uzoq yillar o’tishi bilan nima uchun yulduz turkumlarining shakli o’zgaradi?
Yulduzlarning hususiy harakati oqibatida
167. Galaktikamizdagi hamma yulduzlar uning markazi atrofida qanday aylanadilar?
Ichki qismdagi yulduzlar aylanishining burchak tezligi deyarli bir xil, tashqi qismdagilar sekin
Do'stlaringiz bilan baham: |