Astronomiyadan savol-javoblar


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/23
Sana27.01.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1132425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Astronomiyadan savol-javoblar (3)

 
28. Osmon meridiani tekisligi deb nimaga aytiladi? 
Kuzatuvchining geografik meridiani tekisligi bilan ustma-ust tushadigan tekislik osmon meridiani 
tekisligi deyiladi. 
 
29. Osmon ekvatori deb nimaga aytiladi? 
Osmon sferasi markazidan o’tadigan va olam o’qiga tik, Yer ekvatori tekisligiga parallel bo’lgan 
tekislik osmon ekvatori tekisligi deyiladi. 
 
30. Ekvatorial sistema deb nimaga aytiladi? 
Yulduzlar osmoni bilan birga aylanadigan koordinatalar sistemasi ekvatorial sistema deyiladi. 
 
31. Yoritgichning og’ishi deb nimaga aytiladi? 
Yoritgichning osmon ekvatoridan burchak uzoqligi yoritgichning og’ishi deyiladi. 
 
32. Joyning geografik kengligi nimaga teng? 
Olam qutbining gorizontdan balandligi joyning geografik kengligiga teng. 
 
33. Kulminatsiya deb nimaga aytiladi? 
Yoritgichlarning osmon meridianidan o’tish hodisasi kulminatsiya deyiladi. 



34. Haqiqiy tush vaqti nima-yu, haqiqiy yarim kecha deb nimaga aytiladi? 
Quyosh markazining yuqori kulminatsiya payti haqiqiy tush vaqti, quyi kulminatsiya payti haqiqiy 
yarim kecha deyiladi. 
 
35. Gorizontal paralaks nima? 
Yoritgichdan qaraganda ko’rish chizig’iga perpendikulyar bo’lgan Yer radiusi ko’rinadigan burchak 
gorizontal paralaks deyiladi. 
 
36. Bir astronomik birlik nima? 
Yerdan Quyoshgacha bo’lgan o’rtacha masofa bir astronomik birlik deyiladi va u 150000000 km ga 
teng. 
 
37. Siderik oy nima? 
Oyning Yer atrofida yulduzlarga nisbatan aylanish davri siderik oy deyiladi va u 27,3 sutkaga teng. 
 
38. Sinodik oy nima? 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling