At "Agro banki" Tomdi filialining tashkiliy tuzilishi
Download 288.55 Kb.
|
Bank tarixi:
Agrobanki: 1988-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston davlat aksiyadorlik tijorat banki. Bankning asosiy eʼtibori iqtisodiyotning agrar sektoriga qaratilgan. Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida oʻzining muassasalariga ega boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va 12 ta viloyat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda. Yuqori turuvchi organlar nomi: -O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi -O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi -O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki -Agrobanki missiyasi Agrobank oʻz faoliyati davomida asosiy urgʻuni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining boʻsh pul mablagʻlarini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmogʻi, xizmat turlari hamda mijozlari sonini koʻpaytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan. Agrobank mijozlari – aholi va xo’jalik yurituvchi subektlar, ularning faoliyati, maqsadlari va intilishlari, farovonligi – Agro banki aynan shuning uchun faoliyat yuritadi. Biz quyidagi talablarga javob berishga intilamiz: - taqdim yetiladigan, yeng zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan bank mahsulotlari va xizmatlarining ko’lami va hajmlarini kengaytirish yo’li bilan, shuningdek, ulardan butun yurtimiz bo’ylab foydalanish imkoniyatini ta’minlash orqali davlatning yetakchi universal banki bo’lish; - xodimlar faoliyati uyg’unligini ta’minlash va ularning shaxsiy va kasbiy intilishlarini ro’yobga chiqarish yo’li bilan davlatimizning yeng yaxshi va talabgor ish beruvchilaridan biri bo’lish. 2012 yildan boshlab Agrobanki yuqori darajadagi xalqaro reytinglar-ga yega bo’lib kelmoqda. 2019yil Agro banki tarixida ilk marotaba “Moliyaviy hisobot xalqarostandartlari"ning standarti amaliyotga tatbiq etildi hamda “ISO 9001:2015” xalqaro muvofiqlik sertifikati olindi. 2021 - yilning avgust oyida Agro banki reytingi “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligining “BB-/B” -“Barqaror” reytingiga hamda “Standard and Poors” xalqaro reyting agentligining “B+/B” reytingiga yega boʻldi. 2021 - yilning avgust oyida “Standard and Sensitive Rating” agentligi tomonidan milliy shkala bo’yicha “uzA+” - “Barqaror” reytingi tasdiqlandi. Ushbu reyting Agrobanki tomonidan milliy shkala bo’yicha kreditga layoqatlilik ko’lamini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarni aks yettiradi. Download 288.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling