At fakulteti «Tasdiqlayman» Milliy libos va san’at fakulteti dekani A. Turakulov
Yig’ish chizmalarini o’qishga o’rgatishda ko’rgazmali qurollar va ularni qo’llash metodikasi
Download 335.92 Kb.
|
DETAL TEXNIK RASMINI TUZISH
2.2. Yig’ish chizmalarini o’qishga o’rgatishda ko’rgazmali qurollar va ularni qo’llash metodikasi
Natura bo`yicha yig`ish chizmalari tuzishni bir nеcha bоsqichlarga bo`lish mumkin: 1. Yig`ish birligi bilan tanishish, uni qismlarga ajratish va ishlatish sоhasi, dеtallarning nоmlari va ularning biriktirish usullarini aniqlash; 2. Dеtaldan оlingan o`lchоv bo`yicha uning eskizini bajarish va unga o`lcham qo`yish; 3. Eskizlarni ko`zdan kеchirilishi; 4. Yig`ish chizmasining bоsh ko`rinishini, va qоlgan tasvirlarning sоnini tanlash; 5. Mahsulоt tarkibiga kiruvchi dеtallarning shaklini va ularning biriktirishi хaraktеrini ko`rsatish uchun zarur kеsim va qirqimlar sоnini aniqlash; 6. Eskizlar bo`yicha yig`ish chizmasini bajarish; 7. Chizmani to`la taхt qilish. Bajariladigan ishning murakkabligi, unga o`qituvchining оldindan puхta tayyorlanishini talab qiladi. Har bir buyumga uning paspоrti yoki mahsulоtning ishlatilish sоhasi, tuzilishi, ishlash prinsipi hamda dеtallarning nоmlari yozilgan ma’lumоt ilоva qilinishi kеrak. Ishni bajarish оldidan o`qituvchining kirish yo`riqnоmasida tоpshiriqni bajarish bo`yicha ishlanadigan hamma bоsqichlarni ko`rsatishi shart emas. Chunki uning ko`rsatmalarining bir qismi unitilib kеtadi. Yaхshisi har bir bоsqich оldidan o`quvchilar оldiga aniq vazifani qo`yish kеrak va ehtimоli bo`lgan хatоlar haqida ularni оgоhlantirish zarur. Masalan, pоzitsiya nоmеrlarini qo`yish ular ishning yakulоvchi bоsqichiga kirishi sababli, bu haqda оldindan оgоhlantirish yaramaydi. Lеkin eskiz bajarishdan оldin tutashgan juftlik dеtallari har хil o`quvchilar qo`liga tushib qоlsa, o`lcham оlishda ular birgalikda ishlashlari kеrakligi haqida оgоhlantirish kеrak (masalan, stеrjеndagi va unga mo`ljallangan tеshikdagi rеzbaning o`lchami va tipi). Qirqim bеrishdan оldin o`qituvchi o`quvchilarga shtriхlashning asоsiy qоidalarini eslatishi kеrak. O`quvchilar ko`pincha bir dеtalning turli qismlarini shtriхlashda har хil yo`nalishdagi shtriх chiziqlarini qo`llab хatоga yo`l qo`yadilar. Yig`ish chizmalariga o`lcham qo`yishda o`quvchilar ko`p hоllarda eskizlardagi hamma o`lchamlarni o`tkazishga intiladilar. Shuning uchun ishning bu bоsqichiga yеtib kеlganda o`qituvchi «gabarit», «mоntaj», «bеlgilоvchi» kabi o`lchamlar haqidagi ma’lumоtlarni eslatib, o`quv-chilarni yig`ish chizmalariga to`g`ri o`lcham qo`yishga o`rgatishi kеrak. Yig`ish chizmasi bo`yicha ishning asоsiy qismini sinfda bajarish kеrak. Agar vaqt yеtishmaydigan bo`lsa uyga vazifa qilib uni taхt qilishni bеrish mumkin. Bir necha detallarning yig’ilgan holatdagi chizmalarini o’rganish va o’qish usullaridan biri uning har bir detalini alohida-alohida ajratib olib ish chizmasini chizishdan iborat. Detallarning ish chizmalarini chizishdan avval, yig’ish chizmalari tarkibiga kiruvchi har bir detalning geometrik tuzishi, nomi, materiali, vazifasi, shuningdek, ko’rinish soni, qirqim, kesim va o’lchamlari bilan tanishib chiqiladi. Bundan tashqari detallarning o’zaro birikish usullarini aniqlab, berilgan qirqimlardagi shtrix chiziqlarning qarama-qarshi chizilganligidan foydalanib, har bir detalning chegara chizig’i aniqlanadi. GOST 3.301-68 standartga muvofiq formatlar tanlanadi va yig’ish chizmasidagi masshtabga rioya qilingan holda detallarning ish chizmalari chiziladi. 10-shaklda suyuqlik va gazlarning harakat yo’nalishlarini belgilab turuvchi gaz jo’mragining yig’ilgan holatidagi chizmasi II1, II2 va II3 tekisliklardagi ko’rinishlarda tasvirlangan. Yig’ish chizmasining bosh ko’rinishiga berilgan qirqim tiqin 5, korpus 2 va dasta 1 larning o’zaro birikishlari, shuningdek, ularning geometrik tuzilishlarini aniqlashga imkon beradi. Shayba 3 va gayka 4 korpus va tiqinlarning zich bo’lib birikish holatlari ko’rsatilgan. 10-shakl, b da yig’ish chizmasining spesifikasiyasi berilgan. Detallarning ish chizmalarini oddiy detallardan boshlab maqsadga muvofiq. 11-shaklda eng oddiy detal – shayba 3 ning ikki ko’rinishdagi chizmasi tasvirlangan bo’lib, unda detalning ichki tuzilishidagi bo’shliqni ko’rsatish uchun qirqim berilgan. 12-shaklda dasta 1 ning ikki (II1, II2 tekislikdagi) ko’rinishdagi ish chizmasi ko’rsatilgan. Dastaning bir uchidagi to’rt burchakli bo’shliqni ko’rsatish uchun bosh ko’rinishga mahalliy qirqim berilgan. 13-shaklda tiqinning uch II1, II2, II3 tekisliklardagi ish chizmasi tasvirlangan. Suyuqlik va gaz o’tadigan teshikni ko’rsatish maqsadida chizmaning bosh ko’rinishiga mahalliy qirqim berilgan. Berilgan qirqim tiqinning ichki shaklini va uning o’lchamlarini aniqlashga imkon beradi. Chizmani chapdan II3 tekislikdagi ko’rinishi esa konussimon o’yilgan teshikning shaklini tasvirlaydi. 14-shaklda jo’mrakning yig’ish chizmasidan korpus 2 ni alohida ajratib olib, uningII1, II2 va II3 tekisliklardagi chizmalari ko’rsatilgan. Detalning ichki geometrik tuzilishlarini aniqlash uchun chizmaning frontal va profil proyeksiyalariga qirqim berilgan. a da ventilning yig’ma chizmasining gorizontal, frontal va profil proyeksiyalari tasvirlangan. Ma’lumki, ventil trubalaridan o’tuvchi par, gaz, suv va boshqa suyuqliklarni rostlab turish uchun ishlatiladi. 15-shakl, b da yig’ma chizmaning spesifikasiyasi berilgan. Ventil tarkibiga kiruvchi korpus 1 rezbali teshikdan iborat bo’lib, unda shpindel 3 burab kiritilgan. Shpindel pastki qismidagi uyaga rezba o’yilgan bo’lib, klapan 2 bilan mahkamlangan. Gayka 6 korpus 1 ga rezba yordamida burab biriktirilganda, gayka vtulka 5 ning ezilishi natijasida tiqin 7 zichlanadi. Chizmada ventil yopiq holatda tasvirlangan. Suyuqlik yoki gaz o’tuvchi trubadan (chizmada ko’rsatilgan) korpus 1 ga tushadi. Shpindel 3 yordamida klapan 2 birga yuqoriga ko’tariladi. Natijada korpusning pastki qismidagi teshik ochiladi, suyuqlik esa shu teshik, ya’ni korpusning ikkinchi teshigi orqali trubalarga tarqaladi. Ventil tarkibiga kiruvchi korpus 1, shpindel 3, gayka 6 va klapan 2 detallarning ish chizmalari 16, 17, 18, 19-shakllarda tasvirlangan. Hozirgi zamon mashinalari, stanoklari, apparatlari va priborlarining ko’pchiliklarida mexanik, pnevmatik va elektr konstruksiyalar bo’ladi. Mashinalarning ishlash prinsipini ularning yig’ish chizmalariga qarab o’rganish juda qiyin, shuning uchun ko’pincha soddalashtirilgan maxsus tasvirlar, ya’ni sxemalar bajariladi. Sxemalar deb – buyumning tarkibiy qismlari va ular orasidagi bog’lanishlar shartli tasvirlar yoki belgilar ko’rinishida belgilanadigan konstruktorlik hujjatlarga aytiladi. Buyumlarga kiruvchi elementlar va bog’lanishlar turlariga qarab sxemalar: kinematik, pnevmatik, gidravlik va elektr sxemalarga bo’linadi. Kinematik sxemalar. Kinematik sxemalar deb – buyumdagi detallarning o’zaro bog’lanishini va ularning bir-biriga nisbatan harakatini ko’rsatuvchi sxemalarga aytiladi. Sxemada hamma elementlar shartli grafik belgilar ko’rinishida chiziladi (jadval 1). Kinematik sxemalarda vallar, o’qlar, sterjenlar, shatunlar va shunga o’xshashlar yo’g’onligi S ga teng asosiy tutash chiziqlar bilan, tishli g’ildiraklar chervyaklar, yulduzchalar, shkivlar, kulachoklar va shunga o’xshashlar yo’g’onligi S/2 ga teng bo’lgan tutash chiziqlar bilan tasvirlanadi. Elektr sxemalar. Prinsipial elektr sxemalarda elementlar shartli grafik belgilar ko’rinishida chiziladi. Buyumlar uchun elektr sxemalar elektr tarmoqlaridan uzilgan holatda chiziladi. Elektr bog’lanish chiziqlari sxema formatiga qarab 0,2 mm dan 0,6 mm gacha yo’g’onlikda chiziladi. Sxemada tasvirlangan har bir elementning harfiy va raqamli pozision nomeri bo’lishi kerak, bu nomer harfli belgidan va elementning tartib nomeridan tuzilgandir. Masalan, kondensatorlar S1, S2, S3; rezistorlar R1, R2, R3 hokazo. Elementlarning harfiy belgisi, elementning qisqartirilgan nomidan iborat bo’lishi kerak, masalan, transformatorning belgisi – Tr, akkumulyator batareyasiniki – A, rezistorniki – R, kondensatorniki – S va hokazolar. Pnevmatik va gidravlik sxemalar. Pnevmatik va gidravlik sxemalar GOST 2.704-68 da belgilangan qoidalarga asosan bajariladi. Prinsipial sxemalarda elementlar va tuzilmalar shartli grafik belgilari ko’rinishida tasvirlanadi. Sxemalarda bog’lovchi chiziqlar asosiy tutash chiziqlar bilan ko’rsatiladi, bog’lovchi chiziqlarning ulangan joylari nuqta bilan belgilanadi. Havo oqimining yo’nalishi pnevmatik sxemalarda bo’yalmagan uchburchaklar bilan belgilanadi, suyuqlik oqimining yo’nalishi esa gidravlik sxemalarda qoraga bo’yalgan uchburchaklar bilan belgilanadi. Sxemaning hamma elementlari arab raqamlari bilan, odatda, ish muhiti oqimning yo’nalishi bo’ylab ketma-ket nomerlanadi. Elementlar bilan tuzilmalarga nomerlar berilgandan keyin bog’lanish chiziqlariga nomerlar qo’yiladi. 3-jadvalda pnevmatik va gidravlik sxemalarda buyumlarning shartli grafik belgilari keltirilgan. Mashina, stanok va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish uchun konstruktorlik hujjatlari tuziladi. Konstruktorlik hujjati loyixa va ish hujjatlariga bo`linadi. Loyixa hujjati tarkibiga buyumning konstruktiv tuzilishini, uning tarkibiy qismlarining o`zaro ta`siri va buyumning ishlash prinsipini tushuntiruvchi (izoxlovchi) umumiy ko`rinish chizmalari, loyixaning tushuntirish yozuvi va boshqa hujjatlari kiradi. Umumiy ko`rinish chizmasidagi ma`lumotlar, konstruktorlik ish hujjatini ishlab chiqish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Konstruktorlik ish hujjatlariga buyumlar tarkibiy qismlarining yig`uv chizmalari kiradi: yig`uv chizmalari buyumlarning tasvirlari va yig`ish hamda nazorat qilish uchun zarur bo`ladigan ma`lumotlar, spetsifikatsiyalar, montaj va gabarit chizmalar, sxemalar va boshqalarni o`z ichiga oladi. Yig`uv chizmalari quyidagilardan iborat: a) yig`uv birligining tasviri: ushbu chizma bo`yicha biriktiriladigan tashkiliy qismlarning joylashishi va o`zaro bog`lanishi to`g`risida ma`lumot beradi; b) yig`uv birligining yig`ish va nazorat qilishni ta`minlovchi ko`rsatmalar; v) o`lchamlar, chekli chetga chikishlar va nazorat qilinishi kerak bo`lgan boshqa parametrlar va talablar; g) detallarni biriktirish usuli to`g`risidagi ko`rsatmalar; d) buyum tarkibiga kiruvchi qismlarining pozitsiya nomerlari; ye) buyumning asosiy harakteristikalari; j) gabarit, o`rnatish, ulanish, shuningdek, kerakli spravka o`lchamlar. Buyumning yig`ish chizmasi – 1-shaklida keltirilgan. Bu chizmani bajarish tartibi quyida bayon kilingan. Chizmada quyidagilar mavjud; a) bosh ko`rinish, ustdan ko`rinish, chapdan ko`rinish. Bu ko`rinishlarning xammasida qirqimlar ko`rsatilgan; b) teshik va moylash ariiqchasining o`zaro joylashishini aniqlovchi A-A kesim chiqarilgan; v) 3 – detalning V-V kesimi. Bir detalning o`zi yig`ish chizmasining hamma tasvirlarida bir xil yo`nalishda shtrixlanadi. Yondosh detallar turli yo`nalishda shtrixlangan. Agar biror detalning shakli mavjud tasvirlarda to`la Aniq bo`lmasa, yig`ish chizmasida bu detalning strelka bo`yicha ko`rinishi joylashtiriladi. O`quvchilar yig`ish chizmasining tuzishdar oldin, buyum ta`rifnomasidan foydalanib buyumning vazifasi, tuzilishi va har bir detalning o`zaro bog`lanishini Aniqlab olishi zarur. Sxemalarni chizishdagi umumiy qoidalar Buyumning tarkibiy qismlari va ular orasidagi bog`lanishlar shartli tasvirlar yoki belgilar ko`rinishida beriladigan konstruktorlik hujjatlari sxemalar deb ataladi (GOST 2.102-68). Buyumlarning kiruvchi elementlar va bog`lanishlar turlariga qarab sxemalar: kinematik, pnevmatik, gidravlikva elektr sxemalarga bo`linadi. Kinematik sxemalarni bajarish qoidalari GOST 2.703-68 da, elektr sxemalarniki GOST 2.702-69 da, pnevmatik va elektr sxemalarniki esa GOST 2.704-68 da bayon qilingan. Vazifasiga qarab sxemalar struktura, funksional: prinsipial (to`la), birikmalar (montaj), ulash, umumiy joylashtirish sxemalariga bo`linadi. Struktura sxemasi buyumning asosiy funksional qismlarini, ularning vazifalari va bir-biri bilan bog`lanishini aniqlaydi. Funksional sxemasi buyumda sodir bo`ladigan protsesslarni tushuntiradi. Prinsipial sxema buyum elementlari tarkibini va ular orasidagi o`zaro bog`lanishlarni aniqlaydi, shuningdek, buyumning ish prinsipi to`g`risida to`la tasavvur beradi. Birikmalar sxemasi buyumning tarkibiy qismlari o`zaro qanday birikkanligini ko`rsatadi: bunday sxemalarda simlar, truboprovodlar, qisqichlar, raz`yomlar, flanslar va shunga o`xshashlar ko`rsatiladi. Ulash sxemalari buyumning tashqi ulashishini ko`rsatadi. Umumiy sxemalari buyumning tashqi ulanishini ko`rsatadi. Umumiy sxema kompleksning tarkibiy qismlarini aniqlaydi va ularning ishga tushirish joyida bir-biri bilan qanday birikishini ko`rsatadi. Joylashtirish sxemasi buyum tarkibiy qismlarining bir-biriga nisbatan joylashtirishini aniqlaydi. Sxema shifri sxema turini aniqlovchi harfdan va sxema tipini belgilovchi raqamlardan tuzilgan bo`ladi. GOST 2.701-68 ga ko`ra sxemalarning turlari quyidagi harflar bilan belgilanadi: Elektr sxema – E; Gidravlik sxema – G; Pnevmatik sxema – P; Kinematik sxema – K; Kombinatsiya sxema – S. Sxema tiplari quyidagi raqamlar bilan belgilanadi: Struktura sxemasi – 1; Funksional sxema – 2; Prinsipial sxema – 3; Birikmalar sxemasi – 4; Ulash sxema – 5; Umumiy sxema – 6; Joylashtirish sxemasi – 7. Masalan, elektr prinsipial sxema – E3 shifr bilan gidravlik birikmalar sxemasi – G4 shifr bilan belgilanadi va hokazo XULOSA Fanni o‘rganishning dolzarbligi. Respublikamizdagi iqtisodiy, siyosiy va badiiy madaniyat tizimlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar har bir shaxs uchun, uning turmushining barqaror bo‘lishi uchun katta imkoniyatlar tug‘diradi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ko‘rsatib berganidek, «...Mamlakatni modernizatsiya qilish va aholiga munosib sharoit yaratib berish borasida o‘z oldimizga qo‘ygan maqsad va vazifalarimiz hamda mintaqa va jahon bozorlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ob’ektiv shart qilib qo‘ymoqda». Bunday shartlardan biri – jamiyatdagi muammolarga ilmiy yondashishdir. Bu yondashuvda mazkur fan muhim o‘rin tutadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, chizmachilik faning rivojlanishida SHarq olimlarining buyuk mutafakkirlarining o‘rni beqiyosdir. Yurtimizda yaratilgan qadimiy inshootlar, noyob tasviriy, me’moriy asarlarga maftun bo‘lib qolarkanmiz, shunday yuksak badiyatni bunyod etgan me’mor, musavvir va haykaltaroshlarning san’ati, mahoratidan qalbimizda iftixor xissiyotlari uyg‘onadi. Buyuk vatandoshimiz Muhammad Muso al-Xorazmiy ko‘plab fanlarning rivojlanishiga asos solganlar. Xorazmiy o‘zinig xayoti davomida algebra, astranomiya, geografiya geometriya va boshqa fanlarga ulkan xissa qo‘shgan. Bu mavzuni bayon qilishda o`quvchilarga chizmalarda har хil shartlilik va sоddalashtirishlardan fоydalanilsa sеzilarli daraja grafik ishlarining hajmi kamayib, chizmalar ancha soddalashishini aytish kerak. Chizmalarda qo`llaniladigan ayrim shartlilik va sоddalashtirishlarni o`qituvchi tоmоnidan tayyorlangan o`quv plakatlaridan ham ko`rsatish mumkin. Shunday qilib, uzun buyumlar (val, dasta, shatun, stеrjеn va bоshqalar)ning chizmada uzib tasvirlanishi ham sоddalashtirish hisоblanadi. Ikkita aylanish jismlarining kеsishish (o`tish) chiziqlarini chizmada aniq yasashlar talab qilinmagan hоllarda standartlarda ularning sоddalashtirib tasvirlashga ruхsat bеrilgan. Chizmalarga o`lchamni quyidagi tartibda qo`yish maqsadga muvоfiq: chizmaga avval gabarit o`lchamlar qo`yilib, dеtalning tashqi kоnturlari ko`rsatiladi; undan kеyin dеtaldagi elеmеntlar (tеshik, o`yiq, chiqiq va bоshqalar)ning o`rnini ko`rsatuvchi o`lchamlar va охirida qоlgan o`lchamlar qo`yiladi. Ko`pchilik hоllarda o`lchamlarni bazaviy sirtlardan bоshlab qo`yiladi. Masalan, chiziqli o`lchamlar dеtalning ishlоv bеrilgan yon sirtidan bоshlab qo`yiladi. O`lcham qo`yish variantlari ko`rsatilgan. Valik yoki vtulka tipidagi dеtallarga o`lcham qo`yishda hamma vaqt aylanish sirtining diamеtri ko`rsatiladi. Bu tоkarlik stanоklarida ishlоv bеrishni nazоrat qilish talablaridan kеlib chiqadi. Gеоmеtrik jismlarga o`lcham qo`yilmaganda, hamda o`lcham, bеlgi va yozuvlardan fоydalanilgandagi zarur va yеtarli tasvirlar sоnini aniqlashga misоllar kеltirilgan. Download 335.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling