At va madaniyat sohasi talabalari bilimlarini nazorat qilishda nostandart testlarning afzalliklari
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
san-at-va-madaniyat-sohasi-talabalari-bilimlarini-nazorat-qilishda-nostandart-testlarning-afzalliklari
Keywords: non-standard test, iSpring, art, control, assessment, distance
learning. Barchamizga ma’lumki bugungi kunda axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Miziyoyev tomonidan 2020-yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilingani mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va ulardan foydalanish malakasini oshirish muhim vazifa ekanligini ko’rsatadi. Shu sababli ham har qaysi soha vakili, har qaysi mutaxassis axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish malaksiga ega bo’lishi zamon talabidir. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 320 http://oac.dsmi-qf.uz Hozirgi rivojlanish davrida barcha sohalar kabi san’at va madaniyat sohasi vakillari ham axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish malakasiga ega bo’lishi zarur. Ammo san’at va madaniyat sohasining aniq fanlar bilan bog’liqligi kamligi sababli mazkur soha vakillari, xususan talabalarning aniq fanlarni o’zlashtirishlarida bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Buni talabalar o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomalar natijalari ham tasdiqlaydi. Ular o’zlarining fikrlarini “o’zlashtirishda qiyinchiliklar bo’ladi”, “amaliy jihatdan bilgan narsalarimni nazariy ifodalashga qiynalaman”, “o’z fikrlarimni aniq fan tilida tushuntirish muammo tug’diradi”, “kitobiy(fan) tilida yozilgan savollarda tushunmovchiliklar, qiyinchiliklar bo’ladi” kabi mulohazalar bilan ifodalashadi. Mana shu kabi muammolarga yechim topish va talabalarga qulayliklar yaratish, ularning bilimlarini oqilona baholash uchun nostandart testlardan foydalanish o’z samaralarini ko’rsatmoqda. Nostandart testlar nima va ular an’anaviy testlardan qanday farq qilishi haqida ko’plab savollar tug’ulishi tabiiy. Quyida mana shunday testlardan namunalar va ularni bajarish tartibi keltirib o’tilgan. Ushbu testlarni tayyorlashda iSpring dasturidan foydalanilgan bo’lib, bu dastur eng ommalashgan maxsus test yaratuvchi dastur hisoblanadi. iSpring dasturida nostandart testlarning bir necha xil turlari mavjud bo’lib, ko’plab qulayliklarga ham ega. An’anaviy (standart) testlar. Bu turdagi testlar savol va bir nechta javoblardan iborat bo’lib, javoblardan biri to’g’ri hisoblanadi(1-rasm). Bunday turdagi testlarning samaradorligi nisbatan past hisoblanib, bunda foydalanuvchining tahminlari ham kamida 25% holatda to’g’ri chiqishi ehtimoli mavjud bo’ladi(4 ta javob variantidan 1 tasi baribir to’g’ri). 1-rasm.
Bu turdagi testlarni ham iSpring dasturida foydalanuvchi uchun sodda va yana ham tushunarli bo’lishi uchun rasmlar, video yoki audio orqali ifodalash ham mumkin (2-rasm). "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 321
http://oac.dsmi-qf.uz 2-rasm. Ko‘p tanlovli testlar. Bu turdagi testlarda faqat bitta javob varianti emas, bir nechta javoblar ham to’g’ri bo’lishi mumkin (3-rasm). Bunday testlarda foydalanuvchi berilgan javoblardan faqat to’g’rilarini belgilashi lozim bo’ladi. Agar to’g’ri javoblardan birontasi qolib ketsa yoki noto’g’ri javoblardan birortasi qo’shib belgilangan bo’lsa ham test noto’g’ri bajarilgan hisoblanadi. Bu turdagi testlarda tahminiy javoblarning mos kelish nisbati ham pasayadi. Bunday turdagi testlarning samaradorligi ancha yuqori bo’ladi. 2-rasm.
Ketma-ketlikni to’g’ri tashkil qilish. Bunda test yoki savol emas, biror harakat yoki ketma-ketlikning tartibini to’g’ri tashkil etish kerak bo’ladi(3-rasm). Foydalanuvchi yuqoridan pastga qarab elementlarni surish orqali ketma-ketlikni tashkil qiladi. Agar ketma-ketlikning biron qadami buzilsa ham javob to’g’ri hisoblanmaydi. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 322
http://oac.dsmi-qf.uz 3-rasm. Bir-biriga bog’lash. Bu kabi testlarda ikkita ustunda elementlar keltirilgan bo’ladi va bir tomondagi elementga boshqa tomondagi faqat bitta element to’g’ri keladi (4-rasm). Bunday testda bir elementning noto’g’ri bog’lanishi o’z navbatida boshqa bir elementning ham noto’g’ri bog’lanishiga sababchi bo’ladi yoki aksincha bilgan elementlarni bog’lash orqali bilmagan elementga mos elementni oxirida qoldirib topishga olib kelishi mumkin. 4-rasm
yoki jadval joylashtiriladi(5-rasm). Joylangan obyektning faqat belgilanishi zarur bo’lgan qismi (faqat sichqoncha ko’rsatkichi yordamida tanlangan sohaga nuqta qo’yiladi, bunda aktiv sohalar bir yoki bir nechta bo’lishi mumkin) tanlanganda to’g’ri javob hisoblanadi. Bu turdagi testni ko’p tanlovli testga qiyoslash mumkin. Faqat bunda javob variantlari o’rniga rasmni istalgan qismidan foydalanish mumkin. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 323 http://oac.dsmi-qf.uz 5-rasm Bundan tashqari iSpring dasturida yana boshqa test turlari ham mavjud bo’lib, bularga ro’yhatdan mos elementni tanlash, qatorga kerakli matnni kiritish(yopiq test) kabi turlarni ham misol keltirish mumkin. iSpring dasturining bundan tashqari yana ko’plab imkoniyatlari ham mavjud. Dasturda test natijalarini onlayn tarzda elektron pochtaga yoki ko’rsatilgan saytga jo’natilishi ham mumkin. Shuningdek testlarni saralab olish, test uchun vaqtlarni belgilash, testdagi xatoliklarni xabardor qilib borish kabi imkoniyatlari ham mavjud. Hozirgi pandemiya sharoitida barcha oliy ta’lim muassasalarida masofiy ta’lim tashkil etilgan. Bunday ta’lim platformalarida oraliq yoki yakuniy nazoratlarni tashkil etishda ham iSpring dasturi qo’l keladi. Daturning eng katta yutuqlaridan biri yaratilgan testni onlayn ta’lim platformasiga import qilish imkoniyatining mavjudligida. Import qilingan testlar ortiqcha muammo va noqulayliklarni bartaraf etadi. Bundan tashqari test natijalari platformada avtomatik tarzda aks ettiriladi. Bunda yaratilgan testning ko’rinishi avtomatik saqlab qolinadi ya’ni konvertatsiya qilinmaydi(6-rasm). "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 324 http://oac.dsmi-qf.uz 6-rasm Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi rivojlanish davrida fan va ta’lim ham rivojlanib bormoqda. Shunday ekan ta’limni ham zamonaviy talab darajasiga olib chiqish zarur bo’lmoqda. Mazkur ishlarni amalga oshirish barobarida talabalar bilimini nazorat qilishning ham yangi usullaridan foydalanishni taqozo qilmoqda. Nostandart testlardan foydalanish orqali talabalarning yangicha fikrlashlari va masofaviy ta’limni samarali tashkil etilishiga erishiladi.
Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling