Ataboyeva hilola
Download 32.61 Kb.
|
A Oripov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Abdulla Oripov she’rlarida sevgi -muhabbat motivlari 3. Abdulla Oripov sheriyatining o‘ziga xos xususiyatlari III. XULOSA
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA VA TILLARNI O’QTISH:O'ZBEK TILI TA'LIM YO’NALISHI (SIRTQI) 201-GURUH TALABASI ATABOYEVA HILOLANING YANGI O'ZBEK ADABIYOTI FANIDAN MUSTAQIL ISHI Mavzu: A Oripov she'riyatida sevgi-muhabbat motivlari. Reja: I. KIRISH II. ASOSIY QISIM 1. Abdulla Oripov Hayoti va Ijodi 2. Abdulla Oripov she’rlarida sevgi -muhabbat motivlari 3. Abdulla Oripov sheriyatining o‘ziga xos xususiyatlari III. XULOSA IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Abdulla Oripov - o‘zbek shoiri va jamoat arbobi. Abdulla Oripov ijodi zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin sahifalaridan birini nomoyon etadi. Uning she’rlarida insonning chuqur ruhiy dunyosi va xalq tarixi tahlil etiladi. 1998 yil Abdulla Oripov “O‘zbekiston qahramoni” unvoniga musharraf bo‘lgan. Abdulla Oripov -noyob iste'dod egasi. Chuqur falsafiylik, milliy ruh, diniy axloqiy mezonlarga sadoqat shoir she'riyatining asosini tashkil etadi. O'zbek xalqining milliy tiklanishi va mustaqillik uchun kurashda Abdulla Oripov she'riyati katta o'rin tutadi. 1. Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida, ya’ni Yilboshi bayrami kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko’z qishlog’ida tug’ildi. Qishloq Qo’ng’irtov etagiga o’rnashgan bo’lib, oqar suv taqchil bo’lsa-da, seryomg’ir kelgan yillarda ko’kat-u maysalarga ko’milib qoladigan kengish joy edi. Bu haqda shoirning o’zi: “Ayniqsa, bahor paytlarida bu yerlarga yog’in ko’p tushar, Qo’ng’irtov etaklari ming xil o’t-o’lan, chuchmoma-yu qizg’aldoqlar bilan, quyonto’pig’-u ismaloq bilan, karrag-u hazorisfand bilan, qo’zigullar bilan qoplanar, atrof-tevarak jannatiy bir manzara kasb etardi. Sel suvlari to’planib qolgan kichik-kichik ko’llarni “qoq” deyishardi. Uning toza suvini odamlar tashib ichishar, bola-baqra chuchmomay-u ismaloq, zamburug’ terib, Qo’ng’irtov etaklarida kunlarini kech qilar edi”, — deb yozadi. Ana shunday go’zal maskanda tug’ilib o’sgan Abdulla Oripovning otasi Orifboy Ubaydulla o’g’li ishbilarmon dehqonlardan bo’lib, jamoa xo’jaligi raisi edi. Onasi Turdixol momo ko’pchilik o’zbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehribon, g’oyat ta’sirchan va ezgulikka tashna ayol bo’lgan. Oilada to’rt o’g’il, to’rt qiz bo’lib, Abdulla o’g’illarning kenjasi edi. Bolaligi qishloqdagi boshqa tengdoshlariniki qatori o’tdi: qo’y boqdi, suv tashidi, pichan o’rdi, yantoq chopdi, somon to’pladi. Ayni vaqtda, u boshqacharoq ham edi: qandaydir xayolchan, serta’sir, o’ychil, kitobga haddan tashqari ko’ngil qo’ygan. Abdulla hali maktabga bormay turib, qandaydir so’zlarni bir-biriga uyqash qilib aytib yurishni xush ko’rar, so’zning mazmunidan ham ko’ra ohangi uni rom etardi. Buni shoir keyinchalik shunday eslaydi: “...birinchi she’rlar yoza boshlaganimga nima turtki bo’lganini aniq bilmayman. Har holda so’zlarni qofiyalashga ishqiboz bo’lib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan, balki zavqim toshib, nimadir yozgim kelaverardi. Fikr esa yo’q. Yozmaslikning ham iloji yo’q”. Abdulla Oripov o’z qishlog’idagi yetti yillik maktabda o’qiy boshladi. 1958- yilda qo’shni Tayzan ovulidagi o’rta maktabni oltin medal bilan bitirgan yigit Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU) “O’zbek filologiyasi” fakulteti jurnalistika bo’limiga o’qishga kirib, uni 1963- yilda imtiyozli diplom bilan bitirdi. Abdulla Oripov oliy maktabni tugatgach, Toshkentdagi sobiq “Yosh gvardiya” nashriyotiga muharrir bo’lib ishga kiradi. Bu yerda to’rt yil ishlagach, 1967—1974-yillarda G’afur G’ulom nomidag’i nashriyotda muharrir, katta muharrir bo’lib xizmat qiladi. 1974—1976- yillarda “Sharq yulduzi” jurnalida bo’lim boshlig’i bo’ladi. Olovli she’riyati bilan muxlislarining mehrini qozongan shoir 1976—1982- yillar orasida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy maslahatchisi sifatida adabiyotga endi kirib kelayotgan yosh ijodkorlarga rahnamolik qildi. 1982—1983- yillarda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat bo’limida mas’ul kotib bo’lib faoliyat ko’rsatdi. 1983- yilda shoir o’quvchilarning jurnali “Gulxan”ning bosh muharriri bo’ldi va u yerda 1985-yilgacha, ya’ni O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi lavozimiga o’tguncha ishladi. Uyushmaning kotibi sifatida uch yil ishlagan Abdulla Oripov 1988-yilda O’zbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish qo’mitasi raisi vazifasiga o’tkazildi. 1996-yilning mart oyidan 2009 yilga qadar shoir O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi vazifasida mehnat qildi. Abdulla Oripov 1983- yilda Hamza nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo’ldi. Shu yili unga “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi. 1994-yilda Alisher Navoiy nomidagi respublika davlat mukofotiga loyiq ko’rildi, 1998-yilda esa shoir “O’zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. Abdulla Oripov O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining muallifidir. Birinchi marta respublika matbuotida “Qushcha” deb atalgan she’ri chiqqan paytda Abdulla Oripov talaba edi. Shoirning birinchi she’rlar to’plami “Mitti yulduz” esa 1965-yilda chop etilgan. Undan keyin “Ko’zlarim yo’lingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim” (1971), “O’zbekiston”, “Qasida” (1972), “Xotirot” (1974), “Yurtim shamoli” (1974), “Jannatga yo’l” (1978), “Hayrat” (1979), “Hakim va ajal” (1980), “Najot qal’asi” (1981), “Yillar armoni” (1983), “Haj daftari” (1992), “Saylanma” (1996), “Sohibqiron” (1996), to’rt tomlik “Tanlangan asarlar” (2000—2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi. Abdulla Oripov xalqimizni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish borasida ham talay ishlarni amalga oshirgan. U Dantening “Ilohiy komediya” asarini, L.Ukrainka, T.Shevchenko, N.Nekrasov, Q.Quliev, R.Hamzatov singari shoirlarning she’rlarini mahorat bilan o’zbekchaga o’girgan. O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 2016-yil 5-noyabr kuni ertalab AQShning Xyuston shahrida 75 yoshida vafot etdi. 2. Abdulla Oripov 1941- yil 21- martda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko‘z qishlog‘ida dunyoga keldi. 1958- yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlagan Oripov Toshkent Milliy universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirib, uni ham 1963- yilda imtiyozli diplom bilan yakunlaydi. “Yosh gvardiya” (1963-1969), G‘afur G‘ulom nomidagi “Adabiyot va san’at” nashriyotlarida muharrir (1969-1974), “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1974-76), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1976-1982), mas’ul kotib (1985-1988), Toshkent viloyat bo‘limida mas’ul kotib (1982-1983), “Gulxan” jurnalida muharrir (1983-1985), 1996- yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish davlat agentligi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shoir va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning “Tilla baliqcha”, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” singari dastlabki she’rlari talabalik yillarida yozilgan va o‘zbek she’riyatiga yangi, iste’dodli, o‘ziga xos ovozga ega shoirning kirib kelayotganidan darak bergan. Ko‘p utmay, “Mitti yulduz” (1965) ilk she’rlar to‘plamining nashr etilishi she’riyat muxlislarida paydo bo‘lgan shu dastlabki tasavvurning to‘g‘ri ekanligini tasdiqlagan. Shundan keyin shoirning “Ko‘zlarim yo‘lingda”(1966), “Onajon”(1969), “Ruhim”, “O‘zbekiston” (1971), “Xotirot”, “Yurtim shamoli”(1974), “Yuzma-yuz”, “Hayrat”(1979), “Najot qal’asi”(1981), “Yillar armoni”(1983), “Haj daftari”, “Munojot”(1992), “Saylanma”(1996), “Dunyo” (1999), “Shoir yuragi”(2003) singari she’riy kitoblari nashr etilgan. Shoirning butun she’riyati singari muhabbat lirikasi ham o‘ziga xosligi, teranligi, tuyg‘ularning tabiiyligi, hayotiyligi, real voqelikka monandligi bilan ajralib turadi. Sevgi haqidagi hazin, mungli ohanglar har qanday oh-vohlar, o‘ldim-kuydimlardan tamomila yiroq. Javobsiz muhabbat iztirobi, alami, chuqur insoniy kechinmalar, chinakam sevgi orzumandi bo‘lgan katta qalb egasining dard-u dunyosi, hasratlari, yonish-o‘rtanishlari, iztiroblari shoir muhabbat lirikasining mazmunini tashkil etadi. Ilk ijod namunalaridan bo‘lmish “Sen bahorni sog‘inmadingmi” she’rida hali muhabbat g‘avg‘olariga, qizlarning “qo‘lidagi qonli xanjarlarga”, “o‘zini ming bitta bozordan olib, ming bitta bozorga solgan, tirnoqlar bezagi sahardan shomgacha” ermagi bo‘lgan tannozlarning makr-u hiylalariga ro‘baro‘ bo‘lmagan, sevgida xiyonat qilishning azobini tortmagan, ishq kasridan “holi zabun”, “toleyi tola-tola” bo‘lmagan, pok sevgi sog‘inchi, intizorligi bilan to‘liq toza qalbning bahor nasimidek hayotbaxsh, tog‘ buloqlaridek musaffo tuyg‘ulari bayon etiladi.“Eslash”, “Derazangni qoplar oqshom zulmati...”, “Chuvaladi o‘ylarim sensiz”, “Xayr endi...”, “Yo‘lim boshlar...”, “Yondim-u va lekin hijron tunida...”, “Yomg‘irli kun edi...”, “Qo‘ygil, u kunlarni eslatma menga”, “Sevgi o‘limi” kabi o‘nlab she’rlarni ko‘ngilxushlikdan butunlay begona chinakam ishqning dardchil talqini, oshiq qalb o‘rtanishlarining ko‘tarinki, yuksak pardalarda ifodalangan ohi, nidosi deyish mumkin. “Yo‘lim boshlar, ketarman bir kun...” deb boshlanadigan she’rda muhabbat iztirobi, qiynoqli sevgi “yorilmagan yaraday sevgi” degan o‘xshatish vositasida ta’riflanadi. Kechagina bir tan, bir vujud bo‘lgan ikki insonning hayot yo‘llari qarama-qarshi qutblar tomon ajralib ketmoqda. Ular endi bexosdan uchrashib qolsalar ham, o‘zlarini mutlaqo begona odamlardek tutishga mahkum. Yorilmagan yara qanchalik azob bergani singari, bir qarorga kelinmagan sevgi ham shuncha azobli, qiynoqli. Biroq bir tomon bir qarorga kelganda ham ikkinchi qalbda qolgan jarohat izi, iztirobi yorilmagan yaradan ham battar og‘riqli. O‘tmishga aylanayotgan mas’ud damlarni unutish esa mushkul. She’rda ana shu insoniy dard, fojiaviy lirik xususiyat tabiiy yoritiladi: Download 32.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling