Atamasining ma’nosi to‘liq keltirilgan javobni aniqlang


Download 32.38 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi32.38 Kb.
#1611642
  1   2   3
Bog'liq
yakuniy navoiyshunoslik - TEST


«Poetika» atamasining ma’nosi to‘liq keltirilgan javobni aniqlang.
“Poetika” so‘zi yunoncha so‘z bo‘lib, “ijod qilish san’ati” ma’nosini bildiradi
“Poetika” so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, “ijod sirlari” ma’nosini bildiradi
“Poetika” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “badiiylik” ma’nosini bildiradi
“Poetika” so‘zi forscha so‘z bo‘lib, “ijodkorlik” ma’nosini bildiradi

Ma’lum bir ijodkorning asarlarini (yoki bir asarini) badiiy jihatdan tadqiq qilish poetikaning qaysi bir yirik sohasining vazifasi sanaladi?


xususiy poetika
umumiy poetika
tarixy poetika
qiyosiy poetika

Poetika” istilohi ilmiy muomalaga dastavval kim tomonidan kiritilgan?


Arastu
Aristotel
Ibn Mu’tazz
Alisher Navoiy


Ilmi balog‘a (balog‘at ilmi)ga berilgan ta’riflarning qaysi biri to’g’ri?
“balog‘at”ning lug‘aviy ma’nosi “bulug‘ va vusul”, ya’ni “erishish va yetishish” bo‘lib, istiloh sifatida Qur’oni Karim va hadisi sharif tili bo‘lmish arab tilining sir-asrorlarini ochuvchi, uning nozik va nafis jihatlarini ko‘rsatuvchi, balog‘ati va fasohatini anglashni o‘rgatuvchi ilm “balog‘at ilmi” deyiladi
u faqat ilmi maoniy, ilmi badi’lardan iborat
ilmi balog‘a, dastavval, Qur’oni karim oyatlarini sharhlashga ehtiyoj tufayli paydo bo‘lgan bo‘lib, keyinchalik ham shu ilm asosida tadqiq qilish rivojlandi
barcha javoblar to’g’ri

Balog’at ilmi bo‘yicha ilk kitob yozgan allomalarni aniqlang.


Abu Ubayda Ma’mar, Ja’far ibn Yahyo, Sahl ibn Xorun, Abdulloh ibn Mu’tazz
Abu Ubayda Ma’mar, Ja’far ibn Yahyo, Abdulloh ibn Yunus, Abu Usmon Mag’ribiy
Ja’far ibn Yahyo, Sahl ibn Xorun, Ali ibn Nur, Abu Hamza Bog’dodiy
Abdulloh ibn Mu’tazz, Ali ibn Nur, Abdulloh ibn Yunus, Abu Usmon Mag’ribiy

Mumtoz adabiyotimiz tarixida poetika ilmi asosan uchta mustaqil sohadan iborat bo‘lgan va bu “ilmlar uchligi” (ilmhoi segona) deb atalgan. Ular qaysilar?


ilmi aruz, ilmi badi’, ilmi qofiya
ilmi aruz, ilmi badi’, ilmi ma’oniy
ilmi qofiya, ilmi ma’oniy, ilmi bayon
ilmi bayon, ilmi balog’a, ilmi aruz
Majoz ul-Qur’on” asari qaysi adibga tegishli va u qachon yaratilgan?
Abu Ubayda Mamar, hijriy II asr
Ibn Mu’tazz, hijriy I asr oxiri
Abdulloh Nur, hijriy II asr boshlari
Ja’far ibn Yahyo, hijriy I asr

Navoiy qaysi asarida nazm va nasrga ta’rif berarib, nazmni gulshandagi gullarning saf tortib, ochilib turishiga, nasrni esa gullarning erda sochilib to‘kilib yotishiga o‘xshatadi?


“Hayrat ul-abror”
“Farhod vaShirin”
“Layli va Majnun”
“Saddi Iskandariy”

Turkiy poetikaga doir bizgacha etib kelgan ilk nazariy manba qaysi?


“Funun ul-balog‘a”
“Jami muxtasar”
“Xazoyin ul-maoniy”
“Xadoyiq us sehr”


Ilmi badi’ haqida ilk asar yozgan adib sifatida kim tilga olinadi?
Ibn Mu’tazz
Abu Ubayda Mamar
Ja’far ibn Yahyo
Sahl ibn Xorun

Alisher Navoiy she’riyat maydoniga kirib kelgan davrda o‘zbek adabiyotida qaysi lirik janrlar she’riy shakl sifatida o‘z takomiliga yetgan edi?


qasida, g‘azal, masnaviy, tuyuq, fard
qit’a, ruboiy, musamman, tarkibband, tarji’band
qit’a, ruboiy, g‘azal, masnaviy
tarkibband, tarji’band, masnaviy, tuyuq

Hofiz Xorazmiy devonida lirik turning jami nechta janri keltiriladi?


9
8
10
11

Navoiyning “Ilk devon”i tarkibiga kiruvchi janrlar miqdorini aniqlang.


391 g‘azal, 41 ruboiy, 1 mustazod va bir muxammas, jami 4 lirik janrdagi 434 she’r mavjud
393 g‘azal, 44 ruboiy, 2 mustazod va bir muxammas, jami 4 lirik janrdagi 435 she’r mavjud
395 g‘azal, 42 ruboiy, 1 mustazod va bir muxammas, jami 3 lirik janrdagi 435 she’r mavjud
392 g‘azal, 40 ruboiy, 4 mustazod va bir muxammas, jami 4 lirik janrdagi 435 she’r mavjud

Adabiyotshunoslikda g‘azal janri haqida ilk ma’lumot qaysi asarda keltiriladi?


“Al mo’jam”
“Funun ul-balog‘a”
“Jami muxtasar”
“Xazoyin ul-maoniy”

G‘azalning dostonlar tarkibida uchrashi ilk bor qaysi asardan boshlanadi?


Xorazmiyning “Muhabbatnoma”
Xo‘jandiyning “Latofatnoma”
Said Ahmadning “Taashshuqnoma”
Firdavsiyning “Shohnoma”

Alisher Navoiy qaysi asarida ishqni 3 darajaga ajratib, ularni avom ishqi, xoslar ishqi (majoziy ishq), siddiqlar ishqi (haqiqiy ishq) deb ataydi?


“Mahbub ul-qulub”
“Hayrat ul-abror”
“G‘aroyib us-sig‘ar”
“Nasoyimul-muhabbat”

Arabcha “orttirilgan”, “ziyoda qilingan” ma’nolarini bildirib, har misrasi 1,5 qatordan iborat she’r shaklidir”. Ushbu ta’rif qaysi janr haqida?


mustazod
tarje’band
tarkibband
masnaviy

Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy”da keltirilgan muxammaslarning soni nechta?


10
8
9
11
Turkiy adabiyotda tarji’bandning ilk namunalari kimning ijodida uchraydi?
Hofiz Xorazimiy
Alisher Navoiy
Yusuf Amiriy
Lutfiy
Navoiy o‘zining qaysi asarida masnaviy janrni alohida tavsiflab, uni “vase’” – keng maydon deb ataydi?
Masnaviykim, burun dedim oni,
So‘zda keldi vase’ maydoni.
“Saba’i sayyor”
Hayrat ul-abror”
Farhod va Shirin”
Saddi Iskandariy”
Navoiyning “Oqquyunli muxlislar devoni”da “Ilk devon”da mavjud bo‘lmagan qaysi janri kiritilgan?
tarji’band
tarkibband
mustazod
qit’a
Alisher Navoiyning ilk rasmiy devoni “Badoe’ ul-bidoyada…
11 janrga oid 1046 ta she’r mavjud
13 janrga oid 1046 ta she’r mavjud
15 janrga oid 1045 ta she’r mavjud
12 janrga oid 1045 ta she’r mavjud



Download 32.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling