Atmosfera havosini zaharli gaz va changlardan tozalash usullari. Gidrosferani muhofaza qilish. Litosferani muhofaza qilish. Insonning xo


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/45
Sana10.10.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1696937
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45
Bog'liq
2-ma\'ruza

Tabiatni muhofaza qilish deb – tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, 
ularni muhofaza qilish va tiklashga, atrof-muhitni ifloslanishdan va buzilishdan 
saqlashga qaratilgan, kishilik jamiyatining yashashi uchun optimal sharoit yaratish, 
hozir yashayotgan kishilar, shuningdek kelajak avlodlarning moddiy va madaniy 
ehtiyojlarini qondirish uchun davlatlar hamda jamoatchilik tomonidan xalqaro 
miqyosda va mamlakat ichida amalga oshirilayotgan tadbirlarning rejali tizimiga 
aytiladi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat organlari, korxonalar va tashkilotlar, ilmiy 
muassasalar tomonidan turli biologik, fizikaviy, kimyoviy, iqtiso-diy, moddiy-
texnik, sanitar-gigienik, tashkiliy-boshqaruv va boshqa usullar bilan olib boriladi. 
Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarida muhim o‗rin tabiiy muhitni huquqiy 
muhofaza qilish usuliga tegishlidir.
Atrof muhitni muhofaza qilishning huquqiy asosi – tabiatni muhofaza qilish 
haqidagi amal qilayotgan qonunlar, atrof muhitni muhofaza qilish bo‗yicha milliy 
harakat dasturi, ekologik ekspertiza va ekologik auditga bog‗liq. 
Tabiatni muhofaza qilish shartini va tartibini belgilovchi huquqiy me‘yorlarda 
mamlakatda davlatning atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi 
siyosatining asosiy yo‗nalishi, fan va texnikadagi yutuqlari, halqning moddiy va 
madaniy hayotini ko‗tarish bo‗yicha doimiy g‗amxo‗rligi, inson salomatligi, 
mehnati va dam olishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratishlar yoritilgan. 
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilgan huquqiy normalar 
asosida mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini himoya 
qilish, tabiiy resurslardan samarali foydalanishga yo‗naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy 
hamda ekologik siyosat yuritib kelinmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan ―Tabiatni 
muhofaza qilish to‗g‗risida‖gi Qonuni, mustaqillikning ilk davrlaridagi birinchi 
yaxlit turdagi huquqiy hujjat hisoblanadi. Bugungi kunda respublikada atrof tabiiy 
muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik 
xavfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha 20 dan ortiq muhim qonunlar va yuzlab qonunosti 
normativ hujjatlar qabul qilindi. 
Qabul qilingan normativ-huquqiy xujjatlar ekologik huquqbuzarlik uchun 
yuridik javobgarlik – bu jinoiy, ma‘muriy, intizomiy, fuqarolik qonunchilikda 
belgilangan va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish me‘yor va talablariga rioya 
etmaslik, tabiiy resurslardan foydalanish shartlarini va tartibini buzganlik, 
aholining, mahsulot(xizmat)larning ekologik xavfsizligi talablarini bajarmaslik va 
atrof tabiiy muhitga zarar etkazganlik holatlarida qo‗llaniladigan huquqiy vosita va 
choralar yig‗indisidir. 
Ekologik huquqbuzarlik uchun ma‘muriy javobgarlik – ma‘muriy 
huquqbuzarlikni sodir etgan fuqarolar va mansabdor shaxslarga qo‗llaniladigan 
yuridik javobgarlikning bir turi hisoblanib, u ma‘muriy huquqbuzarlik sodir etgan 
shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, 
shuningdek ana shu huquqbuzarning o‗zi tomonidan ham, boshqa shaxslar 


tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida 
qo‗llaniladi. 
O‗zbekiston Respublikasining ―Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risida‖gi 
Kodeksida, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida 
39 tarkibdagi huquqbuzarlik uchun ma‘muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi 
maxsus bob ajratilgan. 
Jumladan, quyidagi ekologik huquqbuzarlik uchun: 
- tabiatni muhofaza qilishga qo‗yiladigan standartlar, me‘yorlar, qoidalar va 
boshqa me‘yoriy-texnik talablarini buzganlik; 
- tabiiy resurslardan foydalanganlik, ifloslantiruvchi moddalarni tashlaganlik 
va chiqarganlik, chiqindilarni joylashtirganlik uchun belgilangan to‗lovlardan bosh 
tortganlik; 
- atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik; 
- tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini bajarmaslik kabi xolatlar uchun 
belgilangan yuridik javobgarliklar yanada takomillashtirib borilmoqda.
Davlat ekologik siyosatining qonuniy asoslarini buzganlik uchun jinoiy 
javobgarlik huquqiy javobgarlik tizimida muhim o‗rin tutadi. 
U atrof muhit va aholi salomatligiga qarshi, qonunga zid, jamiyat uchun 
xavfli harakat (harakatsizlik), aybli va jazoga loyiq xatti-harakatlarga, ya‘ni 
ekologik jinoyatlarga nisbatan vujudga keladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining ―Atrof muhitni muhofaza 
qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar‖ nomli XIV bobida 12 
tarkibdagi ekologik jinoyatlar va ―Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar‖ nomli XV 
bobida bitta tarkibdagi jinoyat belgilangan. 
Davlatning ekologik-huquqiy siyosati yo‗nalishlarini hamda ekologik 
qonunchilikning o‗ziga xos tomonlarini hisobga olib, ekologik jinoyatlar tizimini 
uch guruhga tasniflash maqsadga muvofiq bo‗ladi, ya‘ni: 
- atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi jinoyatlar; 
- tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi jinoyatlar; 
- ekologik xavfsizlik sohasidagi jinoyatlar. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling