Atmosfera havosining ta’rifi, chegaralari, tarkibi. Atmosfera resurslari. Havoning ifloslanish sabablari va manba’lari


Download 192.51 Kb.
bet2/6
Sana30.04.2023
Hajmi192.51 Kb.
#1414656
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu

1-rasm. Atmosferaning vertikal tuzilishi va haroratining yuqoriga qarab o‘zgarib borish sxemasi (Manba. R.Ramade, 1998 y.).
Atmosferaning eng pastki qismi troposfera deb atalib, havo massasining 0,8 dan ortiq qismini o‘z ichiga oladi. Bu balandlikni har 1 km ga ortishi bilan harorat pasaya boradi. Troposferaning qalinligi qutb kengliklarida 8-10 km bo‘lib, ekvatorda 16-18. Zichligi esa, erdan baland ko‘tarilgan sari kamayadi. Troposferaning yuqorisida, stratosferaga o‘tish qismida harorat aksincha sovib -50 dan -80°S gacha etadi. Stratosferada erdan 25 km balandlikkacha harorat o‘zgarmay koladi. Stratosfera bo‘ylab quyoshning ultra-binafsha nurlari ta’sirida ozon(O3) hosil bo‘ladi. Uning eng ko‘p konsentratsiyasi er yuzidan 22—25 km balandlikda kuzatiladi. Ozon er satxining yuqori kengliklarida ko‘p, urta va qo‘yi kengliklarida kam kuzatiladi. Uning miqdori faslga qarab ham o‘zgarib turadi: baxorda ko‘payadi, kuzda esa kamayadi. Erdan 55 km balandlikkacha harorat ortib, 3-0 0S ga etadi. Stratosferadan so‘ng mezosfera qatlami joylashgan bo‘lib, uning Erdan balandligi 85 km gacha boradi. Bu qavatdan yuqorida harorat asta-sekin pasayib 85-95 km balandlikda 100-130 0S ga etadi. Bu qavatdan yuqorida ionosfera yoki termosfera joylashgan. Uning balandligi er 200-300 km gacha boradi. Bu erda harorat yana ortib 1000°S atrofida bo‘ladi. Ionosfera qavatidan keyin egzosfera qavati keladi. Uning eng yuqori chegarasi er satxidan 2000 km balandlikda joylashgan. Bu qavatning yuqori qismida atmosferaning asosiy tarkibi neytral vodoroddan, proton va elektronlardan tashkil topgan.
Eng toza havo okean suvlari ustidadir. Qishloqlar ustida havodagi chang zarrachalari miqdori okean yuzasidagiga nisbatan 10 barobar, shaharlar ustida 35 barobar, sanoat korxonalari ustida 150 barobargacha ortiq bo‘ladi. Havoning chang bilan ifloslanishi asosan, er satxidan 1,5-2 km balandlikkacha kuzatiladi va quyosh nurlarining yozda 20 % ini, qishda 50% ini tutib qoladi. Erda hayotning davom etishi, asosan, havoning tozaligiga bog‘lik. Masalan, inson ovqatsiz va suvsiz bir necha kun yashay olishi mumkin, ammo havosiz faqat 5 minutgina yashaydi. Bir kishi kuniga 1 kg ovqat va 2 litr suv ist’emol qilib, 25 kg havoni nafas olish uchun sarflaydi.
Toza havo faqat inson uchungina emas, balki hayvonot va o‘simlik dunyosi uchun, shuningdek, antibiotiklar, yarim o‘tqazgichlar, yuqori aniqlikka ega bo‘lgan ulchov asboblari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari uchun ham zarurdir. Jadvalda atmosfera havosining gaz tarkibi, xajmi va massasining 1995 yilga qadar bo‘lgan xolati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

Download 192.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling