Atmosfera havosining ta’rifi, chegaralari, tarkibi. Atmosfera resurslari. Havoning ifloslanish sabablari va manba’lari


Download 192.51 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi192.51 Kb.
#1414656
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu

Atmosferadagi ozon. Ozon (O3) juda kam miqdorda ekanligiga qaramasdan, atmosferaning yuqori qatlamlarida (ayniksa stratosferada) boradigan fizikaviy jarayonlarda muhim rol uynaydi. Ozon qobig‘i butun Er sharini qoplab, atmosferada 10 kmdan 70 km balandlikkacha uchraydi, lekin ozon molekularlarining (O3) maksimal miqdori 20-25 km balandlikda joylashgan. Atmosferadagi ozonning umumiy massasi tahminan 3,2 • 109 t ni tashqil qiladi. Ozon atmosferaning yuqori chegarasiga tushadigan quyosh nurlanishining 3% ga yaqinini yutadi. YUtilish spektrning 0,22 — 0,29 mkm to‘lqin uzunligidagi ultrabinafsha sohasida sodir bo‘ladi. Spektrning bu sohasinig yutilishi shunchalik kattaki, quyosh nurlarining energiyasi ozon qatlamining eng yuqori qismlarida, 50 — 45 km balandlikda deyarli to‘liq yutiladi. SHu sabali bu balandlikdagi havoning harorati 0°gacha ko‘tariladi.
Ultrabinafsha nurlarning asosiy xususiyati ularning yuqori biologik faollikka ega ekanligidir. Ular bakteriyalarning ko‘pgina turlarini o‘ldiradi, badanni foraytiradi, organizmda D vitamin hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi. Biroq, ultrabinafsha nurlanishning ozgina miqdorigina foydali xisoblanadi. Katta miqdorlari inson terisi kasalliklariga (eritema) va xatto kuyishga olib kelishi mumkin.
Agar ozon bo‘lmaganda biologik faol ultrabinafsha nurlar Erdagi barcha biologik jarayonlarni va balki butun organik hayotni sezilarli o‘zgartirgan bo‘lar edi. Demak, ozon ximoyalovchi ekranni hosil qiladi. Atmosferaning ba’zi moddalar bilan global ifloslanishi ozon ekrani zichligini kamaytirishi va «ozon teshiklari» ni paydo qilishi mumkin, deb xisoblanadi.
Atmosferada ozon paydo bo‘ladigan fizikaviy va kimyoviy jarayonlar murakkab tabiatga ega. Ikki atomli kislorod molekulalari quyoshning ultrabinafsha nurlarini yutganda qisman atomlarga parchalanadi. Kislorod atomlari ko‘zg‘algan holda bo‘ladi (ya’ni m’yoriy holatdagiga nisbatan katta energiya zahirasiga ega bo‘ladi). SHu sababli ozon molekulasi uchlama tuknashuvda ya’ni kislorod molekulasi, kislorodning atomi va ortiqcha energiyani qabul qilib oluvchi azot yoki boshka gaz molekulasi bir —biri bilan tuqnashgandagina hosil bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida qarama —qarshi jarayon — ozonning kislorodga parchalanishi sodir bo‘ladi.
Atmosferadagi ozon miqdori sutkalik (kunduzi — maksimum, kechasi - minimum) va mavsumiy (bahorda — maksimum, kuz va kishda — minimum) o‘zgarishlarga ega. Kenglikning ortishi bilan maksimumga erishish kechroq oylarga suriladi.

Download 192.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling