Atmosfera ifloslanishi va uning manbalari
Download 30.07 Kb.
|
1 2
Bog'liqATMOSFERA IFLOSLANISHI VA UNING MANBALARI
ATMOSFERA IFLOSLANISHI VA UNING MANBALARI XX asrning ikkinchi yarmida atmosferaning ifloslanishi to‘g’risidagi masala dolzarb global masalalardan biriga aylandi. “Atmosferaning ifloslanishi” tushunchasiga berilgan ko‘plab ta’riflarni umumlashtirgan holda unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: atmosferaning ifloslanishi- atmosferaning quyi qatlamlarida kishilarning salomatligi, o‘simlik va hayvonot dunyosi uchun xavfli bo‘lgan , tabiiy muhitning inson hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati uchun nomaqbo‘l yo‘nalishlarda o‘zgarishiga olib keladigan miqdordagi zararli moddalarning to‘planishidir. Atmosferaning tarkibi tabiiy va inson faoliyati bilan bog’liq bo‘lgan (antropogen) omillar ta’sirida o‘zgaradi.Tabiiy o‘zgarishlar litosfera, gidrosfera va biosferadagi o‘zgarishlar bilan bog’liq. Masalan, vulkanlarning faoliyati, cho‘llarda qumlarning to‘zishi va uchirilishi, o‘simliklarning gulchanglari, okeanlarning har xil tuz zarrachalari va boshqa chang zarrachalari atmosferada mavjud bo‘lgan changlarning tabiiy manbalaridir. Yerda odamning paydo bo‘lishi bilan bog’liq holda atmosferada antropogen o‘zgarishlar va havoning ifloslanishi sodir bo‘la boshladi. Atmosferaning mahalliy miqyoslarda ifloslaaaaaaanishi anchadan buyon ma’lum bo‘lsada, XX asrda umumbashariy miqyosdagi dolzarb muammoga aylandi. Kosmik tadqiqotlar atmosferaning 20 km va undan ham balandroq qismlari, ya’ni butun troposfera va stratosferaning quyi qismlari ifloslanganligini ko‘rsatdi.Troposferaning quyi qatlamlariayniqsa sezilarli ifloslangan. Atmosferaning ifloslanishi antropogen manbalardan chiqarilayotgan gazlar (90% gacha ) va aerozollar (10%) tufayli sodir bo‘lmoqda.Gazdan va undagi muallaq erkin zarrachalardan , qattiq jismlarning zarrachalaridan va suyuqlik tomchlaridan tashkil topgan birikmaga aerosol (yunoncha air- havo;nemischa sol- erituvchi)deyiladi. Atmosferaga chiqariladigan gazlar va aerozollar tarkibida 160 ga yaqin zararli moddalar borligi aniqlangan.Sanoatda va aholiga xizmat ko‘rsatish doirasida foydalaniladigan ko‘pgina moddalar zaharli bo‘lganligi tufayli ularni atmosferaga chiqarish jahon mamlakatlarining katta qismida ta’qiqlangan. O”zbekistonda ham havoda zaharli moddalarning miqdori maxsux sanitariya me’yorlari bilan tartibga solib turiladi. 4-jadvalda atmosferaning ifloslanishiga sabab bo‘ladigan asosiy moddalar ko‘rsatilgan. - jadval
Transport, sanoat, issiqlik stansiyalari va shuningdek, aholi manzilgohlari, harbiy harakatlar, sinov maqsadlarida o‘tkaziladigan yadroviy portlatuvlar atmosfera ifloslanishining asosiy antropogen manbalaridir. Transport (lot. transportara eltish, tashish, harakatlanish) – atmosfera ifloslanishining asosiy antropogen manbasidir. Jahon avtomobil parkida hozirgi paytda 400 mln. ga yaqin avtomobillar bor. Motorlarining ish quvvati o‘rtacha qilib olinganda har bir avtomobil havoga 0,2 t karbonat angidrid (CO2) va is (CO) gazini yil davomida atmosferaga chiqaradi. Bundan tashqari avtomobil (yun. autos o‘zi; lot. mobilis harakatlanadigan, qo‘zg’aladigan), motoridan (lot. motor harakatlanadigan) chiqadigan gazlarda azot oksidi, aldegidlar, oltingugrt gazi, ayrim og’ir metallar va aerozollar aralashmasi mavjud. Taqribiy hisoblarga ko‘ra avtomobillar har yili atmosferaga 350-400 mln. t miqdoridagi gaz va aerozollarni chiqaradi. Temir yo‘l, dengiz, daryo va aviatsiya transporti ham atmosferani ifloslovchi manbalardir. Masalan, 1 ta reaktiv motorli uchg’ich 1000km masofaga uchishda bir odam bir yilda iste’mol qiladigan kislorodni sarflagan holda atmosferani ham ifloslaydi. Sanoat korxonalari ham atmosferani ifloslovchi ulkan manbalardir. Ayniqsa qora va rangli metallurgiya , sement sanoati , koks ishlab chiqarish va tog’-kon sanoati, neft va kimyo sanoatining ulushi atmosferani ifloslashda juda katta. Sanoat korxonalari atmosferaga chiqindilar bilan birgalikda turli kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan changlarni ,tutun, oltingugurt angidridi, uglerod birikmasi, ftor, azot, xlor va boshqa zararli moddalarni chiqaradi. Issiqlik elektr markazlari ham atmosferani ifloslaydigan katta miqdordagi zararli moddalarni ajratadi. Yoqilg’ining to‘liq yonmasligi sababli atmosferaga chala yongan yonilg’ining juda katta miqdordagi qattiq zarrachalari, kul, zararli gazlar (uglerod, oltingugurt azot birikmalari, qorakuya,tutun,chang va b.) chiqariladi Is gazi (CO) va oltingugurt ( SO2) gazi atmosferani ifloslovchi asosiy gazlardir. Is gazi atmosferaga tushadigan gazlarning 1/3 qismini, oltingugurt gazi esa 1/8 qismini tashkil etadi. Atmosferaga tushadigan gazlar va aerozollarning miqdori unga tabiiy manbalardan tushadigan miqdorga teng yoki ko‘proqdir. Keyingi 30-40 yil davomida atmosferaga chiqarilgan zararli gazlarning miqdori 3,5-4 baravar oshdi. Atmosferaga tashlanadigan is gazining 1/3 qismi tabiiy manbalarga va qolgan qismi esa antropogen manbalar bilan bog`liq. Antropogen manbalardan atmosferaga tushaddigan is gazining 80% i avtotransport vositalarining mahsulasidir. Chunki avtomobillar chiqaradigan gazlar tarkibida is gazining ulushi 5-6% ni tashkil etadi .Is gazi va uning atmosferadagi fotokimyoviy o‘zgarishlarining mahsulotlari juda zaharlidir. Hisoblarga qaraganda atmosferaga ha yili antropogen manbalardan 19-20 mlrd. t karbonat angidrid gazi, 350-400 mln. t is gazi, 1-2 mlrd. t aerozollar tushadi. Havoda oltingugurt gazining bo‘lishi sanoatda va turmushda tarkibida oltingugurt bo‘lgan yonilg’ilarni yoqish bilan bog’liq. Bundan tashqari metallurgiya sanoatida oltingugurt kislotasi va sulfatlar olishda,oltingugurtli dezinfeksiya (fran..des. dan, infikere buzish, yuqtirish) va dezinseksiya (lot.. insektum hashorat) mahsulotlarini ishlatishda,refrejeratorlarda (lotincha refrigerare- sovitmoq), neft mahsulotlarini tozalashda, rezina tayyorlashda,turli xil o‘g’itlar ishlab cniqarishda, domenna, koks yoritgich gazlarini olishda va boshqa sanoat jarayonlari tufayli ham havo oltingugurt gazi bilan ifloslanadi.Oltingugurt gazi bilan birgalikda oltingugurt angidridi SO3) ham tushadi. Havoda oltingugurt angidridi tezda oltingugurt kislotasining juda mayda tomchilariga aylanadi. Oltingugurt angidridining asosiy manbai mineral yonilg’ilarni yoqish hisoblanadi. Oltingugurtning atmosferani ifloslovchi boshqabirikmalari orasida oltingugurt uglerodi, oltingugurt vodorodi, merkantanlar (tiospirtlar) bor. Atmosferani ifloslovchi moddalar jumlasiga, shuningdek, erkin xlor, azot oksidlari, ammiak, uglevodorodlar, aerozollar va tutun kiradi.Xususan, sement ishlab chiqarishning hozirgi texnologiyasida uning 1/5 qismi (har yili110 mln.t dan ortiqroq) atmosferaga tushadi. Sanoat korxonalaridan atmosferaga chiqariladigan tutun va changlar tarkibida oltingugurt gazi vat emir oksididan tashqari surma, qo‘rg’oshin, mishyak (margumush), simob bug’lari(qora metallurgiya), mis, rux(rangli metallurgiya) kabi zaharli og’ir metallar ham bo‘ladi. Atmosferaga tushadigan vanadiyning 85% i, nikelning 77% i, kobal’tning 98% i, surmaning 80% I, selenning 50 % I yonilg’ining yoqilish manbalaridan chiqariladi. Avtomobillar chiqaradigan gazlar bilan birgalikda atmosferaga 250-380 ming. t qo‘rg’oshin chiqadi.Qo‘rg’oshin 1924 yildan buyon benzinga tetraetil qo‘rg’oshin ko‘rinishida qo‘shiladi va u antidetanator xizmatini o‘taydi. Kanadalik olimlar Grenlandiya oroli materik muzliklari namunalarida 1966 yilda qupg‘oshin REM dan 500 baravar kup ekanligini aniqladilar. 5-jadvalda Kanadalik olimlarning atmasferaga tushadigan zaharli metallarning miqdori tug‘risidagi ma‘lumotlari keltirilgan. 5-jadval Atmosferaga tushadigan ayrim metallarning miqdori
Download 30.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling