Atmosfera ta'sirida hosil bo'lgan yotqiziqlar Reja: Atmosfera va uning qavatlari to`g`risida tushuncha
Atmosfera havosining tarkibi va uning inson hayotidagi ahamiyati
Download 497.85 Kb.
|
Atmosfera ta\'sirida hosil bo\'lgan yotqiziqlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- A tmosfera ta’sirida hosil bo’lgan yotqiziqlar
Atmosfera havosining tarkibi va uning inson hayotidagi ahamiyati
Atmosferaning pastki – tirik mavjudotni bevosita o`rab turgan troposfera qatlamidagi havo tarkibi 78, 08% azot, 20,95% kislorod, 0,93 argon, 0,03% karbonat angidriddian tashkil topgan. Qolgan 0,001% ni inert gazlar – geliy, neon, kripton, ksenon, ozon, rodon va vodorod tashkil qiladi. Mana shunday tarkibdagi havo tabiiy havo hisoblanib, inson organizmi unga evolyutsion taraqqiyot davomida moslashib olgan. Atmosferaning tirik tabiat, shu jumladan inson hayoti uchun ahamiyoti beqiyos katta. Odam agar ovqatsiz haftalab, suvsiz bir necha kunlab yashayolsa, u havosiz bir necha daqiqagina, atmosferaning himoyasisiz esa – faqat bir necha soniyagina yashay oladi, xolos. Shuning uchun ham xalq orasida juda zarur bo`lgan narsani «havodek zarur» deb aytish odat tusiga kirib qolgan. Odamning bir sutkalik hayoti uchun 1 kg ovqat, 2l suv va 12 kg havo zarur. Bu havo hajm jihatidan 10 ming litrga teng bo`lib, unda 500l. kislorod mavjud. Mana shuning o`zi havoning inson uchun qanchalik ko`p miqdorda zarurligini ko`rsatib turibdi. Atmosferaning tarkibida bundan tashqari suv bug`lari va turli xildagi tabiiy chang zarrachalari mavjud–ki, bular yerdagi hayot uchun muhim himoya vositasidirlar. Agar bu chang zarrachalari o`z atrofiga suv bug`larini yopishtirib olmaganida (kondensatsiyalamaganida) yerdagi sutkalik harorat stabillashmagan, Yerning sirti kunduzi quyosh nuridan 100 0S gacha qizib ketar, tunda esa fazoviy jismlar haroratidan 100 0S gacha sovib ketar edi. Havo haroratining bunday 200 0S lik sutkaviy o`zgarishiga esa biror bir tirik organizm ham bardosh beraolmagan bo`lar edi. Keyingi tadqiqotlar ko`rsatishcha Venera sayyorasida haroratning sutkalik o`zgarishi 500 0S ni tashkil qiladi va demak, bu yerda hayot mavjudligi to`g`risida gap yurgizish qiyin. Atmosfera tarkibidagi chang va suv bug`i turli manbalardan chiqariladi. Mutaxassislarning fikricha havoga fazoviy jismlardan kelib qo`shiladigan tabiiy chang zarrachalarining yillik miqdori 1 mlrd. tonnadan ortiq. Bu tabiiy changdan tashqari atmosferaga ko`p miqdordagi chang va suv bug`i yer yuzidan ko`tariladi. Atmosferaga yer yuzidan ko`tariladigan suv bug`ining yillik miqdori 518600 km. kub bo`lib, uning 86% (447900 km. kub) dengiz va okeanlar sathidan, qolgan 14% (70700 km. kub) quruqlik yuzasidan bug`lanadi. Atmosferaga ko`tariladigan suv bug`ining miqdori shunchalik ko`pki, oddiy qilib aytganda, bu suv bilan Yer sharini 10 m. qalinlikda qoplash mumkin bo`ladi. Suv bug`iga qo`shilib havoga unda erigan tuzlar ham ko`tariladi. Havoga ko`tariladigan chang tarkibida ham tuzlar, bakteriyalar, achitqich zamburug`lari, o`simlik va hayvon qoldiqlarining chirishidan hosil bo`lgan boshqa organik moddalar mavjud. A tmosfera ta’sirida hosil bo’lgan yotqiziqlar Atmosferaning asosiy tarkibiy qismlari hisoblangan azot bilan kislorod o`rtasidagi nisbat, asosan, o`zgarmasdir. Lekin karbonat angidrid, ozon va suv bug`lari miqdori mintaqaviy va davriy ravishda o`zgarib turadi. Atmosferaning tarkibiy elementlari biogen ya'ni tabiiy yo`l bilan hosil bo`ladi. Azot mikroorganizmlarning faoliyati natijasida o`simlik va hayvon qoldiqlarining chirishidan hosil bo`ladi. U atmosferada erkin holda bo`lib, uning umumiy massasi 400 trillion tonnaga teng, ya'ni u havo tarkibining 3G`4 qismini tashkil qiladi. Azot, garchi lotincha «hayotsiz» degan ma'noni anglatsa, u aslida tiriklikning poydevori hisoblanadi. Chunki u oqsil va nuklein kislotalari tarkibiga kiradi. Atmosferadagi erkin azot kislorodning oksidlash jarayonini tezlashtiradi va bu bilan u biologik jarayonlarning amalga oshishida faol qatnashadi. Moddalarning biologik aylanib yurishi jarayonida bu gazning tabiiy muvozanati tiklanib turadi. Lekin keyingi yillarda kimyoviy o`g`itlar ishlab chiqarish maqsadida atmosferadagi erkin azotdan tobora ko`p foydalanilmoqda. 1960–61 yillarda bu maqsad uchun atmosferadan 13,6 mln.tonna azot ajratib olingan bo`lsa, 1970–71 yillarda bu miqdor 39 mln. tonnaga yetdi. Havodagi azot gazi o`zlashtirilishining bunday sur'atlar bilan davom etishi natijasida kelajakda uning sanoatdagi sarfi miqdori bakteriyalar faoliyati tufayli ajralib chiqadigan miqdordan oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Bu esa o`z navbatida biologik jarayonlar uchun zarur bo`lgan oksidlanishni sekinlashtirishi mumkin. Download 497.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling