Atmosfera yomgʻirlari


Download 0.61 Mb.
bet1/3
Sana22.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1382548
  1   2   3
Bog'liq
нщьпшк


Atmosfera yomgʻirlari – bulutlardan yogʻadigan yoki havoda suv buglarining kondensatlanishi natijasida yer yuzasiga va oʻsimliklar sirtiga tushadi-gan tomchi yoki muz holatidagi suv. Bulutlardan yomgʻir, qor, hoʻl qor va muz dona-chalari, doʻl va hokazo yogʻadi. Havodagi suv bugʻlaridan shudring, qirov, bulduruq va boshqa hosil boʻladi. Oʻta sovigan yomgir, tu-man yer yuzasida va narsalar ustida muz qatlamlari hosil qiladi. Atmosfera yomgʻirlari davom-li va oʻrtacha tezlikda, jala shaklida va mayda shivalab yogʻuvchi yomgʻirlarga aj-ratiladi. Davomli va oʻrtacha tezlikda yogʻuvchi Atmosfera yomgʻirlari qatlamli yomgʻir beruvchi va yuqori qatlam bulutlardan yogʻadi. Jala boʻlib yogadigan Atmosfera yomgʻirlari yomgʻirlitoʻp bulutlardan yirik tomchi yoki pagʻa-pagʻa qor, mayda muz donachalari, yezda esa doʻl sha-klida yogʻadi, tusatdan katta tezlik bilan boshlanib, tezda tuxtaydi, issiq davrda esa momaqaldiroq bilan birgalikda oʻtadi. Mayda shivalab yogʻuvchi Atmosfera yomgʻirlari qatlamli bulutlardan (ba’zan tumanlardan) mayda tomchi va tez eriydigan qor shaklida yogʻadi. Atmosfera yomgʻirlari meteorologik stansiyalarda yomgʻir oʻlchagich, yogin ulchagich va plyuvi-ograflar, katta maydonlarda esa radio-lokatorlar yorda-mida Ulchanadi. Yerga tushgan Atmosfera yomgʻirlari mikdo-ri suv balansini koʻrsatadigan mm bilan, jadalligi esa vaqt birligi (min., soat, sutka)dagi miqdori (mm) bilan ulchanadi. Atmosfera yomgʻirlari miqdori Oʻrta Osiyo hududi boʻylab gʻoyat notekis taqsimlanadi. Ularning yillik miqdori tekisliklarda oʻrtacha 100 – 200 mm, togʻ oldi va togʻli rayonlarda 500 – 1000 mm, ba’zan 1500 mm va undan koʻproq. Yomgʻirlar tekisliklarning katta qismida, togʻ oldi va ba’zi tomi rayonlarda yoz oylarida eng kam, bahor (mart – aprel) yoki kuz (oktabr – noyabr)da eng koʻp yogʻadi. Shimoliy va baland togli rayonlarda esa eng koʻp yomgʻirgarchilik aprel – may oylarida kuzatiladi. Yezda faqat togli rayonlardagina yomgʻirgarchilik boʻladi. Oʻrta Osiyoning yomgʻirlari kam tushadigan rayonlarida yoginlarning sut-kalik maksimum ekstremal miqdori 30 – 50 mm, yomgʻirgarchilik koʻp boʻladigan rayonlarda esa sutkalik maksimum miqdor 100 mm va undan koʻproq. Atmosfera yomgʻirlari kuzatila-digan kunlar soni bir yilda 40 – 200 oʻrtasida oʻzgarib turadi. Atmosfera yomgʻirlari qish – bahor davrida yerda tuproq nam zaxira-sini hosil qiladi, bu esa qishloq xoʻjaligida katta ahamiyatga ega. Atmosfera yomgʻirlari yetarli (yiliga 200 mm va undan koʻproq) boʻlgan sharoitlarda eqilgan ekin tabiiy nam hisobiga unib chikadi, natijada birinchi sugorishni keyinroqqa surish mumkin boʻladi.Hamid Abdullayev, Olga Subbotina.



yomg'ir nima
meteorologiaenred.com /what-is-the-rain.html
2021 yil 30 sentyabr


Biz qaerda ekanligimizga qarab tez-tez yoki tez-tez yomg'ir yog'ishiga o'rganib qolganmiz.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling