Atmosferani muhofaza qilish


Atmosferaning himoya faoliyati


Download 44 Kb.
bet2/3
Sana01.03.2023
Hajmi44 Kb.
#1242929
1   2   3
Bog'liq
132 Atmosferani muh

Atmosferaning himoya faoliyati. Yerdagi hayot koinot bilan bog’liq va doimo muhofazaga muhtoj. Atmosfera yerning kobig’I sifatida har qanday himoyaga tayyor. Maxsus adabiyotlardan ma’lumki, agarda koinotdan tushayotgan metiorit atmosferada yonib ketmaganda yerning har bir kv.km. ga har 3-4 kunda bittadan metiorit tushib turgan bo’lar edi. Quyosh yerga quvvat olib keladi, demak , hayotga imkon beradi. Lekin hayot uchun zarur bo’lgan quyosh quvvatining “o’lchamini” atmosfera belgilaydi. Agarda atmosfera bo’lmaganda quyosh yer yuzini kunduz kuni +100oC qizdirgan va kechasi esa – 100oC gacha sovitib, koinotda muz hosil qilar edi. Haroratni bir kecha-kunduz davomida 200oC o’zgarishi ko’pchilik mavjudodlarning yashashiga imkon bermaydi.
Hayot uchun atmosfera bosimi, tiniqligi, ya’ni quyoshning ko’rinadigan urtrabinafsha va infraqizil qismlarini o’tishi muhim ahamiyatga ega. Yerda hayot atmosferasiz, suvsiz mineral moddalar, mikroelementlar va boshqa-larsiz mumkin emas. Odam ovqatsiz bir necha hafta, suvsiz bir necha kun, havosiz esa 1-2 minut, atmosfera bosimisiz bir necha sekund yashay oladi. Inson, boshqa mavjudotlar uchun har minutda toza havo zarur. Havoning tozaligini himoya qilish yangi masala emas, u sanoat transportining rivoj-lanishi bilan bir vaqtda kelib chiqqan.
Atmosferahavosining ifloslanish manbalari. Havoning tabiiy iflosla-nishi sayoramizdagi 500 dan ortiq vulqonlar, changli bo’ronlar faoliyati natijasida ro’y beradi. Ayrim hollarda bo’ronlar, tuproqning ustki unumdor qatlamini uchirib ketadi. Qum va chang havoni xiralashtiradi. Inson va hayvonlarning nafas olish yo’llariga, ko’zlarining shilliq qavatiga kirib zararlaydi, hayvonlarning junlarini ifloslaydi. Shang havoda juda ko’p mikroblar bo’lib , ularning orasida kasal qo’zg’atuvchilari ham kam emas. Ayrim tumanlarda ommaviy ravishda turli gazandalar ko’payadi. Gazan-dalar Shimoliy Amerikada, Sibir, Uzoq Sharqning tundra, taiga hududlari-da, Dunay daryosi soxillarida ko’p tarqalgan.
Atmosferaning iflos bo’lishi manbalaridan eng xavflilari kelib chiqi-shiga ko’ra, antropogenlar hisoblanadi. Ayniqsa, sanoat va shahar chiqin-dilari juda zararli. Ularning yillik miqdori o’ta yuqori. Har yili atmosfera 150 mln. Tonna oltingugurt oksidi, 60 mln tonna azot, 300 ming tonna qo’rg’oshin va boshqa chiqindilar tarqaladi. Inson faoliyati natijasida atmosfera ifloslanadi. Masalan, 1987 yil atmosferada 22 mlrd. Tonna karbonat angidrid ajratilgan. Shunday AQSHda 23%, MDH 19%, G’arbiy Ovrupoda 13,5%, Xitoyda 8,7% qolgan boshqa davlatlarda 28% tarqalgan. CO2 gazining asosiy qismi 45% ko’mirni, 40 % neftni va 15% esa gazni yoqish hisobiga bo’ladi.
Atmosferaning ifloslanishi shartli ravishda mexanik va kimyoviy ifloslanishga bo’linadi. Mexanik ifloslanish- bu sement zavodlari chiqin-dilari, ko’mir yoqishdan chiqgan tugunlar, neftning yonishi, rezinkali g’ildiriraklarning yeyilishi va boshqalar. Kimyoviy ifloslanish changsi-mon, gazsimon, kimyoviy reaksiyaga kirishadigan moddalar. Kimyoviy ifloslanishda birinchi o’rinda oltingugurt gazi turadi. Avtomobillar (CO) is gazi, azot ikki oksidi (NO2) ajratadi. Ular inson salomatligiga yomon ta’sir qiladi. Atmosferaning radioktiv moddalar bilan mexanik ifloslanishi quyosh nuri o’tishini kamaytiradi, ya’ni albedani nurni qatib ketishini ko’paytiradi.

Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling