Bir kishi o’rtacha bir sutkada 25 kg havo bilan nafas oladi. Natijada havo tarkibidagi zararli changlar, qurum va gazlar organizmda to’planaveradi. Bu esa, sekin-asta inson organizmining zaiflashuviga olib keladi va oqibatda organizm turli infeksiyalarga etarli darajada qarshilik ko’rsatish qobiliyatini yo’qotadi. Bularning barchasini alohida misollarda ko’rib chiqamiz. - Bir kishi o’rtacha bir sutkada 25 kg havo bilan nafas oladi. Natijada havo tarkibidagi zararli changlar, qurum va gazlar organizmda to’planaveradi. Bu esa, sekin-asta inson organizmining zaiflashuviga olib keladi va oqibatda organizm turli infeksiyalarga etarli darajada qarshilik ko’rsatish qobiliyatini yo’qotadi. Bularning barchasini alohida misollarda ko’rib chiqamiz.
- Oltingugurt oksidi SO2. Rangsiz, o’tkir hidli gaz bo’lib, uning ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiya (RECHK o’r.sut.)si 0,05 mg/ m3 ni tashkil yetadi. Agar uning miqdori 0,13, 0,3 va 0,8 mg/ m2 ni tashkil etsa, aholi o’rtasida surunkali astma kasalligi mos ravishda 13, 18 va 26% ga oshib ketishi mumkin. Agar atmosfera havosi tarkibida SO2 uning RECHK sidan ko’proq to’planib qolsa, bronxit, o’pka yallig’lanishi, jigar-qon bosimining oshishiga va ko’z kasalliklariga sabab bo’ladi. CHunki havo tarkibidagi SO2 suv bilan reaksiyaga kirishib kuchsiz sulfat kislotasi hosil qiladi va u ko’zlardagi shilliq pardalarni kuydiradi. Natijada ko’z qizil rangli bo’lib qoladi.
Uglerod oksidi SO. Rangsiz va hidsiz gaz bo’lib, uning RECHKsi 3 mg/ m3 ni tashkil yetadi. Uglerod oksidinint havoda ko’payishi natajasida organizmda gemoglobin kamayadi, yurak, qon tomir tizimlari buziladi, skleroz kasalligi ko’payadi, bosh aylanadi, yurakning ishlashi tezlashib, uyqu buziladi, kishi tajang bo’lib qoladi. Uglerod oksidi bilan zaharlanishning birinchi belgisi bosh og’rig’ining paydo bo’lishidir. Agar havo tarkibida SO dan tashqari azot oksidi ham mavjud bo’lsa, unda SO ning zaharliligi yanada oshadi. Bunday holatlarda SO konsentrasiyasini 1,5 marotaba kamaytirish kerak. - Uglerod oksidi SO. Rangsiz va hidsiz gaz bo’lib, uning RECHKsi 3 mg/ m3 ni tashkil yetadi. Uglerod oksidinint havoda ko’payishi natajasida organizmda gemoglobin kamayadi, yurak, qon tomir tizimlari buziladi, skleroz kasalligi ko’payadi, bosh aylanadi, yurakning ishlashi tezlashib, uyqu buziladi, kishi tajang bo’lib qoladi. Uglerod oksidi bilan zaharlanishning birinchi belgisi bosh og’rig’ining paydo bo’lishidir. Agar havo tarkibida SO dan tashqari azot oksidi ham mavjud bo’lsa, unda SO ning zaharliligi yanada oshadi. Bunday holatlarda SO konsentrasiyasini 1,5 marotaba kamaytirish kerak.
- Azot oksidi NO (NO, NO2, NO5, N2O3, N2O4). Atmosfera havosiga asosan azot dioksidi NO2 chiqariladi. Bu rangsiz va hidsiz zaharli gaz bo’lib, nafas olish yo’llariga kuchli ta’sir yetadi. Uning havodagi RECHKsi 0,04 mg/m3 ni tashkil yetadi.
- SHaharlardagi havo tarkibidaga azot oksidi nihoyat xavfli hisoblanadi, chunki u chiqindi gazlar bilan reaksiyaga kirishib, fotokimyoviy tuman, ya’ni smogni vujudga keltiradi. Odatda turli zararli gazlar va changlardan tarkib topgan quyuk tumanlar smog deyiladi. Azot oksidlarining inson organizmiga ko’rsatadigan ta’siri engil yo’talning paydo bo’lishi bilan boshlanadi. Azot oksidlarining yuqori konsentrasiyalari ta’sirida kuchli yo’tal, bosh og’rishi va qo’sish paydo bo’ladi. Azot oksidlari namlik yuzaning shilliq pardalari bilan to’qnashib, azot kislotalari (HNO3 va HNO2)ni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Ular o’pkaga kuchli ta’sir yetadi. Bundan tashqari, ozon qobig’ining yemirilishi ham asosan azot oksidlari ta’sirida ro’y bermoqda:
Do'stlaringiz bilan baham: |