Atom elektr stansiyasi


Dunyoda nechta AES bor va bu borada yetakchi kim?


Download 0.51 Mb.
bet3/3
Sana15.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1093606
1   2   3
Bog'liq
asal.atom stansiya

Dunyoda nechta AES bor va bu borada yetakchi kim?
2017 yil 1 fevral holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 31ta davlat atom elektr stansiyasiga ega bo‘lib, jami 191ta AES faoliyat ko‘rsatmoqda va reaktorlar soni 451tani tashkil etadi.Aksariyat atom elektr stansiyalari Yevropa, Shimoliy Amerika, Janubi-Sharqiy Osiyo va sobiq SSSR hududida joylashgan. AESlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda AQSh turadi – 60ta AES, reaktorlar soni 100ta.
Keyingi o‘rinlarni quyidagi mamlakatlar egallaydi: Fransiya – 19ta AES, 58 reaktor,
Yaponiya – 17ta AES, 43 reaktor, Xitoy – 13ta AES, 36 reaktor, Rossiya – 10ta AES, 36 reaktor, Buyuk Britaniya – 7ta AES, 15 reaktor.
Yangi AESlar qurish bo‘yicha Rossiya, Hindiston va Xitoy yetakchilik qilmoqda.Ayrim davlatlarda elektr energiyasi ishlab chiqarishda AESlarning ulushi yuqori bo‘lib, 12 mamlakatda bu ulush 30 foizdan oshadi. Shu bilan birga, ayrim davlatlarda AESlar faoliyati to‘xtatilgan. Masalan Italiya o‘z hududidagi barcha AESlarni yopgan. Belgiya, Germaniya, Ispaniya, Shveytsariya yadroviy energetikadan voz kechish bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan siyosatni amalga oshirmoqda. Niderlandiya, Tayvan, Shvetsiya atom energetikasidan voz kechishni rejalashtirgandi, ammo hozircha buni amalga oshirish ortga surilgan.
XULOSA
Hozirgi kunda yer yuzidagi 30 mamlakatda atom elektrostansiyalari bo‘lib, ular umumiy iste’mol qilinadigan elektroenergiyaning 17 % ni ishlab chiqadi. • Yer yuzidagi atom elektrostansiyalarining o‘rnatilgan quvvati 360 GVt ni tashkil qiladi. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar – AQShda 98 GVt, Fransiyada 63 GVt, Yaponiyada 44 GVt, Angliyada 13 GVt, Rossiyada 20 GVt va Germaniyada 22 GVt elektroenergiya ishlab chiqiladi. • Xalqaro MAGATE tashkilotining ma’lumotiga qaraganda AESlar uchun yadro yoqilg‘isi zahiralari hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Yadro yoqilg‘isi xom ashyosi - boyitilgan uranning zahiralari dunyodagi barcha AESlarni 3000 yil to‘xtovsiz ishlashiga yetadi. • Dunyodagi 50 mamlakatda uran rudasi resurslari mavjud, ammo uni faqatgina 25 mamlakat ishlab chiqaradi. Uran qazib olish bo‘yicha Kanada (yiliga 8500 tonna), Avstraliya (6500 tonna), Namibiya va Nigeriya (har qaysisi 2900 tonnadan) hamda Rossiya (2600 tonna) mamlakatlari yetakchi o‘rinlarni egallaydilar. Uran xomashyosini qazib olish uchun 1 kg ga 40 dollar xarajat qilinadigan dunyo zahiralari 1,32 mln.tonnani tashkil qilsa, 1 kg ga 130 dollar xarajat qilinadigan zahiralar 4 mln. tonnani tashkil qiladi. Dunyodagi barcha AESlarni ishlashi uchun 64 ming tonna uran talab qilinadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling