Atom fizikasi
Ishning bajarilish tartibi
Download 0.6 Mb.
|
2 5321212257789546284
Ishning bajarilish tartibi
1) Optik pirometr ishga tayyorlandi. Buning uchun pirometr nayining tagida joylashgan reostat jilg’ichining halqasi chapdagi eng chetdagi eng chetki vaziyatga buriladi. Pirometr lampasiga tok beriladi va lampa tolasi 3 okulyar orqali kuzatib turib, reostat halqasi soat strelkasi yo’nalishida, pirometrik lampa tolasining sirtmog’i qip-qizil bo’lib cho’g’languncha asta-sekin aylantiriladi. Asbobning 3 okulyarini bo’ylama siljitib, kuzatuvchi tolani ko’z yordamida fokuslaydi. So’ngra qurilmaning boshqa qismlari o’lchashga tayyorlanayotgan paytda cho’g’lanish tolasining zanjiri kalit yordamida uzib qo’yiladi. 2) Tekshirilayotgan L1 lampa tok manbaiga ulanadi va uning zanjiriga ulangan ampermetr va volьtmetrlar yordamida L1 lampaning cho’g’lanma spiral shaklidagi tolasiga berilayotgan J tok kuchi va U kuchlanish qiymati o’lchanadi. 3) L1 lampa spiraliga pirometr to’g’rilanadi va pirometrning 1-ob’ektivini siljitib, L1 lampaning spirali pirometr trubasining okulyarida aniq ko’ringuncha fokuslanadi. SHundan so’ng pirometrning L2 lampasi manbaga qaytadan ulanadi. 4) L1 lampadagi tok kuchining har bir o’rnatilgan qiymati uchun shu lampa spiralining harorati pirometr yordamida o’lchanadi. Buning uchun L2 pirometrik lampa tolasining cho’g’lanish tekshirilayotgan L1 lampa spiralining fonida tola tasviri g’oyib bo’lguncha o’zgartirib turiladi. SHu sharoitda L1 lampa tolasining harorati pirometrning A milliampremetri bo’yicha 100 aniqlikda hisoblanadi. Haroratni har bir safar pirometr lampsi tolasining cho’g’lanishini o’zgartirib va tolaning g’oyib bo’lish sharoitini qaytadan topib, kamida 3 marta o’lchash kerak. 5) Har bir o’lchangan harorat qiymati uchun (13) va (16) formulalar asosida Stefan-Bolьtsman doimiysining qiymatlari hisoblanadi va uning o’rtacha qiymati bilan xatoligi topiladi. O’lchashlarni L1 ning turli harorati uchun kamida 10 marta takrorlash lozim.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling