"Atom odatlari" kitobiga taqriz
Download 16.61 Kb.
|
taqriz
“Atom odatlari” kitobiga taqriz Yetakchi ekspertlardan biri Jeyms Klir «Atom odatlar» kitobi orqali yaxshi odatlarni kasb qilish, yomonlaridan halos bo‘lish va katta natijalarga olib boruvchi mayda odatlarni qanday egallashni o‘rgatadi. Agar o‘rgangan fe'l-atvoringizni o‘zgartirish qiyin kechsa, muammo o‘zingizda emas. Yomon odatlar ularni o‘zgartirishni istamaganingizdan emas, balki noto‘g‘ri o‘zgarishlarga amal qilayotganingiz uchun ham yo‘qolmaydi. Muallif yomon odatlardan butkul halos bo‘lib, faqat yaxshi odatlar bilan qolishga yordam beradigan ushbu qo‘llanmani yozishda biologiya, psixologiya va nevrologiyaning eng oxirgi kashfiyotlariga tayangan. “Boy ota, kambag‘al ota” — dunyodagi eng mashhur moliyaviy savodxonlik haqidagi kitoblaridan biri hisoblanadi. Uning muallifi Robert Kiyosaki millionlab odamlarning pul haqidagi fikrini o‘zgartirgan. Investor, tadbirkor va yozuvchi aktiv va majburiyat, qashshoqlik va bankrotlik o‘rtasidagi farq haqida gapirib, ikki otani taqqoslaydi: o‘z otasi, o‘qimishli, ammo moliyaviy jihatdan muhtoj professor va do‘stining otasi, moliyaviy farovonlikka erishgan, muvaffaqiyatli, aqlli va moliyaviy savodxon odam. “Boy ota, kambag‘al ota” kitobi 109 dan ortiq mamlakatda sotilgan va olti yildan beri New York Times’ning bestsellerlari ro‘yxatida yetakchilik qiladi. Nega buxgalterlar va moliyachilar har kuni pul bilan ishlashsa ham boy emas? Pulni hisoblash qobiliyati va moliyaviy savodxonlik o‘rtasida katta farq bor, bu na bolalarga, na kattalarga o‘rgatilmaydi. Moliyaviy savodxonlik hatto eng qiyin iqtisodiy vaziyatlar va inqirozlarda ham vaziyat hamda bozorni tushunish va nazorat qilishda yordam beradi. Boylarning mardligi, azm-u shijoati, eng avvalo, ogohlikka asoslanadi. Bilim, tahlil qilish va investitsiya qilish qobiliyati moliyani malakali boshqarishda foyda keltiradi va boyligingizni ko‘paytirishga yordam beradi. Download 16.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling