Atom tuzilishi-1
Download 152.64 Kb.
|
davriy sis, atom tuzi naz
N3 Takrorlash
1. Gruppalarda yuqoridan pastga qarab elementlarni xossalari qanday o’zgaradi(I-IV guruhlar)? 1) atom og‘irligi ortadi; 2) solishtirma og‘irligi ortadi; 3) qaynash va suyuqlanish temperaturasi kamayadi; 4) yadro zaryadi ortadi; 5) atom radiusi ortadi; A) 1,2,5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,4,5 D) 4 2. Yadroning zaryadi nimalarni belgilab beradi? 1) atomni elektron qobig‘idagi elektronlar sonini; 2) elektron qavatni tuzilishini; 3) elementni barcha xossalarini; 4) davriy sistemadagi o‘rnini; A) 1,2,4 B) 2,3 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4 3. Atom bo‘linmas zarracha degan tasavvur nima(lar) ni o‘rganishga to‘sqinlik qilib keldi? A) davriy sistemani yaratish va sistemalash B) elementlar atom og’irligini o’rganish C) elementlat tarqalish joyini aniqlash D) atomni tabiatini va uning tuzilishini 4. Yadro atrofidagi elektronning bo‘lish ehtimolligi eng katta bo‘lgan fazo nima deyiladi? A) kvant son B) yacheyka C) orbital D) qobiqcha 5. Atomning M energetik pog‘onasi nechta elektron joylashadi? A) 32 B) 54 C) 18 D) 72 6. Atomning P energetik pog‘onasi nechta elektron joylashadi (nazariy jihatdan)? A) 32 B) 54 C) 98 D) 72 7. Bosh kvant soni n = 1 ga teng bo’lsa, qavat qanday belgilanadi? A) K B) L C) N D) M 8. Bosh kvant soni n = 4 ga teng bo’lsa, qavat qanday belgilanadi? A) K B) L C) N D) M 9. Bosh kvant soni n = 7 ga teng bo’lsa, qavat qanday belgilanadi? A) O B) P C) Q D) R 10. Atomning R energetik pog‘onasi nechta elektron joylashadi(nazariy jihatdan)? A) 128 B) 162 C) 98 D) 72 11. Atom tuzilishining yadro modelini taklif qilgan olim? A) J.Dalton B) E. Rezerford C) N.Bor D) D.D. Ivanenko 12. Yadroning o‘lchami nechaga yaqin? A) 10–8 sm B) 10-18sm C) 10-8 nm D) 10-18 nm 13. Atomdagi musbat nuklon? A) neytron B) pozitron C) proton D) elektron 14. Qaysi zarracha massa va zaryadi birga teng (ishorasini inobatga olmang) A) neytron B) positron C) proton D) elektron 15. Quyidagilar nechtasi zaryadi- “+1”? Proton, elektron, pozitron, neytron, foton(hν), gamma(γ) A) 2 B) 3 C) 1 D) 4 16. Proton bilan neytronlarni yadroda tutib turuvchi kuchlar nima deyiladi? A) massa deffekti B) yadro kuchlari C) Van Der Vals kuchlari D) butun olam tortishish kuchlari 17. Bitta elementning yadro zaryadlari bir xil, lekin massa sonlari turlicha bo‘lgan atomlar turlari. A) izotop B) izoton C) izobar D) izoelektron 18. 4018Ar, 4019K, 4020Ca elementlar…? A) izotop B) izoton C) izobar D) izoelektron 19. Xlor izotoplarining tabiatda tarqalganlik darajasi tabiiy xlorning 75,4% massa soni 35 bo‘lgan izotopdan va 24% massa soni 37 bo‘lgan izotopdan iborat bo’lsa, xlorni o‘rtacha atom massasini aniqlang. A) 35,65 B) 34,45 C) 35,45 D) 34,95 20. Qaysi kimyogarlar kimyoviy elementlar klassifikatsiyalarining turli variantlarini taklif etdilar? 1) nemis olimi I. Debereyner; 2) nemis olimi L. Meyer; 3) ingliz J. Nyulends; 4) fransuz A. Shankurtua A) barchasi B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 1,3,4 21. D.I. Mendeleyev davriy sistemani yaratishidan oldin tartib raqami 6 va nisbiy atom massasi 13,5 bo’lgan element qaysi edi? A) C B) B C) F D) Be 22. D.I. Mendeleyev har qaysi elementning xossasini qanday qilib aniqladi? A) atom analoglarining xossalariga asoslanib B) atom gomologlarining xossalariga asoslanib C) yadro zaryadlariga asoslanib D) atom massalariga asoslanib 23. 1879-yilda Nilson kashf etgan element? A) Sc B) Ge C) Ga D) Re 24. Davriy sistemasining ikkinchi varianti qanday bo’lgan? A) D.I. Mendeleyev 1870-yil, dekabr oyida uzun shakldagi varianti edi. Bu variantda davrlar qatorlarga, gruppalar esa (bosh va yonaki) gruppachalarga bo‘lingan edi B) D.I. Mendeleyev 1870-yil, dekabr oyida qisqa shakli varianti edi. Bu variantda davrlar qatorlarga, gruppalar esa (bosh va yonaki) gruppachalarga bo‘lingan edi C) D.I. Mendeleyev 1869-yil 1-martda taklif etgan uzun shakldagi varianti edi. Bu variantda har bir davr bitta qatorda joylashtirilgan D) D.I. Mendeleyev 1869-yil 1-martda taklif etgan qisqa shakldagi varianti edi. Bu variantda har bir davr bitta qatorda joylashtirilgan 25. Qayidagilar qaysi biri kichik davr? A) I, II B) I C) I,III D) I,II,III 26. II va III davrda nechta element bor? A) 2 B) 8 C) 18 D) 32 27. Qaysi davr elementlarini D.I. Mendeleyev tipik elementlar deb atadi? A) II, III B) I,II C) I, III D) II,IV 28. Aktiniyning oksidlanish darajasi nechaga teng? A) +1 B) +1; +3 C) +2; +3 D) +3 29. Gruppaning raqami nima bilan bog’liq? A) atom radiusi B) yadro zaryadi C) oksidlanish darajasi D) elektron tuzilish 30. VIII gruppa elementlaridan qaysilari + 8 oksidlanish darajasini namoyon qiladi? A) Os, Pt, Xe B) Os, Ru, Xe C) Os, Ru, Kr, Xe D) Os, Pt, Pd, Ru, Rh, Xe, Kr 31. Atom tuzilishi modelida elektronlarni yadro atrofida tekislik bo‘ylab harakat qilayotgan zarracha deb qaralgan faraz muallifi. A) J.Dalton B) E. Rezerford C) N.Bor D) D.D. Ivanenko 32. Qaysi zarracha oqimi difraksiya va interferensiya xususiyatli? A) proton B) neytron C) elektron D) gamma 33. Atomni hozirgi zamon modellariga ko‘ra, atomda elektronning holati nima bilan aniqlanadi? A) kvant sonlar B) noaniqlik prinsipi C) bosh kvant son D) bosh va orbital kvant son 34. Qiymatlari 0,1,2,3,4… ga ega kvant son? A) yonaki B) spin C) magnit D) bosh 35. l = 1 bo‘lsa, atom orbital qanday shakliga ega bo‘ladi? A) shar (s-orbital) B) gantel (p-orbital) C) d-orbital D) f-orbital 36. Qiymatlari -1,0,+1,… ga ega kvant son? A) yonaki B) spin C) magnit D) bosh 37. Qaysi olimlarni Mendeleyev «Davriy qonunni haqiqiy tasdiqlovchilari» deb atadi? 1) Lekok de Buabodran; 2) Nilson; 3)Vinkler; 4) Noddaklar A) 1,2 B) 2,3 C) 1,2,4 D) 1,2,3 38. Agar nisbiy atom massa birligi sifatida uglerod absolyut massasining 1/12 qismi emas, 2/x qismi olinsa, kalsiyning NAM qiymati 5 ga teng bo’ladi, “x” ni aniqlang. A) 2 B) 3 C) 4 D) 6 39. Agar nisbiy atom massa birligi sifatida uglerod absolyut massasining 1/12 qismi emas, 3/4 qismi olinsa, berilliyning NAM qiymati nechaga teng bo’ladi? A) 1 B) 3 C) 27 D) 81 40. Moddani tarkibini tekshirish uchun amalga oshiriladigan parchalash jarayoni-? A) sintez B) sifat analiz C) miqdor analiz D) analiz 41. Lavuazye va Laplas qonuni ‒ …? A) reaksiyalarning issiqlik effekti boshlang'ich moddalar bilan hosil bo'lgan mahsulotlarning tabiatiga bog‘liq bo‘lib, reaksiyaning oraliq bosqichlariga taalluqli emas B) har qanday murakkab moddaning oddiy moddalarga qadar parchalanish issiqligi uning hosil bo‘lish issiqligiga teng emas, ishorasi qarama-qarshi tarzda ifodalanishi C) Oddiy moddalardan 1 mol murakkab moddaning hosil bo‘lishida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori D) har qanday murakkab moddaning oddiy moddalarga qadar parchalanish issiqligi uning hosil bo‘lish issiqligiga teng bo‘lib, ishorasi qarama-qarshi tarzda ifodalanishi 42. Atomda elektronlar holatini belgilovchi eng muhim qoida qaysi? A) Pauli prinsipi B) Xund qoidasi C) enegriya minimumlik prinsipi D) Klechkovskiy qoidasi 43. Atomda energetik holatlarning elektronlar bilan to‘lib borish tartibini qaysi qoidaga asoslanadi? A) Pauli prinsipi B) Xund qoidasi C) enegriya minimumlik prinsipi D) Klechkovskiy qoidasi 44. energiyalari bir xil bo‘lgan orbital larda elektronlar shunday tartibda joylashadiki, natijada spinlar yig‘indisi maksimal qiymatga ega bo‘ladi. Qaysi olim qoidasida ko’rish mumkin? A) Pauli prinsipi B) Xund qoidasi C) Bor postulati D) Klechkovskiy qoidasi 45. Xund qoidasiga ko’ra 1s22s22px22py12pz1 elektron konfiguratsiya qaysi elementga taalluqli? A) С B) N C) O D) F 46. Yarim yemirilish davri – …? A) radioaktiv element atomlarining oxirgi miqdori ikki marta kamayishi uchun ketgan vaqt B) radioaktiv element atomlarining dastlabki miqdori ikki marta kamayishi uchun ketgan vaqt C) radioaktiv element atomlarining dastlabki miqdori uch marta kamayishi uchun ketgan vaqt D) radioaktiv element atomlarining oxirgi miqdori uch marta kamayishi uchun ketgan vaqt 47. Yadro reaksiyalarning tenglamalarini yozish qaysi qonunlarga asoslangan? A) massa va zaryadning saqlanish qonunlariga. B) massa saqlanish qonuniga C) massalar ta’sir qonuniga D) neytronlar tengligi qoidasiga 48. 1865-yilda J.Nyulends oktavalar qonunini taklif qilishda elementlar nimasiga asoslandi? A) atom massa B) yadro zaryad C) tartib raqam D) ekvivalentiga 49. Davrlarda chapdan o‘ngga o‘tish bilan xossalar qanday o’zgaradi? 1) yadro zaryadi va atom og‘irligi ortadi; 2) atom radiusi kamayadi; 3) metallik xossasi kamayadi; 4) elektron berishi kamayadi; 5) metallmaslik xossasi kuchayib boradi; 6) kislorodga nisbatan valentligi ortib boradi; 7) IV gruppadan boshlab, bosh gruppa elementlari uchuvchan vodorodli birikmalar hosil qiladi: RH4, RH3, RH2, RH. A) barchasi B) 1,2,3 C) 3,4,5 D) 1,5,7 50. Mendeleyev davriy qonunni kashf etishda elementlarning nimalariga e’tibor berdi? 1) atom og‘irlik qiymatlari; 2) kimyoviy xossalariga; 3) fizik xossalariga; 4) yadro zaryadiga; A) barchasi B) 1,2,3 C) 1,2 D) 2,3 51. Tashqi pog‘ona elektronlari nima uchun yadro bilan bo‘sh bog‘langan? A) energiya zapasi eng kam bo‘lgani uchun B) energiya zapasi eng ko‘p bo‘lgani uchun C) yadrodan uzoqda joylashgani uchun D) electron zichligi kattaligi uchun 52. Atomdagi elektron qavatlar soni nimaga teng? A) element yadro zaryadiga B) element turgan davr raqamiga C) element turgan guruh raqamiga D) element turgan qator raqamiga Download 152.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling