Atom tuzilishi


ATOM TUZILISHINING YADRO NAZARIYASI


Download 261 Kb.
bet4/8
Sana05.01.2022
Hajmi261 Kb.
#204111
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
skachat.uz Atom-tuzilishi

2. ATOM TUZILISHINING YADRO NAZARIYASI.

Atom tarkibining musbat zaryadli qismini ingliz olimi E. Rezerford x – zarrachalarning tarqalishini o’rganish natijasida kashf etdi. Rezerford x – zarrachalar oqimi yupqa metall plastinkaga yo’naltirilsa, ularning ko’p qismi metall plastinka orqali o’tib, o’zining to’g’ri chiziqli harakatini o’zgartirmasligini aniqladi; x – zarrachalarning faqat bir qismigina harakatini dastlabki yo’nalishidan turli burchaklarga og’adi (2 – rasmga qarang). Ba‘zi juda kamdan kam hollarda yo’nalishini bunday keskin o’zgartirishini shu bilan izohlash mumkinki ular atom ichida uning musbat zaryadli va x – zarrachaga qaraganda katta massali tarkibiy qismi bilan to’qnashadi. x – zarrachalar juda ko’p atomlar o’tishiga qaramay, ulardan faqat ozginasi o’zining to’g’ri chiziqli harakatidan og’adi. Bundan atom tarkibining musbat zaryadli qismi atom hajmiga nisbatan juda kichik bir hajmini ishg’ol qiladi degan xulosa chikadi.



Rezerford 1911 yilda atom tuzilishining yadro nazariyasini taklif qildi. Bu nazariyaga muvofiq atom markazida musbat zaryadli yadro joylashgan bo’lib, uning atrofida eletronlar aylanib yuradi. Butun atom elektroneytraldir, chunki elektronlar zaryadining yigindisi yadroning musbat zaryadlari soniga teng. Elektronlar massasi juda kichik, demak hakikatda atomning barcha massasi uning yadrosida to’plangan. Musbat yadro bilan elektronlar orasida tortilish kuchi elektronlarning markazdan qochish kuchi bilan muvozanatda bo’ladi:

bu yerda m-elektron massasi;

v-elektron tezligi;

e-zaryadi;

r – yadro bilan elektron orasidagi masofa.


Download 261 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling