Atom yadrosini tuzulishi


Bosh kvant soni, orbitallarning turi va soni hamda qobiqcha va kobiqlardagi


Download 56.45 Kb.
bet7/7
Sana24.12.2022
Hajmi56.45 Kb.
#1058799
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ATOM YADROSINI TUZULISHI 22

Bosh kvant soni, orbitallarning turi va soni hamda qobiqcha va kobiqlardagi
elektronlarning maksimal soni.
Har qaysi orbitalda ko’pi bilan ikkita elektron bo’lishi mumkin – Pauli printsipi.  Agar orbitalda bitta elektron bo’lsa, u juftlashmagan elektron, agar ikkita bo’lsa – juftlashgan elektron deyiladi. Pauli printsipi N = 2n2 formulani tushuntirib beradi. Haqiqatdan ham, agar masalan uchinchi qobiqda (n = 3) 32 = 9 orbital, har qaysi orbitalda esa 2 tadan elektron bo’lsa, u holda elektronlarning maksimal soni 2 · 32 = 18 bo’ladi.
To’rtta qobiq uchun bosh kvant soni n ning qobiqchalar soni, orbitallarning turi va soni hamda qobiqcha va qobiqdagi elektronlarning maksimal soni bilan bog’liqligi ko’rsatilgan; energetik qobiqlarning qobiqchalarga bo’linish sxemasi berilgan. Jadvalda ko’rinib turibdiki, atomdagi elektronlarni tasvirlash uchun elektron qobiqning raqamini va orbitallarning turlarini bilish lozim. Turli xil orbitallarning (bulutlarning) shaklini bilish muhim. Bu molekulalarning strukturasini o’rganishda kerak bo’ladi.
Nazariy ma‘lumotlarga muvofiq s – orbital sferik simmetriyali, ya‘ni shar shaklida bo’ladi. Bunda vodorod atomining orbitali, n =1 misol bo’la oladi. (III. 3- rasm). Bunday orbital s – orbital deyiladi. s – orbitaldagi elektron s elektron deyiladi. Energetik qobiqda (N = 2) to’rtta orbital bo’ladi, ulardan bittasi sferik simmetriyaga ega. U 2s – orbital deyiladi. 2s – elektronning energiyasi ancha ko’p, shu sababli yadrodan 1s – elektronga qaraganda uzoqroq masofada bo’ladi. Umuman n ning har qaysi qiymati uchun bitta sferik simmetrik orbital bo’ladi.
R – orbital gantel yoki hajmiy sakkizlik shaklida bo’ladi. Atomda uchala р – orbitallar o’zaro perpenduklyar joylashgan. Ular fazoviy koordinatalarning o’qlari bo’ylab yo’nalgan, shu sababli ularning ko’pincha рх, ру va рz – orbitallar deb belgilanadi. Bunday belgilash р – orbitallarning fazoda qanday yo’nalganligini ko’rsatadi. Agar рх – orbital x o’qi yo’nalishida joylashgan bo’lsa, u holda рх – elektronning x o’qi yaqinida joylashish ehtimolligi eng ko’p bo’ladi. ру va рz orbitallar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.
SHuni ta‘kidlab o’tish kerakki, n = 2 dan boshlab har qaysi energetik qobiqda uchta р orbital bo’ladi. n kattalashishi bilan elektronlar yadrodan uzoqroqda joylashgan р – orbitallarni egallaydi, lekin x, у, z o’qlari bo’ylab yo’nalish doimo saqlanib qoladi.
d – orbital (beshta) va f – orbitallarning (ular yettita) shakli р – orbitallarnikiga qaraganda ham murakkabroq bo’ladi.

Atom, elektron, radioaktivlik hodisasi, alfa - nurlar, beta - nurlar, gamma – nurlar, atom tuzilishining yadro nazariyasi, yadro reaktsiyalari, proton, neytron, proton – neytron nazariyasi, nuklonlar.
Download 56.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling