Atom yadrosining tarkibi va tuzlishi
Download 251.42 Kb.
|
dtm
Yadro reaksiyalari. suniy radioaktivlik. Yadro reaksiyasi deb, ikki zarracha yoki yadro yoki yadro va zarrachalar o`zaro tasirlanshishi natijasida ular ichki holatlarining o`zgarishi yoki boshqa yadrolarga aylanishiga aytiladi.
Agar a zarracha A yadro bilan to`qnashish reaksiyasi natijasida V yadro va b zarracha hosil bo`lsa, u holda yadro reaksiyasi quyidagi ko`rinishda yoziladi: yoki (7) 1919 yilda E.Rezerford tomonidan –zarrachaning azot yadrosi 7N14 bilan to`qnashuvi natijasida kislorod izotopining yadrosi 8O17 va proton 1H1 hosil bo`lgan birinchi yadro reaksiyasi amalga oshirilgan. yoki (8) Himiyaviy reaksiyalardagi kabi yadro reaksiyalarida ham malum miqdorda energiya ajralib chiqishi yoki yutilishi mumkin. Bu Q energiyaga yadro reaksiyasining energiyasi deyilib, u reaksiyaning boshlangich va natijaviy juftlarining energiya farqiga teng bo`ladi: (9) bunda mA ,ma ,mB ,mb lar reaksiyadan oldingi va keyingi zarrachalarining massalari, c–yoruglik tezligi. Ko`pchilik yadro reaksiyalarining mahsulotlari ham radioaktiv bo`lib, ular suniy radioaktiv izotoplar deyiladi. Suniy radioaktivlik hodisasini 1934 yilda atoqli fransuz fiziklari Irena va Fridrih Jolio–Kyurilar kashf qilishgan. Ular 13Al27 yadrosini –zarrachalarbilan bombardimon qilganda, yadrodan neytron 0n1 chiqib, fosforning 15P30 radioaktiv izotopi yadrosi hosil bo`lganligini aniqlashdi, yani: yoki (10) Yadro reaksiyaning mahsuloti mahsuloti fosfor 15P30 radioaktiv izotop bo`lib, uning yarim emirilish davri T 1/2 minutga teng. Bu izotop pozitron (+1e0) ni chiqarib, kremeniining barqaror izotopi 14Si30 izotopiga aylanadi: (11) Hozirgi vaqtda barcha mavjud bo`lgan himiyaviy elementlarning tabiatda bo`lmagan, mingga yaqin suniy radioaktiv izotoplari olingan. Download 251.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling