Atomning tomson modeli


Download 435.83 Kb.
bet8/10
Sana25.01.2023
Hajmi435.83 Kb.
#1122265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Atom tuzilishi. Tomson modeli. Rezerford tajribasi Atom

Kеrakli uskunalar

1. Monoxramator va gaz razryadli trubka.

2. Har xil gazlar solingan trubkalar.

3. Millimеtrli qog’oz.


DE-BROYL TO`LQINLARI
Reja:

  1. To’lqin-zarra ziddiyati. Yorug`lik dualizmi. De-Broyl gipotezasi.

  2. Mikrozarralar dualizmi. De-Broyl g`oyasi.

  3. De-Broyl formulalari. De-Broyl to’lqini.

  4. De-Broyl nazariyasining eksperimental tasdig`i. Devisson- Jermer tajribasi. Boshqa tajribalar ro’yxati.

  5. De-Broylning atom uchun to’lqin modeli va Bor nazariyasi.

  6. Borning to’ldirish prinstipi.

Optika bo’limidan bilamizki, ko’pgina optikaviy hodisalarni to’lqin nuqtai nazarida turib tushuntirish oson. Masalan, interferenstiya yoki difrakstiya kabi hodisalar bu nazariyadan juda yaxshi tushuntiriladi. Biroq, issiklik nurlanish, fotoeffekt va Kompton effekt hodisalarni tahlilidan ko’rdikki, yorug`lik korpuskulyar xususiyatiga ega. Shunday qilib yorug`likni ikki xil xususiyatga ega bo’lishi eksperimental dalildir. To’lqin va zarralik xususiyati esa bir-biriga zid va bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan tushunchadir. Yorug`likni bu ikki xususiyatini bir vaqtda kuzatish mumkin emas. Yorug`likni ana shu ikki yoqlama xususiyatini to’lqin-zarra dualizmi deyiladi. Bundan kelib chiqadiki yorug`likni to’la tavsiflaydigan nazariya, yorug`likning to’lqin va zarralik xususiyatini inobatga olishi zarur, qisqacha aytganda yorug`lik nazariyasi korpuskulyar-to’lqin shaklda bo’lishi kerak.
Plank yorug`lik zarralari (fotonlar) ning energiyasini yorug`likni to’lqin xususiyatini xarakterlovchi kattalik-chastota bilan bog`ladi:
(9.1)
bunda - chastota, h-Plank doyimiysi.

Ushbu energiyani maxsus nisbiylik nazariyasidagi


(9.2)
munosabatdan ham topish mumkin.
Fotonning tinchlikdagi energiyasi
(9.3)
bo’lgani uchun to’la energiya faqat fotonlarning kinetik energiyasi ga teng bo’ladi, ya’ni
(9.4)
munosabat bilan topiladi. Biroq klassik fizika nazariyasida esa energiyani chastota bilan bog`lovchi birorta ham formula yo’q. Bu hodisa klassik fizika uchun juda katta echib bulmaydigan muammo edi. Bu muammoni hal etish uchun Lui de Broyl har bir foton to’lqin jarayoni bilan uzviy bog`langan bo’lishi kerak degan gipotezani ilgari surdi. Uning bu gipotezasi fotonning to’lqin xususiyatiga oid bo’lgan interferenstiyani tushuntirdi. Ikkinchi tomondan yorug`lik to’lqinlarining impulsga ega ekanligini Eynshteyn nazariy ko’rinishda, A.Kompton esa tajribada tasdiqladi. Shunday qilib (9.1) va (9.3) munosabatlardan yoki
(9.5)
ni olamiz, bunda - foton impulsi bo’lib
(9.6)
formula hosil bo’ladi.
(9.6) formula fotonning korpuskulyar xususiyatini xarakterlovchi impulsni fotonning to’lqin xususiyatini ifodalovchi kattalik-chastotasi (yoki to’lqin uzunlik) bilan bog`laydi. Demak (9.6) formulada fotonning bir-biriga zid bo’lgan ikki yoqlama xususiyati bo’lgan korpus-to’lqin xususiyati mujassamlangandir.



Download 435.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling