Atrof muhit sifat analiz va monitoring faniga kirish
Download 26.03 Kb.
|
1-Ma'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Emissiyalar
1 - MA’RUZA 1-MAVZU: Atrof muhitni sifat analiz va monitoringi faniga kirish. Atrof muhitni sifat analiz va monitoringi fanining predmeti, maqsadi va vazifasi. Reja: Atrof muhit sifat analiz va monitoring faniga kirish. Atrof muhit sifat analiz va monitoring fanining predmeti, maqsadi va vazifasi. Kalit so’zlar: Atrof muhit, monitoring, ifloslanish, tahlil qilish, gidrosfera, litosfera Tabiatning global ifloslanishi va sanoat hududlaridagi noqulay ekologik vaziyat hozirgi kunda olamshumul va jiddiy m uam m oga aylandi. Bu muammoni keng jamoatchilikning faol ishtirokida hal qilish bilan turli kasb egalari — kimyogarlar, shifokorlar, biologlar va yuristlar keng miqyosda shug'ullanmoqda. Ammomazkurmasalabo‘yicha samarali bahs — munozaralar olib borish va ta ’sirchan chora- tadbirlar ishlab chiqishning eng zaruriy sharti havo, suv va tuproqdagi maishiy, transport yoki sanoat chiqindilarining turi va konsentratsiyalarini aniq bilishdir. Ularni aniqlash va hisobga olish fizikaviy va kimyoviy tahlil usullari bilan amalga oshiriladi. Bunday tahlillarni ishchi va ishlab chiqarish xonalarida olib boradigan mutaxassislar uchun yanada keng va muhim faoliyat maydoni ochilmoqda. Ishchi va xizmatchilarning sog‘ligini m uhofaza qilish va tayyor mahsulotning ifloslanishi oldini olish borasidagi zarur chora- tadbirlarni amalga oshirishdan oldin tahlillar natijalariga ega b o ‘lish lozim. H ar bir kimyogar, u qayerda ishlamasin — fan, sanoat yoki tadqi- qot sohalaridami, o ‘z faoliyati davomida atrof- uhitning ifloslanishi muammosiga duch keladi va tegishli tadqiqotlar usullarini o ‘rganishga majbur bo'ladi.
Yer yuzidagi o‘simlik dunyosining asosini organik moddalar tashkil qilib, uni hosil bo'lishi uchun atmosferada C 0 2, suv va shuningdek, tuproqdagi mineral moddalar zarur. M uayyan to'lqin uzunligidagi yorug‘lik ta ’sirida o ‘simliklarda fotosintez jarayoni so d irb o ‘lib, unda uglerod (IV) oksidi o ‘simliklarga yutilishi natijada suv fotolizi jarayo- nida hosil b o ‘lgan 0 2 atmosferaga ajraladi. Uglerod biokimyoviy siklining birinchi bosqichi ana shundan iborat. Yerda fotosintez tufayli juda katta energiya jamg'arilgan. H ar yili o'simliklardagi fotosintez natijasida 100 mlrd. tonna organik moddalar hosil bo'lib, ularda 450. Ю15 kkal quyosh energiyasi mujassam. Bujarayonlarda o ‘simliklar tomonidan taxminan 170 mlrd. tonna C 0 2 gazi assimilatsiyalanadi, taxminan 130 mlrd. tonna suv fotokimyoviy parchalanishda ishtirok etib, 115 mlrd. tonna erkin kislorod ajraladi. Kislorod barcha tirik mavjudotlarning tiriklik asosidir. Nafas olish jarayonida 0 2 yordamida turli organik birikmalarning oksidlanishi yuz beradi va bunda C 0 2 ajraladi. Bu uglevodorod siklining ikkinchi bosqichi b o ‘lib, u tirik organizmlarning uglerod kislotali funksiyasiga bog‘liq. Bunda birinchi bosqichda ajralib chiqqan kislorod miqdori, ikkinchi bosqichda yutilgan kisloroddan biroz ko‘proq bo‘lib, buning natijasida yashil o'sim liklar hayot faoliyatida hosil bo‘lgan kislorod atmosferada to ‘planadi. Fotosintez jarayonida avtotroflar bilan bog'langan energiya keyinchalik turli geterotroflar, jum ladan, inson hayot faoliyatida foydaIaniladi, bunda u qisman issiqlik energiyasiga aylanadi va biosferanin ayrim tarkibiy qismlari (o ‘simlik va tuproqlar)da to'planadi. Avtotroflarda hosil b o ‘lgan organik moddalar turli geterotroflarning ozuqa zanjiriga tushib, unda o'zgarishga uchraydi, massa va energiya yo‘qotadi. Bunda energiya ozuqa zanjiriga kiradigan barcha organizm larning hayot faoliyati jarayonida sarflanadi va issiqlik energiyasi ko‘rinishida atrofga ajraladi. Turli tirik organizmlarning hayot faoliyati to ‘xtaganda ulardagi organik moddalar geterotrof mikroorganizmlar uchun ozuqa manbayiga aylanadi. Mikroorganizmlar oziqlanish, nafas olish va bijg‘ish jarayonlarida organik moddalarni parchalaydi. Yerda, tuproqda chirigan organik moddalardagi uglevodorodlar parchalanganda C 0 2 hosil bo‘ladi va atmosferaga ajraladi. Oqsillaming parchalanishidan ammiak hosil bo‘ladi va u ko'pincha atmosferaga ajralib chiqadi, asosan esa nitriflkatsiya jarayonida tuproqdagi azot zaxiralarini to'ldiradi. Organik moddalaming bir qismi esa parchalanmasdan, «zaxira fondi» ni tashkil qiladi. U zoq o ‘tmishda ko'm ir, gaz, slanetslar, hozirgi davrda esa torf va gumus shu tariqa hosil bo'lgan. Yuqorida aytib o ‘tilgan jarayonlarning barchasi tabiatdagi biokimyoviy aylanishning ( uglerod, kislorod, azot, fosfor, oltingugurt va h.z) muhim bosqich va fazalarini tashkil etadi. Shunday qilib, tirik organizm o ‘z metobolizmi jarayonida havo, suv, tuproqning muayyan tarkibi sharoitida biosferaning barqarorligini ta ’minlaydi va inson aralashuviga yo‘l qo‘yilmasa, «Yer» ekotizimining ushbu gomeostazi juda uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin. Atrofmuhitning muhim tarkibiy qismlaridan biri atmosfera havosidir. Biosferaning turg‘unligi uning sofligiga bog‘liq. Atrofmuhitning ifloslanishi o ‘simlik, hayvonlar, inson, inshootlar, uskunalar va turli tuman moddiy jismlarga salbiy ta ’sir ko'rsatadi. Bizni o ‘rab turgan havo (atmosfera) hayotimizning asosiy omilidir. Ammo inson o ‘z hayoti uchun zararli moddalardan foydalana boshlagan vaqtdan boshlab u nafas oladigan havoning tozaligiga jiddiy xavf tug‘diradi. Aniqlanishicha, bizning his qilish a’zolarimiz havo sifatini aniq belgilash qobiliyatiga ega emas ekan. Hid bilish a’zosi atmosferada organizm uchun zararli m odda borligi haqida signal bera olmaydi (mas. C 0 / C 0 2, N 0 / N 0 2). Shu bilan birga, H C N kabi zaharli m oddaning mavjudligini seza olsakda, bunga organizm birorta himoya reaksiyasi bilan javob bermaydi. Ammiak aw al qo'zg'atuvchi ta ’sir ko‘rsatadi, birmuncha keyin uning zararli ta’siri namoyon bo‘ladi. S 0 2 va N 0 2 misolida teskari manzarani ko‘rish mumkin. Havodagi radioaktiv chiqindilarga kelsak, ularni biz um um an ilg‘ay olmaymiz.Shunday qilib, ikkita asosiy vazifa ilgari suriladi. Bir tom ondan, aholi punktlaridagi aholi sog‘lig‘ini m uhofaza qilish m aqsadida atmosferani tekshirish, shuningdek, ifloslangan havoning o ‘simlik vahayvonlarga ta ’sirini aniqlash uchun qishloq xo'jaligi hududlarida havo tarkibini tadqiq etish.Ikkinchi tom ondan, xodimlar salomatligini saqlash uchun ishlab chiqarish binolarida ishchi zonalar havosining tozaligini nazorat qilish. Biz nafas olayotgan havo atmosferani tashkil qiladigan gazlarning fizik aralashmasidan iborat. Havo tarkibida tabiiy va antropogen kelib chiqqan turli aralashmalar ham mavjud. Tabiiy sharoitda havoda doim suv bug‘i mavjud bo‘lib, uning miqdori doimo keskin o'zgarib turadi. Havoning doimiy tarkibiy qismlaridan kislorod alohida ahamiyatga ega, u barcha tirik mavjudotlarning nafas olishi uchun zarur (anaerob mikroorganizmlaming ayrim turlari bundan mustasno). Havoning katta qismini azot tashkil qiladi. Ushbu element yerda hayotning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq, chunki u oqsillar hamda boshqa organik birikmalar tarkibiga kiradi. Azot inert gazlar qatoriga kiradi va kislorod konsentratsiyasini kamaytirishda muhim rol o ‘ynaydi. Chunki sof kislorod hayotni ta ’minlay olmaydi. Boshqa inert gazlar (argon, neon, geliy, kripton, ksenon)ning insonga ta ’siri azotnikiga o ‘xshash. Organik moddalardagi uglerod manbayi C 0 2 dir. U nafas olish, bijg‘ish, achish va organik moddalarning oksidlanishi va parchalanishi jarayonlarida, shuningdek, yonuvchan qazilm alarning yonishida atmosferaga ajraladi. Boshqa doimiy gazlarning ahamiyatlisi — ozon. U fotokimyoviy reaksiyalarning oraliq mahsuloti hisoblanadi. Shu bois uning zamonaviy shaharlar atmosferasida aniqlanishi havoning ifloslanganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga ozon atmosferaning yuqori qatlamlarida ekran hosil qiladi va bu ekran Yerni halokatli ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi. Toza havoning tarkibida quyidagi gazlar uchraydi: azot — 78,10% kislorod — argon — 20,93% 0,93% uglerod to ‘rt oksidi —0,03-0,04% kripton — geliy - 0 ,0001% 0,0005% 0 ,00001% 0, 01 % ksenon —vodorod — H attoki toza havoda ham quyidagi modda va elementlarning juda oz miqdordagi (1 m ln'1 dan kam) aralashmalari uchraydi: uglerod oksidi CO — 0,01 — 0,2 mln-1; ozon 0 3 — 0 — 0,05mln m etan C ff4 — 1,2—1,5 m l n 1; N20 — 0,25 mln-1; azot oksidlari — N 0 / N 0 2 — 0 - 0,003mln '; ammiak NH3 — 0 — 0,02 m ln 1. Qattiq, suyuq va gazsimon chiqindi moddalar atmosferaning tabiiy tarkibini o'zgartirib yuborishi — havoning ifloslanishi deyiladi. Eng ko‘p tarqalgan va xavfli chiqindilar 8 ta toifaga birlashtirilgan: 1. Muallaq moddalar. U lar boshqa ifloslovchilarni o ‘zida eritib yoki o ‘z yuzasida adsorbsiyalab tashiydi. 2. Uglevodorodlar va boshqa uchuvchan organik birikmalar. 3. Is gazi (CO). 4. Azot oksidlari (N xO ). 5. Oltingugurt oksidlari, asosan oltingugurt (IV) oksidi (S 0 2). 6. Qo‘rg‘oshin va boshqa og‘ir metallar. 7. Ozon va boshqa fotokimyoviy oksidlovchilar. 8. Kislotalar, asosan oltingugurt va azot kislotalari. Atmosfera chiqindilari va havoning tabiiy aralashmalari murakab o ‘zaro ta ’sirga kirishadilar, yuviladilar va hokazo. Shaharlar atmosferasidagi bunday o ‘zgarishlaming asosiy sabablari — havoning organik m oddalar (asosan neft uglevodorodlari bilan) va yuqori haroratli yonish natijasida paydo bo'ladigan azot oksidlari bilan ifloslanishidir. Emissiyalar — havoni ifloslantiradigan m oddalar b o ‘lib, ular birorta uskuna ishga tushirilganda atmosferaga ajraladi. Imissiyalar — havoni ifloslantiradigan m oddalar b o ‘lib, ular atmosferada — o'zining ta ’sir zonasiga bevosita yaqin bo'ladi. Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti quyidagicha ta ’rif beradi: «Havoni ifloslovchi modda yoki bir necha moddalar odamlar, hayvonlar, o'simliklar va mulkka ziyon yetkazadigan yoki shunga olib keladigan miqdorda va vaqt davomida atmosfera saqlaydigan yoki inson salom atligi va mulkiga hisoblab b o ‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin bo'lgan hollarda havoning ifloslanganligi haqida gapirish mumkin». Download 26.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling