Atrof-muhitni muhofaza qilishdagi xalqaro tashkilotlar
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlik hozircha chorak asrlik tarixga ega. XX asr 70 yillarining boshlariga kelib shu narsa ravshan bo‘ldiki, jamiyat va tabiat munosabati natijasida insoniyat uchun ofat keltiruvchi muammolar kelib chiqdi, bu esa biosferada qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlardir. Shuning uchun atrof-muhit muhofazasi vazifasi xalqaro tavsifga ega bo‘lib qoldi. Bu muammoni hal qilishning hozirgi zamon bosqichiga 1975 yildagi Stokgolm BMT dasturini amalga oshiruvchi YUNER tashkiloti tuzildi. Uning shtab kvartirasi Nayrobida joylashgan. YUNERning rahbar organi bo‘lib har to‘rt yilda. BMT bosh assambleyasi tomonidan, saylanadigan boshqaruvchilar kngashi hisoblanadi. Kengashning vazifasi quyidagilar:
- atrof-muhitni muhofazasi bo‘yicha xalqaro hamkorlikda boshqosh bo‘lish;
- tadbirlar o‘tkazishda tavsiyanomalar berish;
- dasturlarni amalga oshirishda rahbarlik qilish;
- atrof-muhitni dunyoda muttasil ravishda kuzatib borish;
- atrof-muhit bo‘yicha baho, bilim va axborotlar to‘plashda xalqaro hamjamiyatlarga yordam berish.
Shun munosabat bilan atrof-muhit muhofazasi ko‘p qirrali, majmuali muammo bo‘lib, YUNER faoliyatiga qo‘shimcha tarzda, uning alohida aspektlari bilan avtonom maqomga ega BMT tarkibidagi quyidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar shug‘ullanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |