Atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishini oldini olishga doir huquqiy-normativ hujjatlar


Download 15.86 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi15.86 Kb.
#1771266
Bog'liq
ATROF-MUHITNI HIMOYA 3-лек


ATROF-MUHITNI HIMOYA QILISH VA IQLIM O‘ZGARISHINI OLDINI OLISHGA DOIR HUQUQIY-NORMATIV HUJJATLAR
O‘zbekiston Milliy universiteti atrof-muhit haqida g‘amho‘rlik qilgan holda, uglerod neytralligiga erishish bo‘yicha harakatlar strategiyasini ishlab chiqdi. Mazkur strategiyalarini ishlab chiqarishda, avvalo O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni himoya qilish, iqlim o‘zgarishini oldini olish va ekologiya oid normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilindi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan konvensiyalar, kelishuvlar, bayonnomalar tahlil qilindi. 
Ma’lumki, Sobiq Ittifoq davrida suv resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish natijasida Orol dengizi quriy boshladi. Natijada, Orolbo‘yi hududidagi yerlar tuz bilan qoplandi, ichimlik suvi tanqisligi yuzaga keldi, yashovchi aholining turmush tarzi tubdan o‘zgardi va ularning salomatligi xavf ostida qoldi. Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bunday muammolar, jahon hamjamiyati kun tartibining markaziy mavzusiga aylanmoqda. 
Atrof-muhitni himoya qilish, iqlim inqirozini oldini olish, bio xilma-xillikni saqlab qolish, axoli o‘rtasida ekologik savodxonlikni oshirish va eko-mas’uyatni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilgan. Mazkur qonunlarning asisiy vazifasi, birinchi navbatda inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim obyektlar muhofaza qilinishini ta’minlashdan, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashdan iboratdir.
1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 21.04.2017 yildagi PF-5024-son “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2019 yil 22 mayda qabul qilingan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasining Qarori «Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida»gi QL-811-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi 10.04.2021 yildagi 200-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi huzurida “Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 08.05.2021 yildagi 289-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 06.08.2021 yildagi 501-sonli Qarori kabi qonun hujjatlari atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishini oldini olish uchun huquqiy asos va kafolat vazifasini o‘taydi.
Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishini oldini olishga doir xalqaro konvensiyalar va tegishli protokollar ratifikatsiyalariga qo‘shildi.
– Ozon qatlamini himoya qilish bo‘yicha Vena konvensiyasi (18/05/1993 y.);
– Ozon qatlamini buzadigan moddalar bo‘yicha Monreal protokoli (18/05/1993 y.);
– London Ozon qatlamini buzadigan moddalar bo‘yicha Monreal protokoliga o‘zgartirishlar kiritish (01/05/1998 y.);
– Ozon qatlamini buzadigan moddalar bo‘yicha Monreal protokoliga Kopengagen o‘zgartirish (01/05/1998 y.);
– Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Asosiy konvensiya (20/06/1993) (Kyoto protokoli, 1999 y.);
– Xavfli chiqindilarning transchegaraviy harakatlarini nazorat qilish va ularni yo‘q qilish bo‘yicha Bazel konvensiyasi (12/22/1995 y.);
– Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiya (06/05/1995 y.);
– Butunjahon madaniy va tabiiy merosini himoya qilish konvensiyasi (22.12.1995 y.);
– Parijda iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi shartnoma (19/04/2018 y.).
Yuqorida keltirilgan huquqiy-normativ hujjatlar O‘zbekiston Milliy universitetining Atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini oldini olishga doir strategik siyosatni ishlab chiqarishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Download 15.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling