Aтrof-muhiтni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish
Download 130.5 Kb.
|
Aтrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish
Xalqaro Qizil kitob 1972-yili noyabr oyida bo‘lib o‘tgan BMТ, YUNESKO tashkilotining konferensiyasida qabul qilingan «Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi konvensiyaga muvofiq tuzildi. Unda Yer kurrasida noyob va yo‘qolish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonot dunyosi turlarining biologiyasi, tarqalishi, yo‘qolib ketish sabablari va muhofaza qilish choralari ko‘rsatib o‘tilgan.
Xalqaro tabiatni qo‘riqlash ittifoqi Qizil kitob uchun ma’lumotlarni 1949-yildan boshlab to‘pladi va uni 1966-yili «Red Data Book» nomi bilan ingliz tilida chop etdi. U doimo to‘ldirib boriladi va ingliz tilida chop etiladi. XX asrning 80-yillari boshiga kelib sut emizuvchilarning 236, qushlarning 485, sudralib yuruvchilarning 141, baliqlarning 194 turlari xalqaro Qizil kitobga kiritildi. Hozirgi kunda ularning soni 2 baravargacha ko‘paygan. Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan flora va fauna dunyosi turlari qaysi bir mamlakat hududida yashashidan qat’i nazar ularning xalqaro muhofaza qilinishi va xalqaro tashkilotlar tomonidan nazorat ostida bo‘lishi shart. Ko‘chib yuruvchi hayvonlar va qushlarning vaqtinchalik yashash makoni bo‘lgan botqoq, ko‘l, daryo yoki landshaftlar alohida muhofaza qilinadigan tabiiy ob’yektlar toifasiga kirgizilishini xalqaro huquqiy normalar talab qiladi. YUNESKOning «Kishilar va biosfera» xalqaro dasturiga muvofiq O‘zbekistonda yangi ko‘rinishdagi Chotqol biosfera qo‘riqxonasi tashkil etildi. Bo‘linadigan tabiiy resurslarga doimo yoki vaqtinchalik ikki va undan ortiq mamlakatlar hududlarida joylashgan dengiz (Boltiq, Oxota, Xitoy), daryo (Dunay, Sirdaryo, Amudaryo) va ko‘llar (Buyuk ko‘llar, Kaspiy, Orol) kiradi. Bo‘linadigan tabiiy resurslarni huquqiy tartibga solish asosan undan manfaatdor mamlakatlar o‘rtasidagi tuzilgan shartnomalarga tayangan holda amalga oshiriladi. Ushbu me’yoriy hujjatlarda, odatda, ulardan foydalanish, ularni muhofaza qilish, ularga oid nizolarni hal qilish, to‘lovlar, takroriy ishlab chiqarish masalalari aks etadi. Boshqaruv organi sifatida turli shakldagi ekologik komissiya yoki komitetlar tuziladi. Masalan, Orol ko‘li va uning havzasi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining «Orolni qutqarish» doimiy komissiyasi ishlab turibdi. 1995-yil BMТning Orol havzasiga bag‘ishlangan maxsus xalqaro konferensiyasida «Nukus deklaratsiyasi», 1997-yil 28-fevralida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Almati uchrashuvida «Almati deklarasiyasi» qabul qilindi va «Orol dengizini qutqarish» xalqaro jamg‘armasi tashkil etildi. Markaziy Osiyo davlatlari (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Тojikiston, Тurkmaniston respublikalari)ning jamg‘armaga yillik badallari mamlakat byudjetining 0,3% i miqdorida belgilandi. Orol dengizi suvini to‘yintirib turuvchi ikki daryo — Amudaryo va Sirdaryolar ham xalqaro huquq ob’yekti hisoblanadi. Ulardan foydalanishni tartibga solishni «Basseynlar bo‘yicha komissiyalar» ko‘rib chiqadilar va har yili, sharoitga qarab, xalqaro huquq sub’yektlarining foydalanishi bo‘yicha aniq bir me’yoriy hujjatlarni qabul qiladilar. 4. Xalqaro ekologik tashkilotlar. Umuminsoniyat qadriyatlaridan biri bo‘lmish Yer kurrasidagi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va xalqaro tabiiy resurslardan samarali foydalanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan ekologik tashkilotlar, muassasalar va idoralar o‘zlarining faoliyat doirasiga ko‘ra universal va regional (mintaqaviy) turlarga ajratiladilar. Download 130.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling