Reja: - 1. Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish tushunchasi.
- 2. Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish prinsiplari va manbalari
- 3. Atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro-huquqiy ob’yektlari.
- 4. Xalqaro ekologik tashkilotlar.
- 5. Xalqaro ekologik javobgarlik.
Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish tushunchasi. - Xalqaro miqyosda ekologik xavfsizlikni ta’minlash — atrof-muhit sifatini tirik organizmlar uchun yetarli darajada ushlab turadigan, qayta tiklaydigan va oshirib boradigan xalqaro munosabatlarni shakllantirishni taqozo qiladi. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun esa, albatta, butun dunyo mamlakatlari va xalqlarining bir me’yorda rivojlanishi, ekologik siyosat tizimida davlatlarning integratsiyalanishini talab qiladi. Bu borada BMТ, davlatlararo va nodavlat tashkilotlarining egallagan o‘rni va ularning ekologik masalalarining yechimini topishdagi ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda.
Hozirgi zamon xalqaro ekologik hamkorlik uch yo‘nalishda amalga oshirilmoqda: - Hozirgi zamon xalqaro ekologik hamkorlik uch yo‘nalishda amalga oshirilmoqda:
- 1) atrof-muhitni muhofaza qilishning davlatlararo va millatlararo hamkorligi hamda ulardagi ijobiy tajribalarni keng targ‘ib qilish;
- 2) mintaqada (regionda) yoki cheklangan zonalarda tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amaliy tatbiq qilish;
- 3) global ekologik muammolarning yechimini topishda xalqaro hamjamiyatning universal yo‘llarini ishlatish.
Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish prinsiplari va manbalari. - Xalqaro prinsiplar — xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan xalqaro huquq sub’yektlarining boshqaruv qoidalari.
- Xalqaro ekologik prinsiplar — xalqaro hamkorlik ishtirokchilarining, ya’ni sub’yektlarining, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va xalqaro Ekologiya huquqi ob’yektlaridan foydalanish borasidagi munosabat qoidalari. Bu qoidalar xalqaro huquq normalari zaminida yotishi va o‘zaro munosabatlarni huquqiy me’yorlash va huquqiy mexanizmni ishlab chiqishda yo‘nalish beruvchi ko‘rsatma tarzida xizmat qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |