O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatning mustaqil sub’yekti sifatida 10 dan ziyod ekologik konvensiyalarga qo‘shilgan, jumladan: - 1993-yil 14-mayda «Iqlimga ta’sir etishni chegaralash»;
- 1995-yil 13-oktabrda «Sahrolanishga qarshi kurash»;
- 1995-yil 15-iyunda «Afrika — Osiyo qit’alarida ko‘chib yuruvchi qushlarni muhofaza qilish»;
- 1996-yil 7-mayda «Biologik xilma-xillik»;
- 1996-yil 7-mayda «Xavfli chiqitlarni tashish va ularni yo‘qotish».
Atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro-huquqiy ob’yektlari. - Atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro-huquqiy ob’yekti — xalqaro huquq sub’yektlarining ekologik munosabatlar predmeti bo‘lgan tabiiy ob’yektlar, ya’ni o‘zining xususiyati, joylanishi va ahamiyati nuqtai nazaridan biron-bir davlat yuridiksiyasiga kirmaydigan yoxud nazoratida bo‘lmaydigan va shuning uchun ham ikki va undan ortiq mamlakatlar yoki xalqaro huquq sub’yektlari mulki bo‘lgan tabiiy unsurlar.
Xalqaro-huquqiy muhofaza qilish ob’yektiga havo basseyni, fazo, dunyo okeani, Antarktika, ko‘chib yuruvchi hayvonlar va qushlar kiradi. Xalqaro-huquqiy tabiiy resurslarga implementatsiya qilingan milliy qonunlar asosida muhofaza qilinadigan va ulardan foydalanadigan tabiiy ob’yektlar kiradi. - Xalqaro-huquqiy muhofaza qilish ob’yektiga havo basseyni, fazo, dunyo okeani, Antarktika, ko‘chib yuruvchi hayvonlar va qushlar kiradi. Xalqaro-huquqiy tabiiy resurslarga implementatsiya qilingan milliy qonunlar asosida muhofaza qilinadigan va ulardan foydalanadigan tabiiy ob’yektlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |