Aтrof-muhiтni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish
Download 151.95 Kb.
|
RAXIMOVA MUNISA KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tarkibi
Kurs ishining manbalari. Kurs ishini yozishda Respublikamiz qonunlari, Prezident qaror va farmonlari, chop etilgan ilmiy kitoblar, davriy matbuotda chop etilgan maqolalarga tayanildi. Shu mavzuda keyingi yillarda nashr etilgan ilmiy tadqiqotlar, internet ma‘lumotlari o`rganildi.Bundan tashqari xorijiy olimlar tomonidan ushbu mavzuga oid fikr mulohazalar, maqolalar ham tadqiq etildi.
Kurs ishining tarkibi - Kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalangan adabiyot- lardan iborat I- BOB DAVLATNI ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish tushunchas Тabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 4-moddasidagi ekologik prinsiplardan biri «Тabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqalararo va xalqaro manfaatlarni uyg‘unlashtirish»dir. Chunki tabiatda sodir bo‘layotgan jarayonlar va hodisalar, jamiyatdagidan farqli, na mamuriy va na tabiiy chegarani biladi. Qirg‘izistonda Sirdaryo irmoqlarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi, so‘zsiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston respublikalarida atrof-muhitga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Chernobil yoki Orol dengizi ekologik fojialari nafaqat Sharqiy Yevropa yoki Markaziy Osiyo, balki butun Yer kurrasidagi insonlarning «yashash huquqi»ning zaruriy elementlaridan biri bo‘lgan ekologik xavfsiz muhit holatiga salbiy ta’sir etmoqda. Shuning uchun ham birinchi prizidentimizI. A. Karimov BMТning 48, 50, 55-sessiyalarida so‘zlagan ma’ruzalarida Orol muammosini xalqaro miqyosda hal qilishni taklif etdi va uning salbiy oqibatlarini nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo hamjamiyati uchun tahdid solayotgan dolzarb global masala qilib korsatdi. Atrof-muhitni xalqaro muhofaza qilish deb insonlarning ekologik xavfsiz muhiti va davlatlarning barqaror me’yorda rivojlanishini ta’minlovchi xalqaro huquq prinsiplari, normalari va munosabatlari yig‘indisiga aytiladi. Atrof-muhitni xalqaro miqyosda muhofaza qilish XIX asrning boshlarida yuzaga keldi. Avvaliga bu masala ikki davlat o‘rtasidagi tabiiy ob’yektlardan teng huquqli foydalanish ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Bunday ekologik munosabatlar ikki davlat o‘rtasida tuzilgan umumiy shartnomalar tarkibidan joy olgan. 1913-yil 17—19-noyabrda Shveytsariyaning Bern shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya ekologik muammolarni xalqaro huquqning maxsus masalalari toifasi darajasiga ko‘tardi. Insoniyat tarixida ekologik muammolar XX asrning o‘rtalarigacha faqatgina mahalliy yoki milliy masalalar doirasidan o‘rin olgan edi. 1970-yillargacha davlat va jamiyat xavfsizligiga yoki ularning barqaror rivojlanishi va inson huquqlariga global ta’sir qiluvchi muammolar turkumiga faqatgina harbiy va siyosiy masalalar kiritilgan, xolos. XX asrning uchinchi choragida, ya’ni Ikkinchi jahon urushi yakunlanishi va BMТning tuzilishi xalqaro xavfsizlikka tahdid solayotgan masalalar jumlasiga ekologik muammolarni ham kiritdi. Shu asrning 50—60-yillarida «sovuq urush» oqibatida Yer kurrasidagi insonlar hayotiga tajovuz solayotgan uch muammo — yadro to‘qnashuvi, yoppasiga tarqaluvchi kasalliklar va uchinchi o‘rinda ekologik muammolar qo‘yilgan bo‘lsa, 70-yillarga kelib ekologik muammo va ularni hal qilish masalasi yetakchi o‘rinni egallab oldi. Download 151.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling