Atrof olam bilan tanishtirish. Mavzu: 8 – dekabr Konstitutsiya kuni. Bizning huquq va burchlarimiz


Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar aytinglarchi qish faslining qaysi oyi? Bolajonlar javobi


Download 22.27 Kb.
bet2/3
Sana28.01.2023
Hajmi22.27 Kb.
#1135569
1   2   3
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya

Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar aytinglarchi qish faslining qaysi oyi?
Bolajonlar javobi:
Tarbiyachi: To’g’ri bolajonlar hozir dekabr oyi. Dekabr oyida qanday bayramlar nishonlanadi?
Bolajonlar javobi:
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar sizlar aytganingizday 8 – dekabr Konstitutsiya kuni va yangi yil bayramlari nishonlanadi. Bugun sizlar bilan siz Konstitutsiya kuni bizning huquq va burchlarimiz haqida suhbatlashamiz.
Bolajonlar 1991 – yil 1 – sentyabrda O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligiga erishgandan so’ng o’z ramzlariga ham ega bo’ldi. Bayrog’i, gerbi, madhiyasi va o’z Konstitutsiyasiga bularni hozirgacha qabul qilingan kunlarini bayram qilib nishonlab kelmoqdamiz. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo’lim 26 bob 128 moddadan iborat. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning quyidagi burchlari ko’rsatilgan fuqarolar konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari , sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga, O’zbekiston xalqining tarixiy ma’naviymadaniy merosini avaylab asrashga, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga qonun bilan belgilangan. Bolajonlar Bosh Qomusimiz “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolikni jamiyatiga o’tishning mustahkam huquqiy poydevori bo’lib xizmat qiladi. Bolajonlar davramizga Konstitutsiya kitobini chaqiramiz marhamat
Konstitutsiya kitobi:
Assalomu aleykum, men Konstitutsiya kitobiman. Men 6 bo’lim 26 bob 128 moddadan iboratman. Menda fuqarolarning haq – huquqlari va burchlari belgilangan. Men o’zim bilan birga moddalarimni olib kelganman, marhamat tinglang ularni
Moddalar birin ketin o’zlarini tanishtirish paytida har birini tarbiyachi izohlab ketadi:
1 – bola: 1 – modda: O’zbekiston suverent Demokratik Respublika.
2 – bola: 4 – modda: O’zbekiston Respublikasining Davlat tili o’zbek tilidir.
3 – bola: 5 – modda: O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z Davlat ramzlari bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega.

Download 22.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling