Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishda xalqaro ekologik hamkorlikning ilmiy nazariy asoslari


Download 44.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana13.11.2023
Hajmi44.05 Kb.
#1769515
1   2   3
Bog'liq
Mingbayeva Feruza Mamarajabovna

Keywords: 
control, 
global, 
international 
environmental 
cooperation, 
environmental protection, scientific research, environmental problems. 
KIRISH 
Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishda xalqaro ekologik hamkorlik juda muhim 
ahamiyat kasb etadi, bunda - yer yuzidagi barcha mamlakatlar tomonidan tabiat 
muhofazasiga doir xalqaro kelishuv -shartnoma, konventsiyalar tuzish, xalqaro 
ekologik me'yorlarni ishlab chiqish va ularga rioya etilishini hamkorlikda nazorat 
qilish, umumsayyoraviy va hududiy ekologik muammolarni birgalikda hal etish, ilmiy 
tadqiqotlar va turli xalqaro anjumanlar o'tkazish kabi keng ko'lamli chora-tadbirlar 
kompleksi tushuniladi. 
Hozirgi kunda butun dunyoda keng miqyosda tan olingan Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining „Barqaror taraqqiyot konsepsiyasi"1992-yilda Rio-De-Janeyroda boʻlib 
oʻtgan dunyo mamlakatlarining rahbarlari ishtirok etgan mazkur forumda 179 ta 
mamlakat siyosiy va diniy rahbarlari, yuqori lavozimdagi vakillari ishtirok etdilar. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham bugungi kundagi ekologik muammolar 


Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
323 
boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi: Davrimizning oʻtkir muammolaridan yana biri global 
iqlim oʻzgarishidir. 
Tabiat, hayotiy ehtiyojlar, “Rim klubi”. Bugungi kunda har bir mamlakat bu 
jarayonning salbiy taʼsirini his etmoqda. Ming afsuski,bunday oʻzgarishlar Markaziy 
Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tugʻdirmoqda". Agar insoniyatning barcha tarixiy 
tamadduni davomida butun tabiat va uning tabiiy resurslari cheksiz va bitmas-
tuganmasdir koringan boʻlsa, sanoat taraqiyoti davri, yaʼni, oxiriga 2asr bunday 
tasavvurning butunlay xato ekanligini isbotlab bergani tobora aniq va ravshan boʻlib 
bormoqda. Maʼlumki, bilimning uzgarib borishi va uning atrof muhitga taʼsiri 21-
asrning eng asosiy muammolaridan biri boʻlib, insoniyat oldida turkiyan jiddiy 
muammolardan hisoblanadi. Taʼkidlash joizki,asosiy isish 1912-1940-yillarda 
kuzatilgan hamda 1976-yildan shu kungacha davom etmoqda. 1990-yillar esa ming 
yillikning eng issiq 10-yilligi boʻlgani rostdir. Oʻzbekiston BMTning Biologik xilma-
xillik toʻgʻrisidagi konvensiyaga 1995- yilda qoʻshilib, bioxilma-xillikni muhofaza 
qilish,uning tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish,tabiiy resurslardan foydalanishda 
odillikka rioya etish boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oldi. 1968 yilda 10 ta 
davlatdan 30 kishidan iborat fan, madaniyat maorif va biznes boshqaruvi „Rim klubi" 
deb nomlanuvchi nodavlat tashkilotini tashkil etildi. Klubda insoniyatning hozirgi va 
kelajakdagi murakkab ahvolini muhokama qilish va oldini olish yoʻllarini maqsadli deb 
belgiladilar. 
1972 yilda 13-martda „Rim klubi" uchun „Oʻsish chegaralari" maruzasi eʼlon 
qilindi. Kelajakda sayyoramizning ekologik holatini bashorat qilish boʻyicha model 
tahlil qilingan. Modelda sayyorada oʻsishni va uning chegarasini bartaraf etgan besh 
asosiy omil: aholi soni,qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi,tabiiy resurslar,sanoat ishlab 
chiqarishi,atrof-muhitning ifloslanishi asos qilib olingan. 1972 yilda BMTning atrof-
muhit boʻyicha Stokgolmda birinchi umumjahon konferensiyasi oʻtkazildi. 
Konferensiyada 26ta yiqilishdan iborat „Stokgolim deklaratsiyasi"da ekologik 
talablarni qabul qilish boʻyicha 113 davlat ishtirokchilari qatnashdilar. 
Mintaqamizdagi orol boʻyi muammolarini bartaraf etish borasida olib borilayotgan 
islohotlar samarasida 1995-yil 18-20-sentyabr kunlari oʻtkazilgan orol dengizi 
havzasini barqaror rivojlantirish boʻyicha konferensiyasi davomida 5 ta Markaziy 
Osiyo mamlakatlarining prezidentlari tomonidan ilk bor tarixiy„Nukus deklaratsiyasi" 
imzolandi va, unga binoan, bu mamlakatlar barqaror rivojlantirish va „21-asr uchun 
kun tartibi"ga qatʼiy tarzda tarafdori ekanliklari oʻz tasdiqini topdi. Bugungi kunda bu 
masalalar boʻyicha prezidentimiz ham oʻz fikr va mulohazalarini bildirmoqda: Atrof-
muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilashga eʼtiborni kuchaytirishimiz 
kerak. Avvalo, orol fojiasi oqibatlarini yumshatish boʻyicha boshlagan misli 
koʻrilmagan ishlarimizni davom ettirib, dengizning qurigan tubida oʻrmonzorlarni 
kengaytirish Nukus Urganch Xiva shaharlari atrofida „yashil belbogʼlar" barpo 
etishimiz lozim". Orol va uning boʻyidagi ekologik ahvolning keskinlashuvi jahon 
jamoatchiligini ham tashvishga solmoqda. Orol muammosi bugungi kundagi eng yirik 


Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
324 
regional halokatlardan biri boʻlib, orol atrofida yashaydigan 35 milliondan ortiq 
kishi,shu jumladan, Oʻzbekiston aholisining ham katta qismi uning taʼsiri ostida 
yashamoqda. Kattaligi boʻyicha dunyoda 4-oʻrinda turgan orol dengizi bugungi kunda 
yildan-yilga qurib bormoqda. Sayyoramizda sodir boʻlgan ekologik inqirozlar va 
boshqa sabablar tufayli 1 milliarddan ortiq aholi nochor holda yashamoqda.„ Hozirgi 
kundagi sayyoramiz ekologik holatining yomonlashuvi ortib bormoqda. Bu oʻrinda 
shuni aytish oʻrinliki, koʻpgina davlatlarning rahbarlari iqtisodiy rivojlanishini ekologik 
muammolardan ajratib boʻlmasligini, tashqi muhitning yomonlashuvi iqtisodga zarar 
yetkazishi aniqligini anglamoqda. Qashshoqlikning asosiy sabablaridan biri global 
darajada ekologik muammolarning sodir boʻlishidir. Shuning uchun ekologik 
muammolarni hal qilmasdan aholining farovon hayotini taʼminlab boʻlmaydi"degan 
fikrlarni bildirishda komissiya aʼzolari. 1983-yilda BMT qoshida tashkil etilgan tashqi 
muhit va rivojlanish Xalqaro komissiyasi shu nuqtai nazardan ish tutdi. 
Komissiyaning,aholining zaif qismi boʼlgan qashshoqlar koʻpayishi tashqi muhit 
holatining yomonlashuviga olib keladi. Bu holatni yaxshilash sayyoramizda 
yashayotgan har bir kishining insoniylik burchidir. Maʼlumki, keyingi yillarda dunyo 
okeani, dengiz va katta daryolar suvining neft mahsulotlari, zaharli kimyoviy 
moddalardan ifloslanib bormoqda. Okean, dengiz suvlarini muhofaza qilish boyicha 
dastlabki shartnoma 1954 yilda Londonda tuzilgan edi. Tabiatni muhofaza qilish 
masalalari jahonda eng ustuvor masala boʻlgani uchun uni xalqaro shartnoma va 
bitimlar bilan tartibga solinadi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi BMTning 
„Iqlim oʻzgarishi boʻyicha" (1993-yil,may) xalqaro bitimiga, „Ozon qatlamini muhofaza 
qilish togʼrisida"gi Vena bitimiga va ozon qatlamini yemiruvchi moddalar yuzasidan 
monreal bayonnomasiga (1993-yil, may), xavfli chiqindilarni transchegara orqali 
tashish va ularni yoʻq qilish nazorati boʻyicha Bazel bitimlariga (1995-yil, avgust) imzo 
chekdi. 1995- yil oktyabrida Oʻzbekistonda biologik turlar boʻyicha Konvensiya qabul 
qilindi. 1997-yilda qabul qilingan „Yoʻq boʻlib ketish xavfi boʻlgan oʻsimlik va hayvon 
turlarini sotish yuzasidan konvensiya"ga hamda „Sohil boʻyidagi yerlarni va suvli 
botqoqlarni muhofaza qilish boʻyicha" Ramsar bitimlariga qoʻshildi va tasdiqlandi. 
Tabiatni muhofaza qilish muammolari boʻyicha Oʻzbekiston 1996-yilda Turkiya bilan, 
1997-yilda XXR (Xitoy) bilan xalqaro hamkorlik bitimiga imzo chekdi. Vengriya
Slovakiya Izrail Lyuksemburg Litva kabi mamlakatlar bilan ekologiya masalalari 
boʻyicha bitim tuzildi. Oʻzbekistonning barqaror rivojlanish jarayoniga qoʻshilishi 
1994-yildan boshlandi. 1995-yilda Nukus shahrida BMT tomonidan orol dengizi 
havzasini barqaror rivojlantirish boʻyicha xalqaro Konvensiya 1994- yilda qabul 
qilingan orol toʻgʻrisidagi qarorni yanada rivojlantirish imkonini berdi. Oʻzbekiston 
Respublikasi mustaqilligi yillarida tabiatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha qator 
xalqaro yigʻilishva konvensiyalarga qatnashishi natijasida mamlakatimizning ekologik 
muhitini muhofaza qilish boʻyicha ijobiy siljishlarga erishildi. Respublika tabiatni 
muhofaza qilish qoʻmitasi xalqaro ekologik kengashning (XEK) faol qatnashchisi boʻlib, 
qabul qilingan qarorlarini izchillik bilan bajarib kelmoqda. Xulosa. Bugungi kunda 


Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
325 
sodir boʻlayotgan ekologik inqirozning asosiy sabablaridan biri kishilarning hali tabiat 
qonunlarini chuqur bilmasliklari, yaʼni, ekologik bilimlar va tarbiyaning togʼri yoʼlga 
qoʻyilmaganligi hamda ayrim kishilarning tabiat boyliklariga ochkoʻzlarcha 
munosabatda boʻlishlari oqibatidir. Ekologik muammolarni hal qilish uchun avvalo 
aholiga, ayniqsa, yoshlarga chuqur bilim, tarbiya berishni yaxshilash, korxonalarda 
ekologik jihatdan saqlan texnologiya yaratish, oʻsimlik va hayvonot dunyosini, 
atmosfera havosini, suvni, yerni muhofaza qilish kabi tadbirlarni izchillik bilan amalga 
oshirish orqali erishish mumkin. 
Atrof-muhit muhofazasi masalalariga dunyo jamoatchiligi e'tiborini yanada 
kuchaytirish maqsadida 1972 yili BMTning 1-jahon kongressida har yili 5 iyunni 
"Xalqaro tabiatni muhofazalash kuni" sifatida nishonlash qarori e'lon qilindi. Shu yili 
BMT Bosh Assambleyasining 27-sessiyasida davlatlararo hamkorlikning tashkiliy va 
moliyaviy tadbirlarini belgilovchi "Tashqi muhit bo'yicha BMTning ish dasturi" 
(YUNEP) va uning Boshqaruvchilar kengashi ta'sis etildi. 1982 yilda BMT Umumjahon 
tabiat xartiyasini tasdiqladi. Uni insonning tabiatga munosabatini belgilovchi o'ziga 
xos kodeksi deyish mumkin. 
1985 yilda Venada (Avstriya) BMT rahnamoligida Ozon qatlamini muhofazalash 
bo'yicha konventsiya qabul qilindi. Ushbu Konventsiyadan kelib chiqib, dunyoning bir 
qator mamlakatlari ozon qatlamini yemiruvchi moddalar ishlab chiqarishni to'liq 
to'xtatish yoki qisqartirish bo'yicha ixtiyoriy majburiyatlar oldi. Konventsiyada 
bundan tashqari ozon qatlamini muhofazalashning turli jihatlariga qaratilgan ilmiy 
tadqiqotlarni rivojlantrish va amalga oshirish ko'zda tutilgan. 

Download 44.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling