Attestatsiya kitobchalarini tarqatish ta


ALIXONOV ZIYODULLO AKBARALIYEVICH


Download 4.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/81
Sana05.10.2023
Hajmi4.39 Mb.
#1692658
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81
Bog'liq
ATTESATASIYA KITOBI 1

ALIXONOV ZIYODULLO AKBARALIYEVICH. 
BOG’LANISH UCHUN:+998937881656
qon olib keluvchi o’pka venasida, teri venasi 
orqali kovak venada, miyasiga qon olib 
boruvchi 1 juft uyqu arteriyalarida.O’pka va 
teri kapilyarlarida esa O² li qon hosil bo’ladi. 
Qorinchasidagi aralash qon 1 juft (o’ng va 
chap) aorta yoyi orqali tanaga boradi. 
* Reptiliyalar (Sudralib yuruvchilar): 
Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlik 
hayvonlari 
bo‘lib, qon suyak ko‘migi va taloqda ishlab 
chiqiladi. Ularning yuragi ikkita boʼlmacha 
va 
bitta qorinchadan iborat. Qorincha chala 
to‘siq bilan ajralgan boʼladi.Timsohlarda 
to‘siq 
toʼliq bo’lib, yuragi to‘rt kamerali. Lekin 
sudralib yuruvchilarning barchasida 
tanasida 
aralash qon oqadi. Suvda hamda quruqlikda 
yashovchilardan farqli ravishda sudralib 
yuruvchilarda qorinchadan mustaqil 
ravishda 3 ta qon tomiri 
chiqadi.Qorinchaning chap 
tomonidan arterial (O²) qonga ega o‘ng 
aorta yoyi chiqib, undan bosh miyaga 
ketuvchi uyqu 
arteriyasi. O‘rta qismidan tanaga ketuvchi 
chap aorta yoyi.Oʼng tomonidan o‘pkaga 
ketuvchi venoz (CO²) qonga ega o‘pka 
arteriyasi boshlanadi. O‘ng va chap aorta 
yoylari 
birlashib orqa aortani hosil qiladi. Shuning 
uchun miyaga arterial qon (O²); Tanaga 
aralash 
qon (CO²+O²). O’pkaga esa venoz (CO²) qon 
boradi. O'pka venalari chap boʼlmachaga 
quyiladi. Bosh miya va tanadan keluvchi 
venoz qon oʼng boʼlmachaga quyiladi. Kichik 
qon 
aylanish doirasi yurak qorinchasidan chiqib, 
o'pkada kislorodga to‘yinib, chap boʼlmaga 
quyiladi. Chap va oʼng bo‘lmalardagi qon 
yurak qorinchasiga oʼtadi. Yurak 
qorinchasida 
venoz va arterial qon qisman aralashadi. 
Yurak qorinchasidan qon aylanishining katta 
doirasi boshlanadi. U organ, to‘qima va 
hujayralardagi gaz almashinuvida ishtirok 
etib, 
yurakning o‘ng bo‘lmachasiga kelib quyiladi. 
Sudralib yuruvchilarning arteriya qon 
tomirlarida aralash (venoz va arterial) qon 
boʼlganligi sababli, moddalar almashinuvida 
kam 
energiya hosil boʼladi. 
* Qushlar: O’ng aorta ravog’iga ega 
hayvonlar hisoblanadi. CO² li qon yurak 
o’ng 
bo’lmasi va qorinchasida, yurak o’ng 
bo’lmasiga qon olib keluvchi vena tomirida, 
o’pka 
arteriyasida. O² li qon yurak chap bo’lmasi 
va qorinchasida, o’pka venasida, hamda 
o’ng 
tomonga yo’naluvchi aortada bo’ladi. 
Yuragidan chiquvchi qon tomirlari chap 
qorinchadan chiquvchi o’ngga yo’nalgan 
aorta ( O² li qon ), o’ng qorinchadan 
chiquvchi 
o’pka arteriyasi ( CO² li qon ). Yuragiga 
kiruvchi qon tomirlar o’ng bo’lmachaga 
kiruvchi 
vena tomiri ( CO² li qon ), chap bo’lmaga 
kiruvchi o’pka venasi ( O² li qon ) 
* Sutemizuvchilar:Chap aorta ravog’iga ega 
hayvonlar hisoblanadi. CO² li qon yurak 
o’ng 
bo’lmasi va qorinchasida, o’pka arteriyasida, 
o’ng bo’lmaga qon olib keluvchi vena 
tomirida. O² li qon yurak chap bo’lmasi va 
qorinchasida, o’pka venasida, chapga 
yo’nalgan aortada bo’ladi. Yuragiga kiruvchi 
qon tomirlar o’ng bo’lmaga kiruvchi vena 
tomiri ( CO² li qon ), chap bo’lmaga kiruvchi 
o’pka venasi ( O² li qon ).Yuragidan 
chiquvchi qon tomirlari chap qorinchadan 
chiquvchi chapga yo’nalgan aorta tomiri ( O² 
li 
qon ), o’ng qorinchadan chiquvchi o’pka 
arteriyasi ( CO² li qon )



Download 4.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling