Attestatsiya testlari


 Buxoro shevasiga oid bodparak


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

37. Buxoro shevasiga oid bodparak so‘zi adabiy tilda varrak ma’nosini anglatadi.
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
Matnni o‘qing va 38-40-savollarga javob bering. 
Qadimiy kitoblarda rivoyat qilinishicha, dunyo ne’matlariga ahamiyat bermaydigan, o‘zini 
juda kamtar tutadigan buyuk islom olimlaridan biri faqat bir kishi o‘tishi mumkin bo‘lgan tor 
yo‘lakda shaharning o‘ziga bino qo‘ygan, haromdan hazar qilmaydigan katta boylaridan biri 
bilan to‘qnash kelibdi. Qorni kajavaday keladigan boy:
- Men bir devonaga yo‘l berib chetga chiqmayman! - deb pishqiribdi. Haligi olim kishi yo‘l 
berar ekan, g‘oyat sokin ohangda debdi:
- Men esa yo‘l beraman!
Shunda boy: "Mendan hamma qo‘rqadi, bu ham qo‘rqqani uchun yo‘l berdi", - deb o‘ylab, 
gerdayib yo‘lakdan sekin o‘ta boshlabdi.
Badqovoq boy yo‘lakdan o‘tib bo‘lgach, xokisor olim mayin jilmayib yo‘lida davom etibdi.
Qissadan hissa shuki, kaltafahm, nodon odamlar bilan tenglashmoq ular bilan barobar bo‘lish 
kabidir.
Shuning uchun ham inson bundan o‘zini tiymog‘i, asramog‘i lozim. 
38- Men esa yo‘l beraman!
Olim tilidan aytilgan mazkur gapning tag (yashirin) ma’nosini aniqlang.
A) Devona sensan.
B) Sendan qo‘rqaman.
C) Men birinchi o‘taman.
D) Sen boy bo‘lganing uchun yo‘l beraman. 
39. Matndagi tagiga chizib ko‘rsatilgan so‘zlardan birortasining ham ma’nosiga mos 
kelmaydigan izohni aniqlang. 


A) nihoyat darajada kamtar
B) darrov tushunib, uqib ololmaydigan, aqli yetmaydigan
C) quruq kekkayadigan, mag‘rur
D) biror-bir ishdan qaytarmoq, to‘xtatmoq 
40. Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to‘g‘ri davom ettirilgan?
Aqlli, donishmand kishi yaramas fe’lli, yomon xulqli insonlar .. .
A) bilan bahslashib teng bo‘lsa, o‘zining qadr qimmatini tushirgan bo‘ladi
B) bilan bir joyda yashasa, ularni yaxshi odamlarga aylantiradi
C) ...ga yaxshilik qilmaydi, ularni qo‘llab quvvatlamaydi
D) bilan do‘st tutinsa, o‘z yo‘lini yo‘qotib qo‘yib, yaramas insonga aylanadi 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling