voqealar ta’sirining favqulodda keskinligi, ifoda maromining shiddatkorligi
bilan e’tiborni tortadi. Ushbu ma’lumot...
A) to‘g‘ri
B) noto‘g‘ri
33. Quyidagilardan qaysi adib o‘z asarida elchi – diplomat lavozimidagi kishi uchun asosiy
fazilat ko‘p kitob o‘qish va so‘zning mohiyatini bilishdan iboratligini yozadi?
A) Lutfiy
B) Yusuf Xos Hojib
C) Ahmad Yugnakiy
D) Ahmad Yassaviy
34. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi xat qaysi qahramonga tegishli?
«Bu qanday behurmatlik, podsholardan bunday behurmatlik lozim emas edi-ku.
Podsholar yurishni, turishni oldin elchilar bilan bildirib, elchiga ko‘nmasa, so‘ngra
safar qilib kelar edi. Bu rasm avvaldan oxir qoida bo‘lib kelayotgan edi...»
A) Odilxonga
B) Shohdorxonga
C) Qovishtixonga
D) Holmonga
35. “Maktab tomonda kaptarlarning g’uv-g’uvlagani ham nemischa kuylashga
majburlash kerakdir”. Ushbu parcha qaysi asarda keltirilgan?
A) “ So’nggi saboq”
B) “Ikki eshik orasida”
C) “Qorako’z majnun”
D) “Otkan kunlar”
36. “Nasoyim ul- muhabbat min shamoyim ul-futuvvat” asari qaysi asarning erkin
tarjimasi hisoblanadi?
A) “Xasmat ul-mutahayyirin”
B) “Mahbub ul-qulub”
C) “Silsilat uz-zahab”
D) “Nafahot ul-unsmin hazarot ul-quds”
37. “G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo‘lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulg‘a tikondek oshiyon bo‘lmas emish”. Ushbu she’r janrini aniqlang?
A) fard
B) ruboiy
C) murabba
D) g‘azal
Matnni o‘qing va savollarga javob bering.
Dunyoda eng ko‘p ovqat yeydigan jonivor qaysi ekanligini bilasizmi? Siz, ehtimol, sher
yoki yo‘lbars deb o‘ylarsiz. Boshqa birovlar ayiq yoki bo‘ri deb hisoblar. Ba’zilar bunday
jonivorlar qatoriga filni ham qo‘shishar. Ammo bularning birortasi ham to‘g‘ri emas.
Dunyoda eng ko‘p ovqat yeydigan jonivor ninachidir. U ikki soat ichida qirqta pashsha
va chivinni tutib yeydi. Agar uning gavdasi sher yoki fil kabi katta bo‘lganida edi,
birdaniga bitta sigirni yeb qo‘ygan bo‘lar edi. Bitta ninachi shuncha zararli hasharotni yo‘q
qilsa, o‘nlab, yuzlab ninachilarning tabiatga, odamlarga qanchalik foyda keltirishini
tasavvur qilish mumkin. Bu bilan ninachi tabiat qo‘riqchisi vazifasini bajaradi. Tabiatda
ninachiga o‘xshagan foydali jonivorlar ko‘p. Ularni asrash hammamizning vazifamizdir.
38. Ninachining gavdasi qaysi hayvonlar kabi katta bo‘lganida edi, birdaniga bitta sigirni
yeb qo‘ygan bo‘lar edi?
A) sher va yo’lbars
B) ayiq va bo’ri
C) sher va fil
D) bunday ma’lumot berilmagan
39. U ikki soat ichida qirqta pashsha va chivinni tutib yeydi. Ushbu ma’lumot…
A) to‘g‘ri
B) noto‘g‘ri
40. U ikki soat ichida qirqta pashsha va chivinni tutib yeydi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi
uyushgan?
A) aniqlovchi
B) ega
C) kesim
D) to‘ldiruvchi
Tuzuvchi va tahrirlovchi:
Sherzod Rustamov
Do'stlaringiz bilan baham: |