Attestatsiya uchun namunaviy savollar
Download 18.34 Kb.
|
Attestatsiya uchun namunaviy savollar
Attestatsiya uchun namunaviy savollar Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbari uchun taxminiy attestatsiya savollar Sohaga oid qonunchilik bo‘yicha 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PQ–4366-son qaroriga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlarining asosiy vazifalarini sanab bering? 2. “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati nimalardan iborat? 3. Chet davlatlar ommaviy axborot vositalarining vakolatxonalari va vakillarini akkreditatsiya qilish tartibi qaysi normativ-huquqiy hujjatda belgilangan? 4. Axborot erkinligining asosiy prinsiplari nimalardan iborat? 5. Axborot erkinligi tushunchasiga ta’rif bering? 6. Axborot xavfsizligi nima? Uni ta’minlash sohasidagi davlat siyosati qanday amalga oshiriladi? 7. Ommaviy axborot vositasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot olish tartibi qanday? 8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.” deb belgilangan. 9. OAVda tuhmat va haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik belgilangan? 10. O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi vakolatli organ haqida nimalarni bilasiz? 11. Kimlar axborotni izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va saqlash huquqiga ega? 12. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarining ish samaradorligi qanday mezonlar asosida baholanadi? 13. Axborot xizmati rahbari faoliyatini baholash bo‘yicha mezonda matbuot anjumani va brifinglarda tashkilotning birinchi rahbari ishtirok etishi inobatga olinadimi? Bu nima uchun kerak, deb o‘ylaysiz? 14. Ommaviy axborot vositalarining qanday turlari mavjud? 15. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun haqida nimalarni bilasiz? 16. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarga nimalar kiradi? 17. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasidagi vakolatlari nimalardan iborat? 18. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalariga nimalar kiradi? 19. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash usullarini aytib bering. 20. Ommaviy axborot vositalari faoliyati qaysi qonunlar bilan tartibga solinadi? 21. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovni ko‘rib chiqish tartibini aytib bering. 22.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi axborot xizmati faoliyati bilan bog‘liqmi? Batafsil tushuntirib bering. 23. Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish va uni obro‘sizlantirish deganda nima tushuniladi? 24. Vazirlik va idoralarning Ochiq hay’at yig‘ilishlarida ommaviy axborot vositalar vakillari ishtirok etishi mumkinmi? Mumkin bo‘lsa bu qaysi hujjatda keltirilgan? 25. “Davlat sirlari” bilan ishlash tajribasiga egamisiz? Bunda qanday tartib bor? 26. “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida davlat organlari va tashkilotlari har yili qaysi sanaga qadar o‘z faoliyatiga oid hisobotni rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi hamda qaysi sanagacha uni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti haqida xabar berishi belgilab qo‘yilgan? 27. Qaysi hujjatlarda yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangan? Axborot xizmati faoliyatiga aloqador mavzular bo‘yicha 28. Press-reliz nima? Press-reliz tayyorlash jarayonida nimalarga e’tibor berish kerak? Press-relizning qanday turlari mavjud? 29. Anons, press-reliz, press-kit va ma’lumotnomalarni tarqatishning yana qanday ilg‘or usullari mavjud? 30. Press-tadbirlarda intervyu beruvchilar bilan qanday ishlanadi? 31. Matbuot anjumani va brifingning o‘zaro farqi nimada? 32. Qanday maqsadlarda press-klippingdan foydalaniladi? 33. Muddatli rejalashtirish tushunchasi va turlari haqida nimalarni bilasiz? 34. Axborot xizmati uchun PR-strategiya ishlab chiqishning qanday ahamiyati va bosqichlarini bilasiz? 35. Mediakit tushunchasiga ta‘rif bering. 36. Jamoatchilik bilan aloqalar deganda nimani tushunasiz? 37. Press-pul tashkil etish va uning tarkibini shakllantirish tartibi qanday? 38. Jamoatchilik bilan aloqalar sohasida inqirozli vaziyatlardan chiqib ketish uchun qanday PR-instrumentlar bor? Ularni bir nechtasini sanab, tushuntirib bering. 39. Korporativ imij qanday shakllantiriladi? Tashkilot imijini yaratishda Axborot xizmatining ishtiroki qanday? 40. Verbal va noverbal muloqot deganda nima tushuniladi? 41. Inqirozli kommunikasiya nima? 42. Inqiroz paytida rioya qilinadigan 10 ta oddiy qoidani bilasizmi? Inqirozli holatlarni modellashtirish qanday amalga oshiriladi? 43. Matbuot kotibining huquq va majburiyatlari nimadan iborat? 44. Bloger va jurnalist tushunchasiga normativ-huquqiy hujjatlarda qanday ta‘rif berilgan? 45. Ommaviy axborot vositasi vakili yoki bloger tomonidan davlat boshqaruvi organi rahbarining intervyu berishini so‘rab yo‘llagan og‘zaki murojaati qancha muddatda ko‘rib qchiladi? 46. Normativ-huququy hujjatlarda tashkilot veb-saytini yuritishda axborot xizmatiga qanday talablar belgilangan? 47. Fakt-cheking nima? Axborot xizmati faoliyatida fakt-cheking nima maqsadda qo‘llaniladi? 48. Akkreditatsiyaning qanday turlari mavjud? OAVning akkreditatsiya qilingan vakillari qanday huquqlarga ega? 49. Chellenj nima, tashkilotingiz tomonida qanday chellenjlar e’lon qilingan? Targ‘ibotni ommalashtirishning yana qanday usullarini bilasiz? 50. Kopirayting nima? 51. Matn va vizual matnning o‘zaro farqini tushuntirib bering. 52. Moderator vazifalari nimalardan iborat? 53. Press-tur qachon tashkil qilinadi? Unda nimalarga e’tibor qaratish lozim? 54. Raddiya bilan munosabat tushuchasining farqli jihatlari va ularni qo‘llash tartibi haqida nimalarni bilasiz? 55. Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan tanqidiy materialga qancha vaqtda dastlabki rasmiy munosabat bildirilishi talab etiladi? 56. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda axborot xizmati qanday vazifani bajaradi? 57. Tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini verefikasiya qilish qanday amalga oshiriladi? 58. “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida jonli efir qanday yo‘lga qo‘yiladi? 59. Kontent tahlil nima? Uning ahamiyatini tushuntiring? 60. Tashkilot nomidan ijtimoiy tarmoq va mobil messenjerlarda ochilgan feyk sahifa va kanallar aniqlanganda qanday yo‘l tutasiz? 61. Barcha vazirlik va idoralarda Ichki audit va Komplaens nazorat xizmatlari tashkil etilmoqda. Belgilangan tartibga ko‘ra, ular qancha muddatda o‘z faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari uchun brifing yoki matbuot anjumani tashkil qilishi kerak? 62. Maqsadli auditoriya bilan interaktivlikning samaradorligini qanday oshirish mumkin? Amalga oshirilgan ishlar hisoboti 63. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizda matbuot tadbirlaringiz o‘tayotgan paytda onlayn efirlar amalga oshirilganmi? 64. Muayyan axborot voqeligi munosabati bilan matbuot kotibi maqomida rasmiy videobayonot berganmisiz? 65. Sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi jarayonida tashkilot rahbariyati ishtirokida videosharhlar tayyorlaganmisiz? 66. Sohaga oid muammolarni birinchi manba sifatida yoritganmisiz? 67. Lavozimga tayinlangan davringizdan attestatsiya davriga qadar amalga oshirgan ishlaringiz haqida (hisobot, erishilgan natijalar, rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar holati, o‘tkazilgan media-tadbirlar, berilgan bayonotlar va boshqalar) gapirib bering. 68. Lavozimga tayinlangan davringizdan buyon rahbariyatingiz tomonidan ya’na qanaqa qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan? 69. Shaxsan o‘zingizning tashabbusingiz bilan sohaga oid materiallarni xorijiy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilganmisiz? 70. Tashkilotning faoliyatiga doir ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan (tanqidiy mazmundagi) materiallarga munosabat bildirishni tashkil etish to‘g‘risida qanday hujjat ishlab chiqilgan? 71. Xalqaro media makonda O‘zbekiston imijini yanada yaxshilash uchun qanday takliflarni berasiz va o‘zingiz Axborot xizmati rahbari sifatida bu borada nimalarni amalga oshira olasiz? 72. Jurnalistlar “pul”ini tashkil etganmisiz? Download 18.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling