Attorga ta’zim abdurahmon Pirimqulov


Download 20.07 Kb.
bet1/3
Sana02.04.2023
Hajmi20.07 Kb.
#1321113
  1   2   3
Bog'liq
ATTOR


ATTORGA TA’ZIM
Abdurahmon Pirimqulov

Shayx Fariduddin Attor bashariyat adabiy-ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy tafakkuri rivojida bemisl rol o‘ynagan allomalardan biri hisoblanadi. Attor tavalludi bo‘yicha bir to‘xtamga kelinmagani bois olimlarimiz tadqiqotlarida turfa ma’lumotlarga duch kelamiz. U kishi 1145 yillar chamasida Nishopur biqinidagi Kadkana qishlog‘ida tug‘ilgan. Asli oti Muhammad bo‘lib, otasi Abubakr ibn Ibrohimdan qolgan do‘konda attorlik, goho tabiblik ham qilgan. Manbalarda uning 114 yil yashagani qayd etiladi. Bu ma’lumot manqabaviy xarakterga ega. Attor 1220 yildagi mo‘g‘ullar isyoni chog‘ida vahshiylarcha o‘ldirilgan. Shunda u 75 yosh atrofida umr ko‘rgan bo‘ladi. Professor Najmiddin Komilov allomaning vafoti haqida quyidagilarni yozgan: “Attorning o‘limi fojiali sodir bo‘lgan. U o‘z ajali bilan o‘lgan emas, balki la’nati mo‘g‘ullar qo‘lida halok bo‘lgan. Mo‘g‘ullar balo-qazoday Eron yerlarini talaydilar, shaharlarni yondiradilar, kitoblarni kuydiradilar, ulamolarni qator qilib so‘yadilar. Har bir mo‘g‘ul askari qo‘liga tushgan narsani o‘marib ketar, istagan odamni asir qilib, qul sifatida sotar yoki qilich bilan chopib tashlar edi.
Rivoyat qiladilarkim, bir mo‘g‘ul askari Attorni asir olib, bog‘lab, sudrab borardi. Yo‘lda shoirni taniydigan bir odam uchrab qoladi. U shoirga rahmi kelib, mo‘g‘ulga qarab, qulingni menga sot, ming dinor beraman, deydi. Mo‘g‘ul rozi bo‘lib turganda, Attor, bu kam, sotma, men juda qimmatman, deb aytadi. Mo‘g‘ul ming dinorga bermay, yana sudrab ketaveradi. Yo‘lda boshqa bir odam uchrab qoladi. Mo‘g‘ul o‘z “moli”ni unga taklif qiladi. U odam: mayli, roziman, bir qop somon beraman, deydi. Shunda Attor mo‘g‘ulga qarab, tezda rozi bo‘lgin, men bundan ortiqqa arzimayman, degan ekan. Jahli chiqqan badbaxt mo‘g‘ul shu zahotiyoq Attorni qilich bilan chopib tashlaydi… Uni Nishopurga dafn etadilar. O‘n beshinchi asrga kelib, uning maqbarasi xarobaga aylanadi, buni eshitgan Alisher Navoiy Attorning sag‘anasini yangidan tiklab, salobatli maqbara qurdiradi”. Maqbara o‘shandan beri ulug‘ ziyoratgohga aylangan.
Alisher Navoiyning ustodi Attorga ehtiromi nihoyatda baland bo‘lgan. Bu bejiz emas, albatta. Odatda Navoiyni Attorning “Mantiqut tayr” dostoni bolaligidayoq rom qilgani, shoir butun umri davomida ushbu asar ta’sirida bo‘lib turganligi tilga olinadi. Bu fikrda jon bor. Biroq Navoiy buyuk shayx qalamiga mansub boshqa asarlardan ham yaxshi xabardor bo‘lgan, ulardan ham katta zavq va ilohiy rag‘bat olgan. Shoir “Lisonut tayr” dostonida Attorning bir necha asarlarini tilga oladi, ba’zilariga qisqacha sharh beradi. Jumladan “Ilohiynoma” xususida “ilohiy sirlar sharhidin iboratdur” degan e’tirofni qayd etadi. Davlatshoh Samarqandiy esa “Tazkirat ush shuaro”da Attorning Navoiy tilga olgan asarlaridan tashqari «Asrornoma”, “Haydarnoma”, “Mazharul ajoyib”, “Javohiruz zot”, “Hayloj”, “Muxtornoma”, “Xusravnoma”, “Sharhul qalb”, “Bulbulnoma” singari dostonlar yozganini, nazmiy merosining umumiy hajmi 250 ming baytga yaqin ekanligini yozib qoldirgan. Davlatshohning mana bu e’tirofi ham diqqatni tortadi:”Attor shariatu tariqatda yagona, shavq va niyozmandlik, o‘rtanish-yonishdan sham’i zamona, irfon dengiziga cho‘mgan va haqiqat daryosiga sho‘ng‘ib, durlar tergan kishidur”.
Attorning mashhur «Ilohiynoma” asarini yaqinda O‘zbekiston Xalq shoiri Jamol Kamol o‘zbek tiliga tarjima qildi. 2007 yil “Musiqa” nashriyoti mazkur tarjimani nashrdan chiqardi. Tarjimaga nodir kitobning eronlik sharqshunos Fuod Ruhoniy tomonidan fors tilida nashr etilgan Tehron (2006) nusxasi asos bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, Jamol Kamol yirik irfoniy asar tarjimasiga kirishar ekan, imkon qadar asliyat ruhini ta’minlashga harakat qilgan va bunga erishgan ham. Go‘yo mutarjim noyob asar tarjimasiga “bismilloh” deb kirishar ekan, avvalo Yaratgandan, undan so‘ng ulug‘ shayxning pokiza arvohidan imdod tilaydi. Aftidan tarjimonni ulug‘ shayx hazratlarining ruhi poklari himoyatiga olgan, go‘yo olis va mashaqqatli safarga chiqqan yo‘lovchiga yo‘l ko‘rsatgan kabi shoirni qo‘llab-quvvatlab turganga o‘xshaydi. Bo‘lmasa, Attor bilan bizning davrimizni qariyb ming yillik tarix ajratib turadi. Shuncha vaqt o‘tib, ulug‘ shayxning bizga “o‘zbekcha so‘zlagani”, garchi bu ish zamondosh shoirimizning shaxsiy iqtidori va mahorati hosilasi bo‘lsa-da, qip-qizil mo‘jiza, nozik aql va tab’ egalari uchun oliy saodat deb baholashga arzigulik noyob adabiy va madaniy hodisadir.
Kitob taniqli olim Ibrohim Haqqulning “Ko‘ngil kimyosi” nomli salmoqdor maqolasi bilan ochiladi. Unda domla buyuk alloma shaxsiyati, shayxlik martabasi, asarlarining, ayniqsa, ushbu asarning irfoniy nazokatidan so‘z ochar ekan, ma’naviyatga tashna zamondoshlarimizni “Ilohiynoma” mutolaasiga hozirlaydi.
Attorning «Ilohiynoma”si insoniyat ichki ma’­naviy-ruhiy olamidan bahs etuvchi ikki yuz ellikdan ortiq naql, hikoyat, rivoyat va nazmiy qissalardan iborat. Uni o‘qib XI asr odamining badiiy-irfoniy olami behad keng, naqadar yuksak bo‘lganiga tasannolar aytgingiz keladi. Tarjimaning til va badiiy nafosati haqidagi mulohazalarni tarjimashunos do‘stlarimizga qoldirib, biz “Ilohiynoma” tarkibidagi ba’zi hikoyatlar bilan sizni yaqindan tanishtirish istagidamiz. Zero, bu asar hazrat Navoiy ayt­moqchi “ilohiy sirlarning tuganmas xazinasi”dan tar­kib topgan noyob durdona asardir.

Download 20.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling