Attraksionlarni identifikatsiya qilish va muomalaga chiqarish qoidalari
attraksionning yordamchi moslamalari
Download 275.93 Kb.
|
677 28.11.2022
attraksionning yordamchi moslamalari — attraksionlar bilan birga foydalaniladigan bezaklar va bezash elementlari, to‘siqlar, yoritgichlar, chodirlar, ayvonlar, himoya ekranlari va pavilonlar;
biomexanik ta’sir — yo‘lovchilarning harakatlanishi bilan bog‘liq kuchlarning ularga ta’sir qilishi; bolalar — bo‘yi 90 sm dan 160 sm gacha (2 yoshdan 14 yoshgacha) bo‘lgan tashrif buyuruvchilar, shu jumladan yo‘lovchilar; bolalar uchun mo‘ljallangan attraksion — bolalarning (bo‘yi 90 sm dan 160 sm gacha bo‘lgan) vaqtichog‘lik qilishi uchun maxsus loyihalashtirilgan attraksion; bolalar o‘yin maydonchasi uchun asbob-uskunalar — bolalar o‘z xohishiga ko‘ra va qoidalarga binoan binoda yoki ochiq havoda, alohida yoki guruh bo‘lib o‘ynashi mumkin bo‘lgan asbob-uskunalar; yillik tekshirish — yillik texnik xizmat ko‘rsatish amalga oshirilgandan so‘ng attraksionning muhim komponentlari va muhim parametrlarini to‘liq tekshirish; yo‘lovchi — attraksionda harakatlanuvchi shaxs; yo‘lovchi moduli — attraksionning yo‘lovchilar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan bir qismi (arava, kabina, o‘rindiq); yo‘l qo‘yilmaydigan foydalanish — attraksiondan boshqa maqsadlarda yoki ekspluatatsiya hujjatlari talablarini buzgan holda foydalanish; kunlik tekshirish — ekspluatant tomonidan attraksionning, uning muhim komponentlari, muhim parametrlari va ekspluatatsiya hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa qismlarining ishlashga yaroqliligi va texnik holatini tekshirish, shu jumladan, sinash uchun ishga tushirish; loyihachi (ishlab chiqaruvchi) — attraksion loyihasini ishlab chiqqan mutaxassis yoki tashkilot; mahkamlab qo‘yuvchi moslama — yo‘lovchining harakatlanishini ushlab turish, cheklash va (yoki) attraksionda tezlikni xavfsiz his etishi uchun yo‘lovchi tanasining holatini saqlab turish uchun mo‘ljallangan moslama; mexanizatsiyalashgan attraksion — insonning mushak energiyasidan tashqari boshqa turdagi energiyadan foydalangan holda, yo‘lovchilarni berilgan trayektoriya bo‘yicha yoki cheklangan makon doirasida harakatlantiruvchi attraksion. Quyidagilar mexanizatsiyalashgan attraksionlarga kiradi: aylanma harakatlanuvchi attraksion — yo‘lovchi modullarini asosan aylanma harakatlantiruvchi (aylantirish va (yoki) tebratish orqali), shu jumladan, murakkab harakatlanuvchi attraksion; ilgarilanma harakatlanuvchi attraksion — yo‘lovchi modullarini asosan yo‘naltiruvchi bo‘yicha ilgarilanma harakatlantiruvchi attraksion; murakkab harakatlanuvchi attraksion — yo‘lovchi modullarini murakkab trayektoriya bo‘yicha yoki yo‘lovchilarga namoyish etiladigan tasvir bilan uyg‘un holda harakatlantiruvchi attraksion; Download 275.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling