Ату ва ииа маърузалар матни doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
agrokimyoviy tekshirish usullari va ilmiy izlanish asoslari
Tajriba paykali. Dala tajribasi ma’lum kattalikka va shaklga ega bo’lgan
paykallarda o’tkaziladi. Paykal – ma’lum maydondagi territoriya yoki uchastka bo’lib, unda o’rganiladigan yoki kontrol variantni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Ekinlar bo’yicha tajribaning aniqligiga paykallarning quyidagi optimal maydonida erishish mumkin. Zig’irda 25-50 m 2 , g’alladoshlarda 50-100 qator oralari ishlanadigan ekinlarda 100-250 m 2 . Paykallar razmerini kichraytirish yoki oshirish mumkin. Seleksiyada 0,5-2 m 2 kattalikdagi, nav sinashda esa kichikroq 5-10 m 2 kattalikdagi paykallardan foydalanilidi. Puxta ishlov berilgan tajribadan yuqori aniqlikka ega bo’linadi. Konkursga oid nav sinash 50-100 m 2 li va kamdan-kam 200 m 2 li maydonda o’tkaziladi. Har qaysi paykalda alohida mashina va qurollardan foydalanishni talab etiladigan, tuproqqa ishlov berish usullari yoki boshqa pryomlarni o’rganishda, uning kattaligini 300 gacha va hatto 1000 m 2 gacha oshirishga to’g’ri keladi. Keng doirada, ishlab chiqarish sharoitida o’tkaziladigan ko’zatishlarda tajriba paykallarning kattaligi - 100 dan 3000 m 2 gacha oshiriladi. Paykalning shakli – paykalning shakli deb uning kengligini bo’yicha bo’lgan nisbatiga aytiladi. Sug’orish sharoitida paykalning eng qulay shakli tomonlari taxminan 1:10, 1:15 nisbatda bo’lgan to’g’ri burchakli chiziq hisoblanib, odatda uning uzun tomoni nishablikka nisbatan uzunasiga joylashadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Paykallarni bunday joylashtirishning sababi ko’pchilik hollarda tuproq unumdorligi dalaning nishabligi bo’ylab o’zgaradi. Demak, tajriba paykallarining har qaysisi mazkur tajriba uchastkasidagi hamma tafovutlardan ozmi kupmi bir xil darajada seyalkaning asosiy qamrov kengligi bilan muvofiq bo’lishi lozim. U tajribada qo’llaniladigan qator oralig’i 60 va 90 sm bo’lganto’rt qatorli va 8 qatorli paxta seyalkalariga muvofik ravishda 2,4 va 3,6 hamda 4,8 va 7,2 m bo’ladi. tajribaning har qaysi paykali kengligi bo’yicha seyalkaning to’liq borib kelishidan hosil bo’lgan ma’lum sondagi, qatorlarga ega bo’lgan kerak. Bu bilan o’rganiladigan variantlar natijalarini o’zaro taqqoslashga katta sharoit yaratiladi. Tuprog’i ishlaniladigan dala tajribalarida paykallarning minimal kengligi kamida 8 qatorni tashkil etib, bundan 4 qatori hisob olib boriladigan va 4 tasi esa himoya kator (paykallarning har qaysi tomonidan 2 qatordan) hisoblanadi. Dala tajribasining har kanday natijasi ko’p jihatdan yillik ob-havo sharoitiga bog’liq bo’ladi. shuning uchun ko’pchilik hollarda tajribani maydonlar bo’yicha takrorlash bilan bir qatorda ishonchli natijalar olish uchun dala tajribalarini yil bo’yi vaqtga qarab ham takrorlash zarur. Bu xulosalarning ishonchliligini oshiribgina qolmay, balki ayrim yillarda – quruq, normal, nam va hakozolarda o’rganiladigan usullarning samaradorligi to’g’risida juda qimmatli qushimcha ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. Tajribalar davomiyligiga ko’ra qisqa muddatli va ko’p yillikka bo’linadi. Qisqa muddatli tajribaning vaktga qarab takroriyligi 3 yildan kam bo’lmasligi kerak. Almashlab ekishdagi tekshirishlar, turli agrotexnika usullarini qo’llash natijasida chirindi zapasi va tuproq unumdorligining o’zgarishi singari, sekin o’tadigan hodisalar ustida kuzatish olib borish kup yillik stasionar tajribalar o’tkazishni talab qiladi. Ko’pincha, bunday tajribalarning davomiyligi 50-100 yil va undan ortiq davom etadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling