Atxks bosh reja sxemasini ishlab chiqish Reja


Download 384.31 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi384.31 Kb.
#1407001
1   2   3   4   5
Bog'liq
14. ATXKS bosh reja sxemasini ishlab chiqish..

Ishni bajarish tartibi: Mexanizatsiya me’yorini hisoblash
Mexanizatsiya me’yori U mexanizatsiyalashgan mehnat xajmining umumiy mehnat xajmiga nisbati orqali aniqlanadi.

U= (Tm /Tu)*100 %


Bu erda : Tm — Texnologik xujjatlarda keltirilgan jarayonlardagi operatsiyalarning mexanizatsiyalashgan mehnat xajmi, odam*min; Tu —barcha operatsiyalardagi mehnat xajmi, odam*min;


Mexanizatsiya darajasi ishchi funksiyalarning odam bilan qo’llanilishi va bu jarayonlarning avtomatlashtirilgan texnologik jarayon bilan farqini foizdagi taqqoslash bilan aniqlanadi.

S= (M / (4N) )*100%;


M=Z1M1+ Z2M2+ Z3 M3+ Z3,.5 M3,5+ Z4M4


Bu erda: 4— ATK uchun maksimal bo’g’in; N ——operatsiyalarning umumiy soni; Z1... Z4 — jihozning bo’g’ini, tegishlicha 1...4 ga teng ; M1 . . . M4 — Z1... Z4 bo’g’inlarda qo’llanilayotgan jihozning mexanizatsiyalashgan operatsiyalar soni


Qo’llanmaga ko’ra mexanizatsiya vositalari o’ziga Yuklatilgan vazifaga qarab quyidagilarga bo’linadi:
Qo’l mehnati qurollariga( gaykali kalitlar ,otvyorkalar va boshqalar) z=0;
Qo’lda ishlaydigan mashinalarga (press, parma,mustaqil energiya manbaiga ega bo’lmagan tashxislash qurilmalari) Z=1;
Mexanizatsiyalashgan qo’l mashinalariga(elektroteshish dastgohlari, elektroparma, pnyovmogaykaburagich va boshqa tashqi energiya manbaiga ega bo’lgan mashinalar) Z=2;
Mexanizatsiyalashgan mashinalarga (universal dastgohlar, presslar,kran balkalar,tashxislash stendlari va avtomatik boshqaruv tizimiga ega bo’lmagan jihozlar) Z=3;
YArimavtomat mashinalarga(havo tarqatuvchi avtomat kolonkalar, konveyersiz avtomat yuvgichlar,avtomatik tashxislash jihozlari) Z=3.5
Avtomat mashinalarga (quritish va bo’yash kameralari,avtomatik yuvgichlar) Z=4;
ATK da qo’llaniladigan texnologik jihozga mos ravishda bo’g’in beriladi.
Masalan: ko’rish chuqurligi ko’targichi R-637ga Z=3; Oldi ko’prikni tekshiruvchi moslamaga Z=1; g’ildirak yaqinlashuvini tekshiruvchi chizg’ichga Z=0.
Ishni bajarish uchun Dizel dvigatelining forsunkasi va yuqori bosimli yonilg’i nasosini diagnostikalash va TXK texnologik xaritasi va shinalarga TXK va kameralarni ta’mirlash texnologik xaritalaridan misol tariqasida foydalanamiz.

Download 384.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling