Audit ” kafedrasi “Audit” fanidan kurs ishi mavzu: Bank kreditlari bo’yicha hisoblashishlar auditi Bajardi
Download 123.92 Kb.
|
22 tema isleniw kerek Audit ” kafedrasi “Audit” fanidan kurs ishi mavzu Bank kreditla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana «____» _______2022 y.
- «____» _______2022 y. Baho «_____» _________ ___________ (imzo) ___________ (imzo)
- Reja: Kirish. Asosiy qism.
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “ AUDIT ” KAFEDRASI “Audit” fanidan KURS ISHI Mavzu: Bank kreditlari bo’yicha hisoblashishlar auditi Bajardi: IX 50 guruh talabasi Usanov Shoxrux Ilmiy rahbar: Ovlayev S.T.
Reja: Kirish. Asosiy qism. 1. Bank kreditlari bo’yicha hisoblashishlar auditini o’tkazishning maqsadi, vazifalari va axborot manbalari. 2. Bank kreditlari bo’yicha hisoblashishlar auditini umumiy ish rejasi va dasturini tayyorlash. 3. Bank kreditlari bo’yicha hisoblashishlar auditini tashkil qilish. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Kirish. Bugungi kunda bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantitrish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.Davlat tashkilotlari va xususiy tashkilotlarning shaffof ishlashi maqsadida bugungi kunda mamlakatimida bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Barchamizga juda yaxshi ma’lumki bugungi iqtisodiyotimizni bank faoliyatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ham yuridik ham jismoniy shaxlarning faoliyati bevosita bank tizimi va bank xizmatlari bilan bog’langan desak also mubolag’a bo’lmaydi. Har bir subyekt o’z faoliyati davomida valyuta operatsiyasi, mijozlar bilan oldi- sotdi jarayoni yoki o’zaro hisob raqamlarda pul mablag’larini o’tkazish bo’lsin barchasi bank faoliyatiga borib taqaladi. Davlat monetar siyosat yuritishda bevosita bank tizimidan va uning faoliyatidan foydalanadi. Jumladan, mamlakatimizda bank tizimi ikki pog’onali bo’lib pul emissiya qilish bilan ham aynan yuqori pog’ona bo’lgan Markaziy bank shug’ullanadi. O'zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirib, bir qancha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy banklar bilan o'zaro foydali aloqalar o'rnata boshladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, kengaytirish uchun huquqiy asoslarini yaratib bergan asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi. Ko'plab Prezident Farmonlari va Hukumat qarorlari ishlab chiqildi. Bular, avvalo, "Xorijdan mablag' jalb qilish to'g'risida"gi, "Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida"gi, "Investitsiya faoliyati to'g'risida"gi (yangi tahrir), "Chet el investitsiyalari to'g'risida", "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida"gi Qonunlar hamda boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar bo'lib, ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun asosiy shart-sharoitlarni yaratib berdi. Shuni ta'kidlash joizki, O'zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy banklar bilan aloqasi ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli ahamiyatga ega bo'lgan eng muhim vazifalarni birga qo'shish maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Bunda, birinchidan, O'zbekistondagi barcha xo'jalik sub'ektlarining tashqi dunyo bilan o'zaro aloqalari uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keladigan shart-sharoitlar yaratish asosida xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga qo'shilish nazarda tutiladi. Ikkinchidan, respublikaning joriy muammolarini hal etishga bevosita ko'maklashish, mavjud xalqaro tajriba asosida moliyaviy, texnikaviy yordam va maslahat olish yo'li bilan o'tkazilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlash ko'zda tutiladi. Muxtaram prezidentimizning “2020-2025 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasi to’g’risida”gi1 12.05.2020 dagi 5992- sonli president farmoni aynan bank tizimi va uning faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan faoliyatlardan biridir.Jumladan unda, Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi va natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratilishi zarurligi, moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi lozimigi keltirib o’tilgan. Shu bilan bir qatorda Bank tizimiga zamonaviy servis asosida axborot texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizliginii lozim darajada ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko’rsatisgda inson omilini kamaytirish bo’yicha tezkor chora-tadbirlar ko’rilishi talab etilmoqda. Ushbu qonunda yana quyidagilar nazarda tutilgan bo’lib, xalqaro moliya institutlari ko‘magida “Ipoteka-bank” ATIB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB, AT “Aloqabank”, “Qishloq qurilish bank” ATB va “Turonbank” ATBdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda ularni institutsional o‘zgartirishni (faoliyatini transformatsiya qilish), ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketini sotish, bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmini (“loyihalar fabrikasi”) keng joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash maqsadida “Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ, “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitallarida davlat ulushini saqlab qolish; ayrim banklarning faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy ahvolini baholash asosida, me’yoriy talablaridan hamda ularni qayta tashkil etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq ularni konsolidatsiyalash shular jumlasidandir. Bank faoliyati iqtisidiyotimizning ajralmas qismi bo’lgani kabi, audit ham bank tizimi va faoliyatida asosiy o’rin tutadigan faoliyatlardan biri desak also mubolag’a bo’lmaydi. Jumladan, “Tijorat banklarining ichki auditga qo’yiladigan talablari to’g’risidagi nizom”2 ini 2021-yil 7-mayda yangi taxrirda ro’yxatdan o’tkazilishi bunga yaqqol misoldir. Unga ko’ra ”Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tijorat banklarida ichki auditni tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi”.Bank kreditlari bo’yicha hisoblashishlar auditini tashkil qilish samarali ishlash jarayonini oshiradi. Download 123.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling