Audit, audit turlari va uning ahamiyati Ichki nazorat Auditorlik javobgarligi
Download 61.32 Kb.
|
8 mavzu Audit va moliyaviy nazorat
8 mavzu: Audit va moliyaviy nazorat Audit, audit turlari va uning ahamiyati Ichki nazorat Auditorlik javobgarligi Moliyaviy hisobot axborotlarini sohtalashtirish Audit, audit turlari va uning ahamiyati Audit shu kunga qadar uzoq, tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan fandir. Birinchi mustaqil auditorlar Yevropaning aksiyadorlik kompaniyalarida XIX-asrlaridayoq paydo bo‘lgan. Audit so‘zi turli tarjimalarda u "eshitadi" yoki "eshitmoqda" degan ma’noni anglatadi. Auditning paydo bo‘lishi korxonani bevosita boshqarish bilan shug‘ullanayotganlar (ma’muriyat, menedjerlar) va uning faoliyatiga pul qo‘yayotganlar (mulkdorlar, aksiyadorlar, investorlar) manfaatlarini ajralishi natijasi bilan bog‘liqdir. Ular faqatgina korxona boshqaruvi va unga qaram bo‘lgan buxgalterlar tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarni asos qilib olishlari mumkin emas edi va xohlashmasdi ham. Aksiyadorlar aldanmayotganliklariga, ma’muriyat tomonidan taqdim etilgan hisobot korxonaning amaldagi moliyaviy holatini to‘liq aks etayotganligiga to‘liq, ishonch hosil qilishni istar edilar. Moliyaviy ma’lumotni to‘g‘ri ekanligini tekshirish va moliyaviy hisobotni tasdiqlash uchun, aksiyadorlarni fikri bo‘yicha ishonish mumkin bo‘lgan shaxslar taklif etilar edi. Auditorga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablardan uning so‘zsiz halolliligi va mustaqilligidir. Buxgalteriya hisobining murakkablashganligi auditorning jiddiy malakaviy tayyorgarlikka ega bo‘lishligini taqozo etadi. Audit - bunga vakolati bo‘lgan shaxslar - auditor (auditorlik tashkilot)lar tomonidan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotining ishonchliligi hamda moliya-xo‘jalik operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq, ekanligini aniqlash maqsadida mustaqil ekspertiza va tahlil qilish, buxgalteriya hisobi va boshqa moliyaviy hisobotlarga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini, ularning to‘liqligi va aniqliligining tekshirish demakdir. Shuningdek, audit tarkibiga konsalting, ya’ni mijozlarga shartnomaga asosan xizmatlar ko‘rsatish ham kiradi. Har qanday tushuncha, ayniqsa ilmiy atama o‘zining mohiyatini ifodalovchi ta’rifga ega bo‘lishi kerak. Audit - bu iqtisodiy jarayon bo‘lib, unda yetarli bilimga ega bo‘lgan va maxsus malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti va boshqa moliyaviy axboroti to‘g‘riligi va qonun hujjatlariga mosligini aniqlab, o‘z fikrini bildirishidir. Audit xillari bo‘yicha ichki va tashqi auditga ajratiladi. Ichki audit boshqaruv nazoratining ajralmas va muhim elementi bo‘lib hisoblanadi. Yirik korxonalarda rahbariyatning yuqori bo‘g‘ini tashkilot faoliyati va quyi rahbariyat tizimi yuzasidan kundalik nazorat bilan shug‘ullanmasligi oqibatida ichki auditga ehtiyoj vujudga keladi. Ichki audit aynan ushbu faoliyat to‘g‘risida ma’lumot beradi va menedjerlar hisobotlarining ishonchliligini tasdiqlaydi. Ichki auditning kerakliligi, asosan, zahiralar kamomadini oldini olish va korxona ichida kerakli bo‘lgan o‘zgarishlarni amalga oshirishdan kelib chiqadi. Yirik korxonalarda ichki auditorlarning ma’lum vazifalarini bosh buxgalter yoki moliyaviy direktorga bo‘ysungan buxgalteriya qoshidagi taftish guruhlari bajaradilar, lekin ichki auditorlarning vazifa doiralari kengroq va quyidagilardan iborat: -aktivlar holati yuzasidan nazorat qilish; -rahbariyat tomonidan qarorlar qabul qilinishida foydalanadigan ma’lumot aniq ekanligini tasdiqlash; -ichki tizimga oid nazorat muolajalari bajarilishini tasdiqlash; -ichki nazorat tizimi samaradorligini tahlil qilish va ma’lumot ustidan ishlash; -boshqaruv ma’lumot tizimi tomonidan taqdim etiladigan ma’lumot sifatiga baho berish. Ichki audit – bu tashkilotda amalga oshiriladigan tashkilot ishini uning manfaatlarini ko‘zlab tekshirish bo‘yicha mustaqil faoliyat. Ichki auditning maqsadi quyidagilardan iborat: 1)xatarlarning oldini oluvchi yoki ularni aniqlashga yordam beruvchi samarali ichki nazorat tizimini tashkil etish; 2) ishonchli buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘zida namoyon etuvchi tegishli hisob tizimini tashkil etish. Tashqi audit korxonalar buyurtmalari (shartnomalar)ga asosan mustaqil auditorlar, auditorlik firmalari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, tashqi auditning xususiyatlaridan biri tekshiruvni amalga oshirayotgan auditorlar tekshiruv olib borilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektda hech qanday manfaatga ega emasligidir, ya’ni: ta’sischi, mulk egasi, aksiyador, tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ektning buxgalteriya (moliyaviy) hisobotiga qo‘yiladigan talablariga rioya qilinishi uchun mas’ul rahbar va boshqa mansabdor shaxslar emas hamda korxona rahbariyati bilan qarindosh (otasi, onasi, rafiqasi, akasi, ukasi, opasi, singlisi, o‘gli, qizi) va ular bilan xizmat yuzasidan aloqador emas. Qonunda belgilanishicha, “Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishini qo‘zg‘atuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, uning mulkdori, shuningdek ustav kapitalida qonun hujjatlarida belgilanganidan kam bo‘lmagan miqdordagi ulushga ega qatnashchilar va aksiyadorlar, nazorat qiluvchi yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlardir” Download 61.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling