Audit fanidan test 1-joriy nazorat uchun


Download 15.95 Kb.
Sana18.11.2023
Hajmi15.95 Kb.
#1783368
Bog'liq
audit joriy test


AUDIT FANIDAN TEST 1-JORIY NAZORAT UCHUN

1.Audit-bu…….?


A) bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisob va u bilan bog’liq moliyaviy axborotlarini me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir.
B) tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tadbiq etiladi.
C) har qanday voqea, hodisa, buyum qaysi zamonda va makonda paydo bo’lishidan qat’iy nazar ma’lum zaruriyat tufayli yuzaga keladi.
2.Auditor bu kim?
A) auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir.
B) auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan chet el fuqarosidir.
C) auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan tadbirkordir.
3. Odatda auditorlik tashkilotlari ikkita farqlanuvchi guruh toifasiga bulinadi.Ularga qaysilar kiradi?
A) Transmilliy auditorlik tashkilotlar (katta turtlik firmalari);Mahalliy auditorlik tashkilotlari.
B)Auditorlik firma va tashilotlari.
C)Transmilliy tashkilot;Auditorlik byurosi.
4.Auditorlik faoliyatining milliy standarti nechta?
A)20 ta
B)22 ta
C)21 ta
5. Auditorlik faoliyatining milliy standartining 12-standarti nomi nima?
A) «Ma’lumotlarni kompyuterda ishlash (MKI) sharoitida audit o’tkazish»
B) «Moliyaviy hisobotning buzib ko’rsatilganligi aniqlanganida auditorlik tashkilotining ish tutishi»
C) «Auditorlik dalillar»
6. Auditorlik faoliyatining milliy standartining 15-standarti nomi nima?
A) «Ma’lumotlarni kompyuterda ishlash (MKI) sharoitida audit o’tkazish»
B) «Moliyaviy hisobotning buzib ko’rsatilganligi aniqlanganida auditorlik tashkilotining ish tutishi»
C) «Auditorlik dalillar»
7. Kasbiy etika tushunchasiga tòĝri ta’rif berilgan qatorni toping.
A) bu faoliyatning eng yuqori cho’qqisini aks ettiruvchi, asosiy baholash mezonining namunasi hisoblanadi.
B) bu insonning o’z kasbi oldidagi majburiyati aloqadorlini aniqlab buruvchi odob ahloq normalari yig’indisi hisoblanadi.
C) bu shaxsning ichki holati, tuzilishi bo’lib, u o’zining mustaqil hoxish irodasi va o’z vijdonidan kelib chiqib harakat qilishini bildiradi.
8. Axloq kodeksiga muvofiq auditorning asosiy talablari nechta?
A)6 ta
B)7 ta
C)5 ta
9. Axloq kodeksiga muvofiq auditorning asosiy talablariga qaysilar kiradi?
A) Umumiy ma’naviy me’yor va tamoyillarga amal qilish, Jamiyat qiziqishlarini inobatga olish, Auditorning ob’ektivligi, Auditorning e’tiborliligi (ziyrakligi), Auditorning mustaqilligi.
B) Umumiy ma’naviy me’yor va tamoyillarga amal qilish, Jamiyat qiziqishlarini inobatga olish.
C) Auditorning e’tiborliligi (ziyrakligi), Auditorning mustaqilligi.
10. «Auditni rejalashtirish» nomli №3 AFMSga muvofiq auditorlik tekshiruvini rejalashtirish jarayoniga qaysi boshqichlar kiradi?
A)Auditni dastlabki rejalashtirish va auditga tayyorgarlik;
B) Auditni dastlabki rejalashtirish;Auditning umumiy rejasini tayyorlash; Audit dasturini tayyorlash.
C)Auditning umumiy rejasini tayyorlash, Audit dasturini korib chiqish.

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

A

A

C

B

C

B

C

A

B

Download 15.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling