Audit” kafedrasi “audit” fanidan nazorat ishi Mavzu
Download 62.78 Kb.
|
1 2
Bog'liqAudit nazorat ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “AUDIT” KAFEDRASI “AUDIT” FANIDAN Nazorat ishi Mavzu : Audit ishchi dasturini tayorlash va tuzish Bajardi: I-55-2 guruh talabasi Toirov I.R Tekshirdi: O‘qituvchi Ovlayev S.T Toshkent 2022. Audit ishchi dasturini tayorlash va tuzish Standartga muvofiq auditning umumiy rejasi tuzilganidan so’ng audit dasturi tuzilib, unda barcha auditorlik amallarining batafsil ro’yxati bayon qilinishi zarur. Dastur auditorlar uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, unda tekshirilishi lozim bo’lgan buxgalterlik hisobining barcha bo’limlarini tekshirish, shuningdek ichki nazorat tizimini tahlil qilish bo’yicha ularning barcha hatti-harakatlari aks ettirilgan bo’lishi lozim. Audit dasturini tuzish yuzaki bajarilmasligi lozim, chunki u auditorlar ishidagi ta’sirchan nazorat dastagi bo’lib xizmat qiladi, dasturning har bir bo’limi bo’yicha auditor xulosalari esa auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qilishi lozim. №3-«Auditni rejalashtirish»nomli AFMS, №14-«Au-ditorlik tanlash», №9-«Jiddiylik va auditorlik riski», №6-«Auditni hujjatlashtirish» va auditorlik tekshiruvini amalga oshirishni tartibga soladigan boshqa standartlar bilan o’zaro chambarchas bog’liq. SHunday qilib, boshqa standartlardagi talablarni o’rganmasdan va izchil bajarmasdan, ushbu standart talablarini bajarish mumkin emas. Auditor o’z ishini shunday rejalashtirishi lozimki, buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlarini, moliya-xo’jalik muomalalarining ishonchliligini va qonuniyligini, hamda ular buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishining to’g’riligini o’z vaqtida va sifatli auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi. Auditni rejalashtirish quyidagilarni ta’minlashi lozim: a) buxgalterlik hisobi va hisobotining holati hamda ichki nazorat tizimining samaradorligi to’g’risida zarur axbo-rotlarni olish; b) bajarilishi lozim bo’lgan nazorat amallarining mazmunini, o’tkazish vaqtini va hajmini aniqlash; Auditni rejalashtirish kutilayotgan ishlar rejasini tuzish va auditorlik dasturini ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Kutilayotgan ishlar rejasida quyidagi ko’rsatkichlar aks ettiriladi: audit o’tkazish muddati va ishlarning davomiyligi; bajariladigan ishlar hajmi; auditor qo’llaydigan usullar va amallar. Auditor o’z rejasini tekshiriladigan korxona rahbariyati va xodimlari bilan muhokama qilishi mumkin. Bu o’tkaziladigan auditning ta’sirchanligini oshirish va auditorlik amallarini korxona xodimlari faoliyati bilan muvofiqlashtirishga imkon yaratadi. Auditor rejani yaxshi va sifatli tuzish hamda ishlarning kutilayotgan hajmini aniq hisobga olish uchun eng avvalo: auditorlik tekshiruvi o’tkazish shartnomasi shartlarini o’rganishi; o’tkaziladigan auditning eng muhim masalalarini ajratib olishi; maxsus e’tibor talab qiladigan shartlarni aniqlashi; tekshiriladigan korxona faoliyatining predmetini hisobga olgan holda yangi qonunlar, nizomlar, yo’riqnomalar va boshqa aloqador me’yoriy hujjatlarning auditga ta’sirini o’rganishi; tekshiriladigan korxonaning hisob tizimi va ichki audit tizimining ishonchlilik darajasini aniqlashi; ichki auditorlarning ishlarini va ularni auditga jalb qilish mumkinligini tahlil qilishi; korxonaning alohida balansga ajralib chiqarilgan filiallari, vakolatxonalari, bo’limlari va maxsus bo’linmalarida audit o’tkazish maqsadga muvofiqligini o’rganishi; ekspertlarni jalb qilish zarurligini aniqlanishi lozim. Auditorlik tekshiruvi chog’ida audit rejasiga tuzatishlar kiritilishi mumkin. Auditorlar tekshiruv vaqtida ular tomonidan bajariladigan ishlarning hajmi va sifatini tasdiqlaydigan, asosiy hujjatlardan bo’lib hisoblangan, ish hujjatlarini tuzishlari lozim. Bu hujjatlar ixtiyoriy shaklda tuzilib, ularda mijoz to’g’risidagi zarur ma’lumotlar; bajariladigan ishlarning batafsil bayoni bo’lishi lozim. Хususan quyidagilar ko’rsatiladi: tekshiruv o’tkazish uslubi (yoppasiga yoki tanlab), yoki tekshiriladigan hujjatlarning hajmi; tekshiruv natijasida aniqlangan kamchiliklar; tekshiruvga taqdim etilmagan dastlabki va boshqa hujjatlar ro’yxati; amaldagi qonunchilikka mos kelmasliklar; aniqlangan kamchiliklarni bar-taraf qilish usullari to’g’risida auditorning fikrlari; mijozining moliya-xo’jalik faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tavsiyalar. shuningdek, ish hujjatlarida: mijoz-korxonaning ichki xo’jalik nazorat tizimini (ushbu tizimning ijobiy tomonlari va salbiy jihatlarini ajratib ko’rsatgan holda); o’tgan yildagi audit dasturi va uning natijalarini aks ettirish zarur. Ish hujjatlari auditning yaxshi rejalashtirilganligini, to’plangan ma’lumotlar ishonarliligini, auditorlik xulosasining amalga oshirilgan audit natijalariga muvofiqligini tasdiqlashi lozim. Zarur hollarda auditor haqiqatan ham aynan shunday auditorlik xulosasi tuzish uchun yetarli guvohliklar to’planganligini ham baholashi zarur. Ish hujjatlaridagi tafsilotlarning tasdiqlangan moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlardan farq qilmasligi o’ta muhimdir. Auditorlik xulosalari yaqqol va ikki xil ma’no bildirmaydigan bo’lishi lozim. Ish hujjatlarida aks ettirilgan yozuvlarga asosan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuziladi. Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish jarayonida auditor korxonadan olinadigan ma’lumotlarni tekshirmaydi, lekin uning reja tuzishga oid ishlari hujjatlashtirilishi lozim. shuning uchun rejalashtirishning birinchi bosqichida auditor tekshiradigan korxona bo’yicha quyidagi ma’lumotlarni tayyorlashi lozim: korxona faoliyatining bayoni; buxgalteriya hisobining shakli va tashkiliy tuzilishining bayoni, boshqaruv tizimining bayoni, tekshirilayotgan korxona moliyaviy hisobining qisqacha tahlili. Bunda auditor korxona to’g’risidagi birlamchi ma’lumotlarni to’playdi. Ayni paytda korxona faoliyatini belgilaydigan muhim ma’lumotlar va hujjatlar nusxalaridan iborat doimiy hujjatlar to’plamini shakllantiradi. Ushbu to’plam hozircha mazkur korxona auditorlik tashkilotining mijozi bo’lib qolar ekan, kelgusidagi barcha tekshiruvlarda undan foydalanilaveradi. Har bir auditorlik tekshiruvi uchun korxonaning ish faoliyatini yoki hisob tizimini, agar ular sezilarli darajada o’zgarmagan bo’lsa, qaytadan o’rganib chi-qishga extiyoj qolmaydi. shuning uchun auditor har doim keyinchalik audit o’tkazganida ham ushbu doimiy to’plamdan foydalanib, zarurat bo’lganda uni yangilab boradi. Doimiy to’plamda quyidagilar saqlanishi lozim: ta’sis hujjatlarining nusxalari yoki bayoni; korxonaning davlat ro’yxatidan o’tganligi haqida ma’lumotlar; korxonaning maslahatchilari haqida ma’lumotlar; korxonaning bankdagi schyotlari haqida ma’lumotlar; tekshiriladigan korxonaning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar (mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar, sug’urta kompaniyalari, xaridorlar va buyurtmachilar va boshqalar) bilan tuzilgan turli shartnomalari hamda mehnat shartnomalarining nusxalari; tashqi tekshiruvlar(boshqa auditorlar, soliq inspeksiyasi va sh. o’.)ning tekshiruv materialllari. Fikrimizning dalili sifatida buxgalterlik hisobi-ning holati va moliyaviy hisobotlarning ko’rsatkichlari, soliqqa tortiladigan baza va e’lon qilinadigan foyda ko’rsatkichlarining ishonchliligini auditorlik tekshiruvdan o’tkazishning namunaviy ish dasturini keltiramiz. U juda sodda bo’lib, faqat ekspertiza qilinadigan predmetlar va auditorlik tekshiruvdan o’tkaziladigan ob’ektlar ro’yxatini o’z ichiga oladi. Zarur bo’lganda aniq bajaruvchilar, muddatlari, ekspertiza va nazarot uslublarini ko’rsatgan holda dasturni oydinlashtirish va kengaytirish mumkin. Auditorlik tekshiruvidan o‟tkazish ishchi dasturi auditorlik tashkilotining rahbari va auditorlik guruhining rahbari tomonidan tuziladi. Ishchi dasturida tekshiriladigan tashkilot nomi, audit davri, sarflanadigan kishi-soatlar miqdori, auditorlik guruhining tarkibi, rejalashtiriladigan auditorlik riski, audit bo‟limlari bo‟yicha audittorlik amallari ro‟yxati aks ettiriladi. Auditorlik tekshiruvidan o‟tkazish ishchi dasturi uch bo‟limdan iborat bo‟ladi: 1.Buxgalteriya hisobi va ichki audit holati hamda moliyaviy hisobot sifatini baholash; 2.Korxonaning moliyaviy-xo‟jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‟tkazish; 3.Kamchiliklarni bartaraf qilish bo‟yicha takliflar va tavsiyalar berish. Ish dasturining 1-bo‟limida auditor quyidagi auditorlik amallarning mavjudligi va qonuniyligiga e‟tiborni qaratishi kerak: 1.Ta‟sis hujjatlarining mavjudligi va ustav kapitaliga tegishli bo‟lgan balans ma‟lumotlarining haqqoniyligi; 2.Buxgalteriya hisobi registrlari, aylanma va qoldiq balanslarini tanlab tekshirish; 3.Xo‟jalik mablag‟lari, debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‟yicha inventarizasiya ma‟lumotlarining mavjudligi; 4.Ilgargi davrlarda auditorlar va soliq inspeksiyasi tomonidan o‟tkazilgan tekshiruvlarning dalolatnomalari hamda auditorlik xulosalarining mavjudligini; 5.Xo‟jalikda ichki auditning tashkil etilish holatini tekshirish; 6Hisob va hisobotga oid qonunlar va nizomlarning mavjudligini hamda ularga amal qilish ahvolini. Ish dasturining 2-bo‟limida korxonaning moliyaviy hisoboti va u bilan bog‟lik bo‟lgan barcha jarayonlardagi moliyaviy axborotlarning qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmaslik holatlarini auditorlik tekshiruvidan o‟tkazish ko‟zda tutiladi, ya‟ni quyidagilar dasturda aks ettiriladi: 1.Ta‟sis hujjatlari, xo‟jalikning ichki va tashqi munosabatlarini belgilaydigan me‟yoriy hujjatlar mavjudligini tekshirish; 2.Xususiy kapitalning shakllanishi, kredit resurslarining mavjudligi hamda ishlatilishi holatini tekshirish; 3.Kassa, hisob-kitob schyoti va bankdagi boshqa schyotlarda saqlanilayotgan pul mablag‟lari va pul hujjatlarini tekshirish; 4.Uzoq muddatli va joriy aktivlar mavjudligi va holatini tekshirish; 5.Mehnatga haq to‟lash, hisobdor shaxslar bilan, debitorlar va kreditorlar bilan, byudjet bilan bo‟ladigan hisob-kitoblar holatini o‟rganish; 6.Xarajatlar, daromad va moliyaviy natijalarning holatini tekshirish. Dasturning 3-bo‟limida auditorlik tekshirish natijasida aniqlangan kamchilik va Download 62.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling